O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik sohasida Qoraqalpog‘iston


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

5-modda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik sohasida Qoraqalpog‘iston
Respublikasining vakolatlari
(5-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik sohasida quyidagilar Qoraqalpog‘iston
Respublikasi ixtiyoriga beriladi:
(5-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
jamoat tartibini saqlash masalalari bo‘yicha, basharti bu masalalar ushbu Kodeks bilan
tartibga solinmagan bo‘lsa, shuningdek tabiiy ofatlar va epidemiyalarga qarshi kurash masalalari
bo‘yicha ma’muriy javobgarlik belgilash;
Oldingi
 tahrirga qarang.
ushbu Kodeksning 
90

109

110

161-moddalariga
, 164-moddasining 
ikkinchi qismiga

168-
moddasiga 
binoan buzilishi ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladigan qoidalarni belgilash.
(5-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-653-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2020-y., 03/20/653/1592-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 28-sentabrdagi O‘RQ-638-sonli 
Qonuniga 
asosan o‘z
kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 03/20/638/1333-son)
7-modda. Ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari ma’muriy
huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga olib keluvchi sabablar va sharoitlarni
aniqlash hamda bartaraf etishga, fuqarolarni ongli, intizomli bo‘lish, O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi
va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan tadbirlar ishlab
chiqadilar va ularni amalga oshiradilar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Mahalliy 
davlat 
hokimiyati 
organlari 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasiga
,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasiga ham
muvofiq qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini ta’min eta borib, o‘z hududlarida
barcha davlat organlari va jamoat birlashmalarining ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish


borasidagi ishlarini muvofiqlashtirib turadilar, ichki ishlar organlari, bolalar masalalari bo‘yicha
komissiyalar hamda ularga hisobdor ma’muriy huquqbuzarlik bilan kurash olib boruvchi boshqa
organlar faoliyatiga rahbarlik qiladilar.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling