Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-BOB. TRANSFERT NARXNI BELGILASHDA
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 186-modda. Transfert narxni belgilashda soliq nazoratida foydalaniladigan usullar toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar
23-BOB. TRANSFERT NARXNI BELGILASHDA
SOLIQ NAZORATIDA FOYDALANILADIGAN USULLAR 186-modda. Transfert narxni belgilashda soliq nazoratida foydalaniladigan usullar toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar 187-modda. Moliyaviy koʻrsatkichlar va rentabellik oraligʻi 188-modda. Taqqoslanadigan bozor narxlari usuli 189-modda. Keyingi realizatsiya qilish narxi usuli 190-modda. Xarajat usuli 191-modda. Taqqoslanadigan rentabellik usuli 192-modda. Foydani taqsimlash usuli 186-modda. Transfert narxni belgilashda soliq nazoratida foydalaniladigan usullar toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar (1-q.) Transfert narxni belgilash chogʻida soliq nazorati oʻtkazilganida (shu jumladan nazorat qilinadigan bitimning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlari hamda uning natijalari taqqoslanadigan bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlari hamda ularning natijalari bilan taqqoslanganda) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu moddada belgilangan tartibda quyidagi usullardan foydalanadi: 1) taqqoslanadigan bozor narxlarining usulidan; 2) keyingi realizatsiya qilish narxi usulidan; 3) xarajat usulidan; 4) taqqoslanadigan rentabellik usulidan; 5) foydani taqsimlash usulidan. (2-q.) Zarur boʻlgan hollarda ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ikki va undan ortiq usullar kombinatsiyasidan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. (3-q.) Taqqoslanadigan bozor narxlari usuli, agar ushbu Kodeks 189-moddasining ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, nazorat qilinadigan bitimlar narxlarining bozor narxlariga muvofiqligini soliq solish maqsadida aniqlash uchun ustuvor hisoblanadi. (4-q.) Agar soliq solish maqsadida taqqoslanadigan bozor narxlari usulini qoʻllash mumkin boʻlmasa yoxud uni qoʻllash nazorat qilinadigan bitimlar narxlarining bozor narxlariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi toʻgʻrisida asoslangan xulosa chiqarish imkonini bermasa, ushbu moddaning birinchi qismi 2-5-bandlarida koʻrsatilgan boshqa usullarni qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi. (5-q.) Agar tegishli tovarlar (xizmatlar) bozorida hech boʻlmaganda bir turdagi tovarlar (xizmatlar) predmeti boʻlgan bitta taqqoslanadigan bitim mavjud boʻlsa, shuningdek bunday bitim haqida yetarlicha axborot mavjud boʻlsa, nazorat qilinadigan bitimlar narxlarining bozor narxlariga muvofiqligini ushbu Kodeksning 188-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlash uchun taqqoslanadigan bozor narxlari usulidan foydalaniladi. (6-q.) Soliq toʻlovchining nazorat qilinadigan bitimi narxining bozor narxlariga muvofiqligini aniqlash maqsadida taqqoslanadigan bozor narxlari usulini qoʻllash uchun ushbu soliq toʻlovchining mustaqil shaxslar bilan tuzgan bitimlaridan, basharti bunday bitimlar taqqoslansa, taqqoslanadigan bitimlar sifatida foydalanilishi mumkin. (7-q.) Aynan oʻxshash (bir turdagi) tovarlar (xizmatlar) bilan taqqoslanadigan bitimlarda narxlar toʻgʻrisidagi hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborot mavjud boʻlmagan taqdirda transfert narxni belgilashda soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlashning toʻliqligini aniqlash maqsadida ushbu moddaning birinchi qismi 2-5-bandlarida koʻrsatilgan usullarning biridan foydalaniladi. (8-q.) Agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, nazorat qilinadigan bitimning haqiqiy holatlari va shartlarini inobatga olgan holda bitim narxining bozor narxlariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi haqida koʻproq asoslangan xulosa qilishga imkon beradigan usuldan foydalaniladi. (9-q.) Ushbu moddaning birinchi qismi 2-5-bandlarida koʻrsatilgan usullardan soliq solish maqsadi uchun nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhi boʻyicha daromadlarni aniqlashda ham foydalanilishi mumkin. (10-q.) Aynan oʻxshash (bir turdagi) tovarlar (xizmatlar) predmeti boʻlgan va taqqoslanadigan tijorat va (yoki) moliyaviy shartlarda amalga oshirilgan bitimlar ushbu boʻlimning maqsadi uchun bir turdagi bitimlar deb eʼtirof etiladi. (11-q.) Nazorat qilinadigan bitimlarda soliq solish maqsadida daromadlarni (foydani, tushumni) aniqlash chogʻida foydalaniladigan usulni tanlashda dastlabki maʼlumotlarning toʻliqligi va toʻgʻriligi, shuningdek taqqoslanadigan bitimlarni nazorat qilinadigan bitim bilan taqqoslashni taʼminlash maqsadida amalga oshiriladigan tuzatishlarning asoslanganligi inobatga olinishi kerak. (12-q.) Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan usullarni qoʻllash maqsadida aniq bitimlar toʻgʻrisidagi axborotdan tashqari bozor narxlarining shakllangan darajasi va (yoki) birja kotirovkalari haqidagi hamma foydalanishi mumkin boʻlgan, shuningdek axborot-narx agentliklarining tegishli tovarlar (xizmatlar) bozorlaridagi aynan oʻxshash (bir turdagi) tovarlarga (xizmatlarga) oid narxlar (narxlar oraliqlari) haqidagi maʼlumotlaridan foydalanish mumkin. (13-q.) Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan usullarni qoʻllash maqsadida bozor narxlari toʻgʻrisidagi hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborot manbalaridan foydalanishga, basharti ushbu axborot manbalarida maʼlumotlari mavjud boʻlgan bitimlarning nazorat qiladigan bitim bilan taqqoslanishi taʼminlansa, yoʻl qoʻyiladi. (14-q.) Ushbu moddaning birinchi qismi 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan usullarni qoʻllash uchun xarajatlarni hisobga olish tartibida ushbu usullarga muvofiq hisob-kitob qilinadigan koʻrsatkichlarga va rentabellik oraligʻiga taʼsiri sezilarli boʻlmasligini taʼminlaydigan rentabellik oraligʻi hisob-kitob qilinadigan moliyaviy hisobotlarning maʼlumotlari taqqoslanadigan tarzga keltirilishi kerak. (15-q.) Agar rentabellik oraligʻini hisob-kitob qilish va nazorat qilinadigan bitimlarda soliq solish maqsadida daromadlarni (foydani, tushumni) aniqlash uchun moliyaviy hisobotlar maʼlumotlarining taqqoslanishini taʼminlash mumkin boʻlmasa, ushbu moddaning birinchi qismi 4 va 5-bandlarida koʻrsatilgan usullardan foydalaniladi. (16-q.) Ushbu moddaning birinchi qismi 4 va 5-bandlarida koʻrsatilgan usullar bozor narxlari koʻrsatkichlarini bevosita hisob-kitob qilmagan holda qoʻllanilishi mumkin. Koʻrsatilgan usullardan foydalanilganda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi nazorat qilinadigan bitimning moliyaviy koʻrsatkichlarini (natijalarini) taqqoslanadigan bitimlar boʻyicha rentabellik oraligʻi bilan taqqoslaydi va uning asosida, agar ushbu bitim taraflari mustaqil shaxslar boʻlsa, olinishi mumkin boʻlgan daromad summasining hisob-kitobini amalga oshiradi. (17-q.) Xuddi shunday tartibda nazorat qilinadigan bir turdagi bitimlar guruhining moliyaviy koʻrsatkichlari (natijalari) taqqoslanadigan bitimlar boʻyicha rentabellik oraligʻi asosida hisob- kitob qilingan moliyaviy koʻrsatkichlar bilan taqqoslanadi va daromadlarning summalariga hisob- kitob qilish amalga oshiriladi. (18-q.) Sud bitim narxining bozor narxlariga muvofiqligini belgilash uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlarni ushbu boʻlimda nazarda tutilgan cheklovlarsiz inobatga olishi mumkin. (19-q.) Soliq toʻlovchilar bitimlarni tuzishda ushbu Kodeksda nazarda tutilmagan maqsadlarda narxni belgilash sohasidagi oʻz siyosatini asoslash uchun ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan usullarga amal qilishi shart emas. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling