O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Maxsus huquqdan mahrum qilish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

28-modda. Maxsus huquqdan mahrum qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositalarini boshqarish
huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish chorasi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi
tomonidan uch yilgacha muddatga qo‘llaniladi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati o‘n
besh kundan kam bo‘lmasligi kerak.
(28-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli
Qonuni
 tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Nogironligi sababli transport vositalaridan foydalanadigan shaxslarga nisbatan transport
vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish chorasi qo‘llanilishi mumkin emas, ushbu Kodeks
128 -moddasining 
beshinchi qismida
, 128 -moddasining 
uchinchi qismida
, 131-moddasining
birinchi qismida
, 136-moddasining 
birinchi qismida
nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar
sodir etilgan hollar bundan mustasno.
(28-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo‘lgan shaxslarga nisbatan ov qilish huquqidan mahrum
etish chorasi qo‘llanilishi mumkin emas.
Oldingi
 tahrirga qarang.
28 -modda. Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish
Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish huquqbuzarni ijtimoiy foydali
jamoat ishlarini bajarishga majburiy ravishda jalb etishdan iborat bo‘lib, u sudlar tomonidan sakkiz
soatdan ikki yuz qirq soatgacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi. Agar huquqbuzar o‘qiyotgan bo‘lsa,
jamoat ishlari o‘qishdan bo‘sh vaqtda bajariladi.
Huquqbuzarlar haq to‘lanadigan jamoat ishlarini o‘tashi mumkin bo‘lgan joylar (obyektlar) va
haq to‘lanadigan jamoat ishlarining turlari mazkur jazoning ijrosini nazorat qiluvchi organlar — ichki
ishlar organlarining probatsiya bo‘linmalari tomonidan belgilanadi.
Haq to‘lanadigan jamoat ishlari pensiya yoshiga yetgan shaxslarga, o‘n sakkiz yoshga
to‘lmagan shaxslarga, homilador ayollarga, uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga, birinchi va
ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga, doimiy ishga ega shaxslarga, harbiy xizmatchilarga
nisbatan qo‘llanilmaydi.
3
4
1


Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslar ish haqining ellik foizi aliment
majburiyatlari bo‘yicha qarzni to‘lashga yo‘naltiriladi.
Huquqbuzar jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan taqdirda, sud haq to‘lanadigan jamoat
ishlarining o‘talmagan muddatini haq to‘lanadigan jamoat ishlarining to‘rt soati uchun ma’muriy
qamoqning bir kuniga teng jazo bilan yoxud haq to‘lanadigan jamoat ishlarining sakkiz soati
uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravariga teng jarima bilan almashtiradi. Bunda
ma’muriy qamoqning muddati o‘n besh sutkadan, jarimaning miqdori esa bazaviy hisoblash
miqdorining yigirma baravaridan oshmasligi kerak.
Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlanilgan vaqt jazoning o‘talgan muddatiga qo‘shib hisoblanmaydi.
(28 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling