Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
244-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan
moliyaviy xizmatlar (1-q.) Quyidagi moliyaviy xizmatlar soliq solishdan ozod etiladi: 1) bank operatsiyalari, bundan qiymati qatʼiy summada belgilangan xizmatlar mustasno, xususan: (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlarini omonatlarga jalb etish; yuridik va jismoniy shaxslarning jalb etilgan pul mablagʻlarini banklar nomidan hamda ularning hisobidan joylashtirish; yuridik va jismoniy shaxslarning bank hisobvaraqlarini, shu jumladan bank kartalari boʻyicha hisob-kitoblar uchun xizmat qiluvchi bank hisobvaraqlarini yuritish, shuningdek bank kartalariga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq operatsiyalar; (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning topshirigʻiga koʻra ularning bank hisobvaraqlari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish; yuridik va jismoniy shaxslarga kassa xizmatlarini bank kassalari yoki maxsus asbob- uskunalar (bankomat, avtomatik depozit mashinalar va hokazo) orqali koʻrsatish; chet el valyutasining naqd puldagi va naqd pulsiz oldi-sotdisi (shu jumladan chet el valyutasining oldi-sotdi operatsiyalariga doir vositachilik xizmatlari koʻrsatish); bank kafolatlarini bajarish (bank kafolati boʻyicha toʻlov); (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741- son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) majburiyatlarning pul shaklida bajarilishini nazarda tutuvchi uchinchi shaxslar uchun kafillik berish; akkreditivlar boʻyicha hisob-kitoblar va toʻlovlar; (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) toʻlov tizimlari, dasturlaridan va uskunalardan foydalangan holda hisob-kitoblarni (toʻlovlarni) amalga oshirish; 2) hisob-kitoblar ishtirokchilari oʻrtasida axborot va texnologik hamkorlikni, shu jumladan hisob-kitoblar ishtirokchilariga bank kartalari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar boʻyicha axborotni toʻplash, unga ishlov berish va uni taqdim etish yuzasidan xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlovchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar; 3) yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini, kooperativlarning pay fondlaridagi va investitsiya pay jamgʻarmalaridagi paylarni, qimmatli qogʻozlarni hamda hosila moliyaviy vositalarni realizatsiya qilish, bundan soliq solinishi lozim boʻlgan hosila moliyaviy vositalarning asos aktivini realizatsiya qilish mustasno. Ushbu boʻlim maqsadlarida hosila moliyaviy vositani realizatsiya qilish deganda uning asos aktivini realizatsiya qilish, shuningdek kontrakt boʻyicha mukofotlar summalarini, variatsiyaga oid marja summalarini toʻlash, hosila moliyaviy vositalar shartlariga muvofiq asos aktiv toʻlovi boʻlmagan hosila moliyaviy vosita taraflarining boshqa davriy yoki bir martalik toʻlovlari tushuniladi; 4) realizatsiya qilinishi ushbu qismning 3-bandiga binoan soliq solishdan ozod etiladigan hosila moliyaviy vositalar asosida yuzaga keladigan majburiyatlar boʻyicha huquqlardan (talablardan) boshqa shaxs foydasiga voz kechish (ularni boshqalarga berish); 5) forfeyting va faktoring operatsiyalari; 6) zayomlarni pul shaklida berishga doir shartnomalardan va (yoki) kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar yuzasidan kreditorning huquqlaridan (talablaridan) boshqa shaxs foydasiga voz kechish (ularni boshqalarga berish, olish) boʻyicha, shuningdek boshqa shaxs foydasiga voz kechish shartnomasi asosida dastlabki shartnoma yuzasidan qarz oluvchining har bir yangi kreditor oldidagi majburiyatlarining bajarilishga doir operatsiyalar; 7) kreditlarni, zayomlarni pul shaklida va qimmatli qogʻozlar bilan berish, shu jumladan ular boʻyicha foizlar bilan birga berish, shuningdek REPO operatsiyalari, shu jumladan REPO operatsiyalari boʻyicha qimmatli qogʻozlar berilganligi uchun toʻlanishi lozim boʻlgan pul summalari; 8) mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) berishga doir xizmatlarning ushbu xizmatlar boʻyicha foizli daromadlar olishga taalluqli qismi boʻyicha; 9) qimmatli qogʻozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar) bilan bogʻliq operatsiyalar. Qimmatli qogʻozlar bilan bogʻliq operatsiyalar jumlasiga qimmatli qogʻozlarni saqlash, qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqni hisobga olish, qimmatli qogʻozlarni oʻtkazish hamda ularning reestrini yuritish, qimmatli qogʻozlar savdosini tashkil etish boʻyicha operatsiyalar kiradi, ularni tayyorlash boʻyicha xizmatlar bundan mustasno; 10) tranzaksiyalarni bir vaqtning oʻzida toʻlov ishtirokchilari oʻrtasida vositachilik haqlarini taqsimlagan holda amalga oshirish bilan bogʻliq toʻlov tizimlarining moliya xizmatlari. (2-q.) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va qimmatli qogʻozlarga taalluqli qism boʻyicha qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish boʻyicha vakolatli organ bilan kelishilgan holda, ushbu moddaning qoidalarini qoʻllash tartibi yuzasidan tushuntirishlar, shu jumladan ayrim aylanmalarni batafsil aniqlashtirish boʻyicha tushuntirishlar berishga haqli. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling