Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Bitimlarning shartlarini taqqoslash
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
185-modda. Bitimlarning shartlarini taqqoslash
tahlilida foydalaniladigan axborot (1-q.) Transfert narxni belgilashda soliq nazoratini oʻtkazishda (shu jumladan tahlil etiladigan bitimning va taqqoslanadigan bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlarini taqqoslash chogʻida) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi quyidagi axborotdan foydalanadi: 1) Oʻzbekiston Respublikasi birjalarining va chet el birjalarining narxlar hamda kotirovkalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlaridan; 2) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan eʼlon qilinadigan yoki soʻrovga koʻra taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdosining bojxona statistikasidan; 3) Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq vakolatli davlat boshqaruvi organlarining rasmiy axborot manbalaridagi, chet davlatlarning yoki xalqaro tashkilotlarning rasmiy axborot manbalaridagi yoxud boshqa eʼlon qilingan va (yoki) hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborot manbalaridagi hamda axborot tizimlaridagi narxlar (narxlarning oʻzgarish chegaralari) va birja kotirovkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683- son Qonuni tahriridagi band) 4) axborot-narx agentliklari maʼlumotlaridan; 5) soliq toʻlovchi tomonidan tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotdan. (2-q.) Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan axborot mavjud boʻlmagan (yetarli boʻlmagan) taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi quyidagi axborotdan foydalanadi: 1) eʼlon qilingan va (yoki) hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborotlar manbalaridagi hamda axborot tizimlaridagi narxlar (narxlarning tebranish chegaralari) va kotirovkalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan; 2) yuridik shaxslarning moliyaviy va statistika hisobotidan olingan maʼlumotlardan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatlarning hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborot manbalarida eʼlon qilingan va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining va (yoki) chet el yuridik shaxslarining hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborot tizimlaridagi, shuningdek rasmiy saytlaridagi maʼlumotlardan. Chet el yuridik shaxslarining moliyaviy hisobotidagi maʼlumotlardan foydalanishga Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining (Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi faoliyati doimiy muassasaning tashkil etilishiga olib keladigan chet el yuridik shaxslarining) rentabelligi oraligʻini aniqlash uchun faqat taqqoslanadigan bitimlar tuzgan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslarining moliyaviy hisoboti maʼlumotlari asosida rentabellikning bunday oraligʻini hisoblash imkoni boʻlmagan taqdirda yoʻl qoʻyiladi; 3) baholash obyektining baholash faoliyati toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga yoki chet davlatlar qonunchiligiga muvofiq aniqlangan bozor qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 4) ushbu Kodeksning 23-bobiga muvofiq foydalaniladigan boshqa axborotdan. (3-q.) Bitimlarning shartlarini taqqoslashni tahlil qilishda soliq sirini tashkil etuvchi axborotdan, shuningdek foydalanish huquqi qonunchilikka muvofiq cheklangan boshqa axborotdan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday cheklov Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi transfert narxni belgilashda soliq nazoratini oʻtkazayotgan soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (4-q.) Bitimlarning shartlarini taqqoslashni tahlil qilishda faqat hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborot manbalaridan, shuningdek soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalaniladi. (5-q.) Bitim shartlarining taqqoslanishini tahlil qilishda, ushbu Kodeksning 193-moddasiga muvofiq hujjatlarni tayyorlash va taqdim etishda soliq toʻlovchi oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotdan tashqari hamma foydalanishi mumkin boʻlgan har qanday axborot manbalaridan, shuningdek oʻzi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan, xuddi shunday faoliyatni amalga oshirayotgan shaxslarning faoliyati toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanishga haqli. (6-q.) Agar soliq toʻlovchiga nisbatan transfert narx belgilashda soliq nazorati oʻtkazilayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi ushbu soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil shaxslar bilan tuzilgan taqqoslanadigan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotga ega boʻlsa, bunday bitimlarni tahlil etiladigan bitim bilan taqqoslashda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bozor narxlarining oraligʻini aniqlash uchun ushbu axborotdan foydalanishga haqli. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling