O‘zbekiston respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘G‘risidagi kodeksi birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar


-modda. Harbiy xizmatchilar va intizom ustavlari tatbiq etiladigan boshqa shaxslarning


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/359
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831375
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   359
Bog'liq
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

16-modda. Harbiy xizmatchilar va intizom ustavlari tatbiq etiladigan boshqa shaxslarning
ma’muriy javobgarligi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Harbiy xizmatchilar va yig‘inga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlar, shuningdek ichki ishlar
organlarining hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining oddiy askarlar va boshliqlar
tarkibiga mansub shaxslar ma’muriy huquqbuzarlik uchun intizom ustavlariga muvofiq javobgar
bo‘ladilar. Mazkur shaxslar ijro hujjatini ijro etmaganligi, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini
ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikni, yo‘l harakati qoidalarini, ov qilish, baliq tutish va baliq zaxiralarini
saqlash qoidalarini, bojxona qoidalarini buzganligi uchun umumiy asoslarda ma’muriy javobgar
bo‘ladi. Yuqorida ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan ma’muriy qamoqqa olish choralari qo‘llanilishi
mumkin emas. Muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilariga jarima solinishi mumkin emas.
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O‘RQ-762-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son)
Ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan shaxslar jumlasiga kirmaydigan, intizom
ustavlari yoki intizom to‘g‘risidagi maxsus qoidalar tatbiq etiladigan boshqa shaxslar, ana shu ustav
yoki qoidalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan hollarda, ma’muriy huquqbuzarlik sodir
etganliklari uchun intizomiy javobgar bo‘ladilar, boshqa hollarda esa umumiy asoslarda ma’muriy
javobgar bo‘ladilar.
17-modda. Ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ma’muriy javobgarligi
1
2
3
1
1
2
3
4
5
6
1
1
2
3
1
1
1
1
1


O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
umumiy asoslarda ma’muriy javobgarlikka tortilishlari lozim.
Immunitetga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan ushbu Kodeksning O‘zbekiston Respublikasi
qatnashchi bo‘lgan xalqaro shartnomalar va bitimlarga zid bo‘lmagan qismi qo‘llaniladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 35-son “Sudlar
tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishni tartibga soluvchi qonunlarni qo‘llashning
ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarorining 
17-bandi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   359




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling