Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Korxona mol-mulk majmuasi sifatida
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
251-modda. Korxona mol-mulk majmuasi sifatida
realizatsiya qilinganda soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari (1-q.) Korxona mol-mulk majmuasi sifatida realizatsiya qilinganda, soliq bazasi ushbu moddada belgilangan tartibda, uni realizatsiya qilishning soliqni oʻz ichiga oladigan narxi miqdorida, ushbu korxona mol-mulkining har bir soliq obyekti boʻyicha alohida aniqlanadi. (2-q.) Agar korxonani realizatsiya qilish narxi uning tarkibiga kiradigan jami mol-mulkning balans qiymatidan past boʻlsa, korxonani realizatsiya qilish narxining mazkur mol-mulkning balans qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadigan tuzatish koeffitsiyenti qoʻllaniladi. (3-q.) Agar korxonani realizatsiya qilish narxi uning tarkibiga kiradigan jami mol-mulkning balans qiymatidan yuqori boʻlsa, korxonani realizatsiya qilishning debitorlik qarzi summasiga va qimmatli qogʻozlar qiymatiga kamaytirilgan narxining realizatsiya qilingan korxona tarkibiga kiradigan mol-mulkning debitorlik qarzi summasiga va qimmatli qogʻozlarning qiymatiga kamaytirilgan balans qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadigan tuzatish koeffitsiyenti qoʻllaniladi. Ushbu qismga muvofiq tuzatish koeffitsiyentini hisob-kitob qilishda qimmatli qogʻozlarning qiymati, agar u faqat bozor qiymati boʻyicha qayta baholangan boʻlsa, chiqarib tashlanadi. (4-q.) Mol-mulkning har bir turini realizatsiya qilish narxi uning balans qiymatining ushbu moddaning ikkinchi yoki uchinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibda belgilanadigan tuzatish koeffitsiyentiga koʻpaytmasi sifatida aniqlanadi. (5-q.) Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan holatda, debitorlik qarzining summasiga doir tuzatish koeffitsiyenti qoʻllanilmaydi. Agar bunday holda qimmatli qogʻozlarning qiymati qayta baholangan boʻlsa, mazkur koeffitsiyent ularning qiymatiga nisbatan ham qoʻllanilmaydi. (6-q.) Korxona sotuvchisi tomonidan korxona sotilgan narxni koʻrsatgan holda jamlama hisobvaraq-faktura tuziladi. (7-q.) Jamlama hisobvaraq-fakturada asosiy mablagʻlar, nomoddiy aktivlar, ishlab chiqarish uchun moʻljallangan va ishlab chiqarish uchun moʻljallanmagan mol-mulkning boshqa turlari, debitorlik qarzining summalari, qimmatli qogʻozlarning qiymati hamda balans aktivlarining boshqa pozitsiyalari mustaqil pozitsiyalarga ajratiladi. Jamlama hisobvaraq-fakturaga inventarizatsiya dalolatnomasi ilova qilinadi. (8-q.) Jamlama hisobvaraq-fakturada har bir mol-mulk turining narxi ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda balans qiymatining tuzatish koeffitsiyentiga koʻpaytmasiga teng deb qabul qilinadi. (9-q.) Realizatsiya qilinishiga soliq solinadigan mol-mulkning har bir turi boʻyicha tegishli ravishda soliq stavkasi va tegishli soliq summasi koʻrsatiladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling