O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

1
1
1
2
1
2
1


Ushbu moddaning
 birinchi qismida
 nazarda tutilgan huquqbuzarlikni bir yil ichida takroran
sodir etgan shaxs tomonlarning yarashuvi munosabati bilan ma’muriy javobgarlikdan ozod
qilinmaydi.
(21 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktabrdagi O‘RQ-720-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2021-y., 03/21/720/0930-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
III BOB. MA’MURIY JAZO VA MAJBURLOV ChORASI
(III bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 26-martdagi O‘RQ-613-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2020-y., 03/20/613/0362-son)
22-modda. Ma’muriy jazoning maqsadi
Ma’muriy jazo javobgarlikka tortish chorasi bo‘lib, u ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan
shaxsni qonunlarga rioya etish va ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek ana shu
huquqbuzarning o‘zi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomonidan ham yangi huquqbuzarlik sodir
etilishining oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.
23-modda. Ma’muriy jazoning turlari
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun quyidagi ma’muriy jazo choralari qo‘llanilishi
mumkin:
1) jarima;
2) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa
bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish;
3) ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa
bo‘lgan ashyoni musodara qilish;
4) muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish
huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish;
Oldingi
 tahrirga qarang.
4 ) haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish;
(23-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli
Qonuniga 
asosan 4 -band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y.,
03/23/829/0208-son)
5) ma’muriy qamoqqa olish.
Oldingi
 tahrirga qarang.
6) chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan
ma’muriy tarzda chiqarib yuborish.
(23-modda birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli 
Qonuniga
asosan 6-band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 35-son “Sudlar
tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishni tartibga soluvchi qonunlarni qo‘llashning
ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarorining 
21-bandi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining 
2—6-bandlarida 
sanab o‘tilgan ma’muriy jazo choralari
faqat O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanishi mumkin.
(23-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(23-modda uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405-sonli 
Qonuniga
asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling