254-modda. Tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga
olib kirishda soliq bazasini aniqlash tartibi
(1-q.)
Tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliq bazasi quyidagilarni
qoʻshgan holda hisoblab chiqarilgan ushbu tovarlarning qiymati sifatida aniqlanadi:
1) tovarlarning bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadigan bojxona
qiymatini;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
2) tovarlar Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilayotganda toʻlanishi lozim boʻlgan aksiz
soligʻi va bojxona bojini.
(2-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona
tartib-taomiliga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi hududidan ilgari olib chiqilgan tovarlarning
qayta ishlash mahsulotlari ushbu hududga olib kirilayotganda soliq bazasi bunday qayta
ishlashning qiymati sifatida aniqlanadi.
(3-q.)
Soliq bazasi Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan bir nomdagi, turdagi
va markadagi tovarlarning har bir guruhi boʻyicha alohida aniqlanadi.
(4-q.)
Agar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning
bir turkumi tarkibida bir vaqtning oʻzida ham aksiz toʻlanadigan, ham aksiz toʻlanmaydigan
tovarlar mavjud boʻlsa, soliq bazasi mazkur tovarlarning har bir guruhiga nisbatan alohida
aniqlanadi.
(5-q.)
Agar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar
turkumi tarkibida bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga muvofiq
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan ilgari olib chiqilgan tovarlarning qayta ishlash mahsulotlari
mavjud boʻlsa, soliq bazasi xuddi shunday tartibda aniqlanadi.
255-modda. Tovarlar (xizmatlar) chet ellik shaxslar
tomonidan realizatsiya qilinganda soliq agentlari
tomonidan soliq bazasini aniqlashning
Do'stlaringiz bilan baham: |