Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

oʻziga xos xususiyatlari 
(1-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining hududi realizatsiya qilish joyi boʻlgan tovarlar 
(xizmatlar) soliq toʻlovchilar sifatida soliq organlarida hisobda turmagan chet ellik shaxslar 
tomonidan realizatsiya qilingan taqdirda, soliq bazasi soliq agentlari tomonidan ushbu tovarlarni 
(xizmatlarni) aksizlar (aksiz toʻlanadigan tovarlar uchun) va soliq hisobga olingan holda 
realizatsiya qilishdan olingan daromadning summasi sifatida aniqlanadi. 
(2-q.)
Soliq agentlari deb ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan tovarlarning 
(xizmatlarning) xaridorlari (ularni oluvchilar) boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik 
shaxslari, yakka tartibdagi tadbirkorlar (ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan 
hollar bundan mustasno), Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga 
oshiruvchi chet el yuridik shaxslari eʼtirof etiladi. 
(3-q.)
Agar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan chet el yuridik shaxslari bilan 
hisob-kitoblarda Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari, yakka tartibdagi tadbirkorlar 
yoki chet el yuridik shaxslarining doimiy muassasalari topshiriq, vositachilik shartnomalari yoki 
boshqa vositachilik shartnomalari asosida ishtirok etsa, bunday shaxslar soliq agentlari deb eʼtirof 
etiladi. Mazkur hollarda soliq bazasi soliq toʻlovchi tomonidan bunday tovarlarning aksizlar (aksiz 
toʻlanadigan tovarlar uchun) va soliq hisobga olingan holdagi qiymati sifatida aniqlanadi. 


(4-q.)
Ushbu Kodeksning 282-moddasi birinchi qismida koʻrsatilgan chet el yuridik 
shaxslari realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi deb eʼtirof etiladigan elektron shakldagi 
xizmatlarni koʻrsatgan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga yoki 
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi chet el yuridik 
shaxslariga topshiriq, vositachilik shartnomalari yoki shunga oʻxshash shartnomalar asosida 
elektron shakldagi xizmatlar koʻrsatgan taqdirda, bunday xizmatlarning mazkur xaridorlari soliq 
agentlari deb eʼtirof etiladi. 
(5-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir 
har bir operatsiya amalga oshirilganda soliq bazasi ushbu boʻlimning qoidalari hisobga olingan 
holda alohida aniqlanadi. 
(6-q.) 
Ushbu moddaga muvofiq soliq agentlari deb eʼtirof etiladigan shaxslar tegishli soliq 
summasini hisoblab chiqarishi, soliq toʻlovchidan, u soliq toʻlovchi ekanligidan yoki soliq 
toʻlovchi emasligidan qatʼi nazar, uni ushlab qolishi va budjetga oʻtkazishi shart.
(7-q.)
Agar kontraktlarning shartlariga muvofiq xizmatlar chet ellik shaxslar tomonidan 
soliqni hisobga olmasdan taqdim etilsa, ushbu xizmatlar boʻyicha soliq bazasi soliq agentlari 
tomonidan koʻrsatilgan xizmatlarning qiymatidan kelib chiqqan holda, soliqni hisobga olmasdan 
aniqlanadi. Bunday holda soliq agenti tegishli soliq summasini mustaqil tarzda hisoblab chiqarishi 
va budjetga oʻtkazishi shart. 
(8-q.)
Ushbu moddaning qoidalari mazkur Kodeksning 243-245-moddalarida koʻrsatilgan 
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda qoʻllanilmaydi. 
(9-q.)
Ushbu moddaga muvofiq soliqning toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjati ushbu 
Kodeksning 37-bobiga muvofiq toʻlangan soliq summasini hisobga kiritish huquqini beradi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling