O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Asosiy va qo‘shimcha ma’muriy jazo choralari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

24-modda. Asosiy va qo‘shimcha ma’muriy jazo choralari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ashyolarni ularning haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish, musodara qilish va maxsus
huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan) mahrum etish ham asosiy, ham
2
1
1


qo‘shimcha ma’muriy jazo tariqasida, ushbu Kodeksning 
23-moddasida 
nazarda tutilgan boshqa
ma’muriy jazo choralari esa faqat asosiy jazo tariqasida qo‘llanilishi mumkin.
(24-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-503-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son)
Bitta ma’muriy huquqbuzarlik uchun yo asosiy yoki ham asosiy, ham qo‘shimcha jazo chorasi
qo‘llanilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 35-son “Sudlar
tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishni tartibga soluvchi qonunlarni qo‘llashning
ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarorining 
23-bandi
.
25-modda. Jarima
Jarima ma’muriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat hisobiga pul
undirishdir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jarimaning miqdori ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi, davom etayotgan
ma’muriy huquqbuzarlik uchun esa bu huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qo‘yilgan
bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
(25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ellikdan
bir qismidan, mansabdor shaxslarga esa — o‘ndan bir qismidan kam bo‘lmasligi kerak.
(25-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Fuqaro va xizmatchilarga solinadigan jarimaning eng ko‘p miqdori bazaviy hisoblash
miqdorining besh baravaridan, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan oshmasligi kerak.
Ba’zi huquqbuzarliklar uchun bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz ellik baravarigacha miqdorda
jarima solinishi mumkin.
(25-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-658-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.12.2020-y., 03/20/658/1670-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan belgilanadigan jarimaning eng ko‘p
miqdori ushbu Kodeksning 
6-moddasiga 
binoan fuqarolarga — bazaviy hisoblash miqdorining uch
baravaridan, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oshmasligi kerak.
(25-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling