Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
246-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish Quyidagilarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish soliq solishdan ozod etiladi: 1) jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirishning bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda tasdiqlangan normalari doirasida olib kirilayotgan tovarlar; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 2) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida olib kirilayotgan tovarlar; 3) davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda - boshqa tashkilotlar va shaxslar yoʻnalishlari boʻyicha xayriya yordami maqsadlarida, shu jumladan texnik yordam koʻrsatish (grantlar) uchun olib kiriladigan tovarlar; (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) 4) chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek ushbu vakolatxonalarning diplomatik va maʼmuriy-texnik xodimlari, shu jumladan ularning oʻzlari bilan birga yashayotgan oila aʼzolari shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlar; 5) qonunchilikka muvofiq alohida qimmatga ega madaniy meros obyektlari jamoasiga kiritilgan, davlat madaniyat muassasalari tomonidan olingan yoki ular tomonidan sovgʻaga olingan madaniy qimmatliklar. Ushbu soliq solishdan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining tegishli tasdiqnomasi mavjud boʻlgan taqdirda qoʻllaniladi; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 6) oʻxshashi Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalar; 7) xalqaro kitob almashinuvi boʻyicha davlat kutubxonalari va muzeylari tomonidan olinadigan bosma nashrlarning barcha turlari, shuningdek xalqaro notijorat almashinuvini amalga oshirish maqsadida ixtisoslashtirilgan davlat tashkilotlari tomonidan olib kiriladigan kinematografiya asarlari; 8) milliy valyuta va chet el valyutasi, qonuniy toʻlov vositalari boʻlgan banknotlar (bundan kolleksiyalash uchun moʻljallanganlari mustasno), shuningdek qimmatli qogʻozlar; 9) xalqaro moliya institutlarining qarzlari va hukumat tashkilotlarining xalqaro qarzlari hisobidan olib kiriladigan tovarlar, agar ular olib kirilayotganda soliqdan ozod etilishi qonunda nazarda tutilgan boʻlsa; (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi band) 10) vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdigʻi mavjud boʻlgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish boʻyicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari; 11) dori vositalari, veterinariya dori vositalari, tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlar, shuningdek dori vositalarini, veterinariya dori vositalarini, tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlarni ishlab chiqarish uchun qonunchilikda belgilanadigan roʻyxat boʻyicha olib kiriladigan xom ashyo. Mazkur norma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida ham ishlab chiqariladigan, olib kiriladigan tayyor dori vositalariga, veterinariya dori vositalariga, tibbiyot va veterinariya uchun moʻljallangan buyumlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling