O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

26-modda. Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish
Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa bo‘lgan
ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish shu ashyoni majburiy tarzda tortib olib, uni
keyinchalik sotib yuborish hamda sotishdan tushgan pulni ashyoning sobiq egasiga tortib olingan
ashyoni sotish xarajatlarini chegirib tashlagan holda topshirishdan iboratdir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘qotar ov qurolini, pnevmatik ov qurolini hamda uning o‘q-dorilarini haqini to‘lash sharti
bilan olib qo‘yish asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin
emas.
(26-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-772-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-sentabrdan
kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish chorasini qo‘llanish tartibi va tortib olinadigan
ashyolarning turlari ushbu Kodeks va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari
bilan belgilab qo‘yiladi.


(26-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
27-modda. Musodara qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo‘lgan ashyoni yoki ma’muriy
huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilish mazkur ashyoni haq to‘lamasdan majburiy
tarzda davlat mulkiga o‘tkazishdan iborat bo‘lib, ushbu chora jinoyat ishlari bo‘yicha tuman
(shahar) sudi tomonidan qo‘llaniladi. Huquqbuzarning shaxsiy mulki bo‘lmagan ashyo musodara
qilinishi mumkin emas, muomaladan chiqarilgan ashyolar bundan mustasno.
(27-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘qotar ov qurolini, pnevmatik ov qurolini hamda uning o‘q-dorilarini, boshqa ov qurollarini
musodara qilish asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin
emas.
(27-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-772-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-sentabrdan
kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Musodara qilish chorasini qo‘llanish tartibi ushbu Kodeks va O‘zbekiston Respublikasining
boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.
(27-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling