Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Moliyaviy koʻrsatkichlar va rentabellik oraligʻi
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
187-modda. Moliyaviy koʻrsatkichlar va rentabellik oraligʻi
(1-q.) Nazorat qilinadigan bitimlarda soliq solish maqsadida daromadlarni ushbu Kodeksning 189-192-moddalarida nazarda tutilgan tartibda aniqlashda quyidagi rentabellik koʻrsatkichlaridan foydalanish mumkin: 1) aksiz soligʻini va qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olmagan holda hisoblab chiqarilgan, tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan yalpi foydaning tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan sof tushumga nisbati sifatida aniqlanadigan yalpi rentabellik; 2) yalpi foydaning sotilgan tovarlar (xizmatlar) tannarxiga nisbati sifatida aniqlanadigan xarajatlarning yalpi rentabelligi; 3) aksiz soligʻini va qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olmagan holda hisoblab chiqarilgan, asosiy faoliyatdan olingan foydaning tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumga nisbati sifatida aniqlanadigan sotish rentabelligi; 4) asosiy faoliyatdan olingan foydaning realizatsiya qilingan tovarlarning (xizmatlarning) tannarxi, realizatsiya qilish xarajatlari va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bilan bogʻliq maʼmuriy xarajatlarning summasiga nisbati sifatida aniqlanadigan xarajatlar rentabelligi; 5) tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan yalpi foydaning realizatsiya qilishga doir xarajatlarga va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bilan bogʻliq boʻlgan maʼmuriy xarajatlarga nisbati sifatida aniqlanadigan realizatsiya qilish boʻyicha xarajatlarning va maʼmuriy xarajatlarning rentabelligi; 6) asosiy faoliyatdan olingan foydaning tahlil qilinadigan bitimda bevosita yoki bilvosita foydalaniladigan aktivlarning (muomalada boʻlmagan va muomalada boʻlgan) joriy bozor qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadigan aktivlar rentabelligi. (2-q.) Aktivlarning joriy bozor qiymati toʻgʻrisidagi axborot mavjud boʻlmaganda aktivlar rentabelligi moliyaviy hisobotning maʼlumotlari asosida aniqlanishi mumkin. (3-q.) Rentabellik va boshqa moliyaviy koʻrsatkichlar ushbu bobning maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari uchun Oʻzbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchiligiga muvofiq tuzilgan moliyaviy hisobot maʼlumotlari asosida aniqlanadi. Chet el yuridik shaxslari uchun mazkur moliyaviy koʻrsatkichlar chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq tuzilgan moliyaviy hisobot maʼlumotlari asosida aniqlanadi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasining buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchiligiga muvofiq tuziladigan moliyaviy hisobot maʼlumotlari bilan taqqoslashni taʼminlash maqsadida bunday maʼlumotlarga tuzatishlar kiritiladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (4-q.) Rentabellik oraligʻini aniqlash chogʻida, agar bitimlar nazorat qilinadigan boʻlmasa, taqqoslanadigan kamida toʻrtta bitim, shu jumladan soliq toʻlovchi tomonidan amalga oshirilgan bitimlar natijalari boʻyicha yoxud taqqoslanadigan kamida toʻrtta yuridik shaxsning moliyaviy hisoboti maʼlumotlari asosida aniqlanadigan rentabellik koʻrsatkichlaridan foydalaniladi. Mazkur yuridik shaxslarni tanlash nazorat qilinadigan bitimga nisbatan taqqoslanadigan iqtisodiy shartlarda (tijorat shartlarida) oʻzining tarmoq xususiyatini va amalga oshiriladigan faoliyat turlarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi. (5-q.) Nazorat qilinadigan bitim tarafi mansub boʻlgan tarmoqda, ushbu tarafga nisbatan mustaqil yuridik shaxslar mavjud boʻlmaganda funksional tahlil uchun yuridik shaxslarni tanlash ushbu yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan vazifalarning taqqoslanishini, ular tomonidan qabul qilinadigan tavakkalchiliklarni va foydalaniladigan aktivlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi. (6-q.) Taqqoslanadigan toʻrtta va undan ortiq bitim toʻgʻrisidagi axborot mavjud boʻlmaganda yoxud taqqoslanadigan toʻrtta va undan ortiq yuridik shaxsning moliyaviy hisoboti mavjud boʻlmaganda, rentabellik oraligʻini aniqlash maqsadida kam sondagi taqqoslanadigan bitimlar (kam sondagi yuridik shaxslarning moliyaviy hisoboti) toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanish mumkin. (7-q.) Ushbu Kodeksning 186-moddasi birinchi qismi 2-4-bandlarida koʻrsatilgan usullarni qoʻllash maqsadida rentabellik oraligʻi quyidagi tartibda aniqlanadi: dastlab rentabellik oraligʻini aniqlash uchun foydalaniladigan rentabellik jami koʻrsatkichlari ushbu oraliqni aniqlash uchun foydalaniladigan tanlamani hosil qilgan holda, oʻsib borish tarzida tartibga keltiriladi. Bunda rentabellikning har bir koʻrsatkichiga, eng kamidan boshlab oʻz tartib raqami beriladi. Agar tanlanma rentabellikning ikki va undan ortiq bir xil koʻrsatkichini oʻz ichiga olsa, unga barcha shunday koʻrsatkichlar kiritiladi; rentabellik oraligʻini aniqlashda nazorat qilinadigan bitim rentabelligi hisobga olinmaydi. Soʻngra toʻplamda rentabellik koʻrsatkichlarining soni toʻrtga qoldiqsiz boʻlinishiga qarab, rentabellik oraligʻi quyidagi ikki usuldan biri bilan aniqlanadi: 1) agar ushbu son qoldiqsiz boʻlinsa, rentabellik oraligʻining eng kam koʻrsatkichi rentabellik koʻrsatkichlarining yarim summasiga teng deb qabul qilinadi, mazkur koʻrsatkichlar tanlamada boʻlinishdan hosil boʻlgan qismga teng boʻlgan tartib raqamiga va keyingi tartib raqamiga ega boʻladi. Rentabellik oraligʻining eng yuqori qiymati bunday holda rentabellik koʻrsatkichlarining yarim summasiga teng deb qabul qilinadi, mazkur koʻrsatkichlar tanlamada boʻlinishdan hosil boʻlgan qismning uch karrasiga teng boʻlgan tartib raqamiga va keyingi tartib raqamiga ega boʻladi; 2) agar ushbu son qoldiqsiz boʻlinmasa, rentabellik oraligʻining eng kam qiymati rentabellik koʻrsatkichiga teng deb qabul qilinadi, mazkur koʻrsatkich tanlamada boʻlinishdan hosil boʻlgan qismning butun qismi birligiga oshirilgan koʻrsatkichga teng boʻlgan tartib raqamiga ega boʻladi. Rentabellik oraligʻining eng yuqori koʻrsatkichi bunday holda rentabellik koʻrsatkichiga teng deb qabul qilinadi, mazkur koʻrsatkich tanlamada boʻlinishdan hosil boʻlgan qismning butun qismi uch karrasi birligiga oshirilgan qiymatga teng boʻlgan tartib raqamiga ega boʻladi. (8-q.) Taqqoslanadigan iqtisodiy shartlarda (tijorat shartlarida) amalga oshiriladigan faoliyat natijalari boʻyicha rentabellikni hisob-kitob qilish yuridik shaxs moliyaviy hisobotining maʼlumotlari asosida quyidagi shartlarga bir vaqtda rioya qilinganida amalga oshirilishi mumkin: 1) yuridik shaxs taqqoslanadigan faoliyatni amalga oshiradi va u bilan bogʻliq taqqoslanadigan vazifalarni bajaradi. Faoliyatning taqqoslanishi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasnifida, shuningdek xalqaro va boshqa tasniflarda nazarda tutilgan iqtisodiy faoliyat turlarini hisobga olgan holda aniqlanishi mumkin; 2) yuridik shaxs sof aktivlarining umumiy miqdori rentabellik hisob-kitob qilinadigan bir necha yildan oxirgi yilning 31-dekabri holatiga koʻra moliyaviy hisobot maʼlumotlari boʻyicha manfiy hisoblanmaydi; 3) yuridik shaxs rentabellik hisob-kitob qilinadigan bir necha yildan bir yildan ortiq davrdagi moliyaviy hisobot maʼlumotlari boʻyicha sotuvlardan zararlarga ega boʻlmaydi; 4) yuridik shaxs 25 foizdan ortiq boʻlgan ulush bilan boshqa yuridik shaxs faoliyatida bevosita va (yoki) bilvosita ishtirok etmaydi hamda bevosita ishtirok etish ulushi 25 foizdan ortiq boʻlgan ishtirokchi (aksiyador) sifatidagi yuridik shaxsga ega boʻlmaydi. (9-q.) Agar maʼlumotlaridan rentabellik oraligʻini hisob-kitob qilish uchun foydalaniladigan yuridik shaxslarning konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisoboti maʼlumotlaridan foydalanish imkoniyati boʻlsa, ushbu moddaning sakkizinchi qismi 4-bandida nazarda tutilgan mezonlar qoʻllanilmaydi. (10-q.) Agar ushbu moddaning oʻninchi va oʻn birinchi qismlarida belgilangan cheklovlarga koʻra funksional tahlil uchun toʻrttadan kam yuridik shaxs qolsa, ushbu moddaning sakkizinchi qismi 4-bandida koʻrsatilgan ishtirok etish ulushi mezonlari 25 foizdan 50 foizga qadar oshirilishi mumkin. (11-q.) Rentabellik oraligʻini hisob-kitob qilish uchun nazorat qilinadigan bitim tuzilgan paytdagi yoxud vaqt boʻyicha unga yaqin boʻlgan, ammo bitim tuzilgan kalendar yilning 31- dekabridan kechikmagan paytdagi mavjud axborotdan foydalaniladi. (12-q.) Ushbu moddaning oʻn birinchi qismida koʻrsatilgan mazkur axborot oʻrniga nazorat qilinadigan bitim tuzilgan kalendar yildan bevosita oldingi uch kalendar yildagi (yoxud ushbu bitimda narxlar belgilangan kalendar yildagi) moliyaviy hisobot maʼlumotlaridan foydalanish mumkin. Mazkur axborot jumlasiga soliq toʻlovchining mustaqil shaxslar bilan oʻzi amalga oshirgan bitimlar toʻgʻrisidagi axboroti ham kiradi. (13-q.) Rentabellik oraligʻini aniqlashda taqqoslanishni taʼminlash maqsadida rentabellik koʻrsatkichlari taqqoslanadigan yuridik shaxslarning moliyaviy hisobotlaridagi maʼlumotlarga asoslangan holda mavjud farqlarga tuzatish kiritish maqsadida oʻzgarishi mumkin. Bunday tuzatishlar, xususan, debitorlik va kreditorlik qarzi koʻrsatkichlarida, soliq toʻlovchining va moliyaviy hisobot maʼlumotlaridan rentabellik oraligʻini aniqlash uchun foydalaniladigan yuridik shaxslarning moliyaviy hisoboti maʼlumotlari boʻyicha tovar-moddiy zaxiralarning koʻrsatkichlarida amalga oshiriladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling