Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

190-modda. Xarajat usuli 
(1-q.)
Xarajat usuli nazorat qilinadigan bitim narxining bozor narxlariga muvofiqligini 
aniqlashni nazarda tutadi va mazkur usul nazorat qilinadigan bitim (nazorat qilinadigan bir turdagi 
bitimlar guruhi) tarafi boʻlgan shaxs xarajatlarining yalpi rentabelligini taqqoslanadigan 
bitimlardagi xarajatlar yalpi rentabelligining ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan 
tartibda aniqlangan bozor oraligʻi bilan taqqoslashga asoslanadi. 
(2-q.)
Xarajat usuli, chunonchi, quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin: 
1) sotuvchi bilan oʻzaro bogʻlangan shaxslar tomonidan xizmatlar koʻrsatilganda (bundan 
xizmatlar koʻrsatilganda sotuvchi xarajatlarining rentabellik darajasiga sezilarli taʼsir koʻrsatuvchi 
nomoddiy aktivlardan foydalanilgan hollar mustasno); 
2) pul mablagʻlarini boshqarishga doir xizmatlar koʻrsatilganda, jumladan qimmatli 
qogʻozlar bozorida va (yoki) valyuta bozorida savdo operatsiyalarini amalga oshirishda; 
3) yuridik shaxsning yakka ijro etuvchi organi vazifalarni bajarish boʻyicha xizmatlar 
koʻrsatilganda; 
4) sotuvchi bilan oʻzaro bogʻliq shaxslarga xom ashyo yoki yarim tayyor mahsulotlar 
sotilganda; 
5) oʻzaro bogʻliq shaxslar oʻrtasida uzoq muddatli shartnomalar boʻyicha tovarlar 
(xizmatlar) realizatsiya qilinganda. 
(3-q.)
Agar nazorat qilinadigan bitim tarafi boʻlgan sotuvchida ushbu bitim boʻyicha 
xarajatlarning yalpi rentabelligi ushbu Kodeksning 187-moddasida nazarda tutilgan tartibda 
aniqlangan rentabellik oraligʻi doirasida boʻlsa, nazorat qilinadigan bitimning narxi soliqqa tortish 
maqsadidagi bozor narxlariga muvofiq deb eʼtirof etiladi. 
(4-q.)
Agar nazorat qilinadigan bitim tarafi boʻlgan sotuvchida xarajatlarning yalpi 
rentabelligi rentabellik oraligʻining eng kam miqdoridan kam yoki uning eng koʻp miqdoridan 
koʻp boʻlsa, nazorat qilinadigan bitimning narxi soliq solish maqsadida realizatsiya qilingan 
tovarlarning (xizmatlarning) amaldagi tannarxidan va rentabellik oraligʻining oʻrtacha qiymatiga 
muvofiq keladigan xarajatlarning yalpi rentabelligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 


(5-q.)
Xarajat usuli qoʻllanilganda axborot-narx agentliklarining aynan oʻxshash (bir 
turdagi) tovarlar (xizmatlar) narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlaridan foydalanishga hamda ushbu 
Kodeks 188-moddasining yettinchi qismida nazarda tutilgan tartibda aynan oʻxshash (bir turdagi) 
tovarlarning (xizmatlarning) bozor narxlari oraligʻini aniqlashga yoʻl qoʻyiladi. 
(6-q.)
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq soliq solish maqsadida rentabellik 
oraligʻining oʻrtacha qiymatini qoʻllash, basharti bu budjet tizimiga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq 
summasining kamayishiga yoki soliq toʻlovchining zarari summasi oshishiga olib kelmasa, amalga 
oshiriladi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling