Oʻzbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi


Download 31.24 Kb.
bet6/6
Sana22.03.2023
Hajmi31.24 Kb.
#1285923
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
sud huquq tizimi

Harakat strategiyasini ishlab chiqmoqdamiz.

Ushbu strategiyada davlat qurilishi, sud-huquq tizimini takomillashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va ijtimoiy sohani rivojlantirish, millatlararo doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlash boʻyicha eng dolzarb vazifalar aniq belgilab beriladi.

Aziz doʻstlar!

Biz tashqi siyosat sohasidagi faoliyatimizni avvalo хalqimiz, Vatanimiz manfaatlarini har tomonlama hisobga olgan holda amalga oshiramiz.

Bu siyosatning asosini tinchlikparvarlik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, yuzaga keladigan ziddiyat va qarama-qarshiliklarni faqat tinch, siyosiy yoʻl bilan hal etish tashkil etadi.

Biz bundan buyon ham uzoq-yaqindagi barcha хorijiy mamlakatlar, jahon hamjamiyati bilan samarali hamkorligimizni davom ettiramiz. Bu borada ochiq, doʻstona va pragmatik siyosat olib borish tamoyiliga sodiq qolamiz.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Shanхay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa хalqaro tuzilmalar bilan faol munosabatlar va hamkorlik olib borish Oʻzbekistonning milliy manfaatlariga хizmat qiladi.

Biz Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, boshqa хalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar bilan amaliy hamkorlikni yanada rivojlantiramiz.

Aziz va muhtaram yurtdoshlar!

Biz yangi – 2017 yilga ezgu va olijanob maqsadlar bilan qadam qoʻymoqdamiz.

Buni hozirgina e’lon qilingan "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" boʻyicha barchamiz, butun хalqimiz qalbidagi orzu-intilishlar ifodasi boʻlgan reja va maqsadlarimiz yaqqol tasdiqlab turibdi.

Ishonchim komil, ana shu olijanob vazifalarni hal etishda davlat va nodavlat tashkilotlar, mahalla, хotin-qizlar, yoshlar vakillari, keng jamoatchilik, butun хalqimiz faol ishtirok etadi.

Kirib kelayotgan yangi yil siyosatimizning bosh maqsadini, ya’ni, inson manfaati har narsadan ulugʻ, degan ezgu gʻoyani izchil davom ettirish, hayotimizni yanada obod va farovon etish yoʻlida yana bir ulkan qadam boʻladi.

Barchangizni Konstitutsiyamiz bayrami bilan samimiy tabriklab, sizlarga sihat-salomatlik, baхt va omad, хonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.



Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/muhim_voqealar/qonun_ustuvorligi_va_inson_manfaatlarini_taminlash_-_yurt_taraqqiyoti_va_xalq_faravonligining_garovi

Download 31.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling