Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

stavkaning qoʻllanilishi 
(1-q.)
Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish aylanmasi toʻlangan soliqni qoplash 
(qaytarish) yoʻli bilan nol darajali stavkasi boʻyicha tortiladi, agar ushbu tovarlar (xizmatlar) 
quyidagicha olinsa:
1) chet el diplomatik vakolatxonalarining va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning 
rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek ushbu vakolatxonalar diplomatik va maʼmuriy-texnik 
xodimlarining (shu jumladan ular bilan birga yashaydigan oila aʼzolarining) shaxsiy foydalanishi 
uchun; 
2) Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida tovarlarni (xizmatlarni) sotib olayotgan soliq 
toʻlovchilar tomonidan, agar bitimda nol darajali stavka qoʻllanilishi nazarda tutilgan boʻlsa. 


(2-q.)
Agar tegishli chet davlatning qonunchiligida Oʻzbekiston Respublikasining 
diplomatik 
vakolatxonalariga 
va 
ularga 
tenglashtirilgan 
vakolatxonalarga, 
ushbu 
vakolatxonalarning diplomatik hamda maʼmuriy-texnik xodimlariga (shu jumladan ular bilan 
birga yashaydigan oila aʼzolariga) nisbatan xuddi shunday tartib belgilangan boʻlsa yoxud bunday 
norma Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa, nol darajali 
stavkani qoʻllash ushbu moddaning birinchi qismi 1-bandiga muvofiq amalga oshiriladi. 
(OʻzR 
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(3-q.)
Suv taʼminoti, kanalizatsiya, sanitariya jihatdan tozalash, issiqlik taʼminoti boʻyicha 
aholiga koʻrsatiladigan xizmatlarni realizatsiya qilishga doir aylanmaga, shu jumladan bunday 
xizmatlarni uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan aholi nomidan, shuningdek idoraviy uy-joy 
fondi uylarida yashayotgan aholi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining va 
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining boʻlinmalari tomonidan olishga, nol darajali 
stavka boʻyicha soliq solinadi.
(4-q.)
Nol darajali stavka qimmatbaho metallarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan 
qimmatbaho metallarni olish boʻyicha vakolatli organga realizatsiya qilinadigan bunday 
metallarga nisbatan qoʻllaniladi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling