Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Transportda tashishni amalga oshirishda
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 253-modda. Muddatli bitimlar boʻyicha tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganda soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari
252-modda. Transportda tashishni amalga oshirishda
soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari (1-q.) Yoʻlovchilarni, bagajni, yuklarni yoki pochtani temir yoʻl, avtomobil, havo yoki daryo transportida tashishlar amalga oshirilganda soliq bazasi soliqni qoʻshmagan holdagi tashish qiymati sifatida aniqlanadi. (2-q.) Imtiyozli tariflar boʻyicha yoʻl hujjatlari realizatsiya qilinganda soliq bazasi ushbu imtiyozli tariflardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. (3-q.) Safar boshlanguniga qadar xaridorlarga ishlatilmagan yoʻl hujjatlari uchun pullar qaytarilgan taqdirda, qaytarilishi lozim boʻlgan summaga soliqning barcha summasi kiritiladi. (4-q.) Safar tugatilganligi sababli yoʻl davomida yoʻlovchilarga yoʻl hujjatlari qaytarilgan taqdirda, qaytarilishi lozim boʻlgan summaga yoʻlovchilar yurishi kerak boʻlgan qolgan masofaga tegishli miqdordagi soliq summasi kiritiladi. Bunday holda soliq bazasini aniqlashda yoʻlovchilarga haqiqatda qaytarilgan summalar hisobga olinmaydi. 253-modda. Muddatli bitimlar boʻyicha tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganda soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari (1-q.) Muddatli bitim deganda shartnomada belgilangan muddat tugagach bevosita ushbu shartnomada koʻrsatilgan narx boʻyicha tovarlar yetkazib berilishini (xizmatlar koʻrsatilishini) taqozo etadigan bitim tushuniladi. (2-q.) Muddatli bitimlar boʻyicha tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinganda soliq bazasi ushbu tovarlarning (xizmatlarning) bevosita shartnomada koʻrsatilgan, lekin realizatsiya qilingan sanadagi bozor narxlaridan kelib chiqqan holda hisoblangan qiymatdan past boʻlmagan qiymati sifatida aniqlanadi. (3-q.) Uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan hosila moliyaviy vositalar realizatsiya qilinganda soliq bazasi asos aktivning bevosita shartnomada koʻrsatilgan, lekin realizatsiya qilingan sanadagi bozor narxlaridan kelib chiqqan holda hisoblangan qiymatdan past boʻlmagan qiymati sifatida aniqlanadi. (4-q.) Uyushgan bozorda muomalada boʻlgan va asos aktiv yetkazib berilishini nazarda tutuvchi hosila moliyaviy vositalarning asos aktivi realizatsiya qilinganda, soliq bazasi, agar ushbu moddaning beshinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, asos aktivni realizatsiya qilish amalga oshirilishi kerak boʻlgan hamda ushbu hosila moliyaviy vositani birja tasdiqlagan tasniflash shartlariga muvofiq belgilangan qiymat sifatida aniqlanadi. (5-q.) Uyushgan bozorda muomalada boʻlgan va asos aktiv yetkazib berilishini nazarda tutuvchi opsion kontraktlarning asos aktivi realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi ushbu asos aktivni realizatsiya qilish amalga oshirilishi kerak boʻlgan va hosila moliyaviy vositani birja tasdiqlagan tasniflash shartlariga muvofiq belgilangan qiymat sifatida, lekin realizatsiya qilish sanasidagi bozor narxlaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilganidan past boʻlmagan qiymatda aniqlanadi. (6-q.) Ushbu boʻlimni qoʻllash maqsadida opsion kontrakt (opsion) deganda bir taraf (opsion xaridori) boshqa tarafdan (opsionni sotuvchidan) oldindan belgilangan narx boʻyicha asos aktivning muayyan sonini sotib olish ("koll" opsioni) yoki sotish ("put" opsioni) huquqini oladigan bitim tushuniladi. (7-q.) Ushbu moddaning ikkinchi - beshinchi qismlarini qoʻllash maqsadida tovarning, xizmatning yoki asos aktivning narxi aksizlar hisobga olingan (aksiz toʻlanadigan tovarlar uchun) va soliq hisobga olinmagan holda aniqlanadi. (8-q.) Tovarlarning, xizmatlarning yoki asos aktivning bozor qiymati - ushbu Kodeksning VI boʻlimiga muvofiq, ularni realizatsiya qilish sanasi esa ushbu Kodeksning 242-moddasiga muvofiq aniqlanadi. (9-q.) Ushbu boʻlimni qoʻllash maqsadida uyushgan bozorda muomalada boʻlgan hosila moliyaviy vositaning tasniflanishi deganda hosila moliyaviy vositaning shartlarini belgilovchi birja hujjati tushuniladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling