1) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan eksport bojxona tartib-taomiliga olib chiqilgan
tovarlar;
2) ilgari Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida qayta ishlash
bojxona tartib-taomiliga
joylashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan tovarlar va (yoki) Oʻzbekiston
Respublikasi hududidan bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan
tovarlarni qayta ishlash natijasida olingan (hosil boʻlgan) tovarlar (qayta ishlash mahsulotlari,
chiqindilar va (yoki) qoldiqlar);
3) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan gʻamlab qoʻyilgan narsalar. Ushbu
modda maqsadida havo kemalaridan risoladagidek foydalanilishini taʼminlash
uchun zarur
boʻlgan yoqilgʻi va yonilgʻi-moylash materiallari gʻamlab qoʻyilgan narsalar deb eʼtirof etiladi;
4) chet eldan keltirilgan tovarlarni tashish chogʻida bojxona tranziti bojxona tartib-taomiliga
joylashtirilgan tovarlarni bevosita Oʻzbekiston Respublikasi hududiga yetib kelish joyidagi
bojxona organidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib
ketish joyidagi bojxona
organigacha tashish yoxud transportda tashish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xizmatlar;
5) xalqaro tashishlar bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xizmatlar.
(2-q.)
Nol darajali stavkani ayrim hollarda qoʻllashning oʻziga
xos xususiyatlari ushbu
Kodeksning 264-moddasida belgilangan.
(3-q.)
Nol darajali stavkani qoʻllash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar soliq hisoboti bilan birga
taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: