O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


 -modda. Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

21 -modda. Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish
Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish
natijasida ushbu Kodeks bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazgan shaxs, agar
bunday majburlash yoki qo‘rqitish natijasida shaxs o‘z harakatlarini (harakatsizligini) boshqara
olmagan bo‘lsa, ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.
Ushbu Kodeks bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga jismoniy yoki ruhiy majburlash
yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish natijasida zarar yetkazganlik uchun ma’muriy
javobgarlik to‘g‘risidagi masala, agar bunday majburlash yoki qo‘rqitish oqibatida shaxs o‘z
harakatlarini (harakatsizligini) boshqarish imkoniyatini saqlab qolgan bo‘lsa, ushbu Kodeks 
19-
moddasining 
qoidalari inobatga olingan holda hal etiladi.
(21 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Jinoyat kodeksining 
41 -moddasi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
21 -modda. Yarashilganligi munosabati bilan ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish
Ushbu Kodeksning 
40-moddasida
(tuhmat), 
41-moddasida
(haqorat qilish), 
45-moddasida
(fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish), 
46-moddasida
 (fuqaroga ma’naviy yoki moddiy zarar
yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor etish), 
46 -moddasida
(shaxsiy hayot daxlsizligini
buzish), 
52-moddasida
(yengil tan jarohati yetkazish), 
61 -moddasida
 (mulkni qasddan nobud qilish
yoki unga zarar yetkazish), 
104-moddasida
 (ekinzorlarni payhon qilish, qishloq xo‘jalik ekinlarining
dalada to‘plab qo‘yilgan hosiliga zarar yetkazish yoki uni yo‘q qilib yuborish, ko‘chatlarga shikast
yetkazish), 
133-moddasida
(transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi
jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi),
134-moddasida
(haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki
boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi), 
183-moddasida
(mayda bezorilik) hamda 
200-
moddasida
(o‘zboshimchalik) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxs,
agar u o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa,
ma’muriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs)
taraflarning yarashuvi munosabati bilan ishni sudga yuborish to‘g‘risida qaror chiqaradi va
ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish haqidagi masalani hal etish uchun ish materiallarini ushbu
Kodeksning 
313 -moddasida
belgilangan tartibda sudga yuboradi.
1

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling