Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-1-modda. Soliq summalarini hisobga


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

266-1-modda. Soliq summalarini hisobga 
olishning ayrim oʻziga xos xususiyatlari 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq kiritilgan modda) 
(1-q.)
Guvohnomasining amal qilishi toʻxtatib turilgan yoki tugatilgan yoxud bekor qilingan 
soliq toʻlovchi tomonidan haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlangan (toʻlanishi 
lozim boʻlgan) soliq summasi hisobga olinmaydi. Mazkur hodisalar yuzaga kelganda, bunday 
soliq toʻlovchiga undan haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlangan (toʻlanishi lozim 
boʻlgan) soliq summasi uning xaridorlarida ham hisobga olinmaydi. 


(2-q.)
Guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilganligi munosabati bilan hisobga olish 
uchun qabul qilinmagan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlangan (toʻlanishi 
lozim boʻlgan) soliq summasi guvohnomaning amal qilishi qayta tiklangan taqdirda
guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilgan sanadan eʼtiboran soliq toʻlovchida va uning 
xaridorlarida hisobga olinadi (tuzatiladi). 
267-modda. Hisobga olinmaydigan soliq summasi 
(1-q.)
Tovarlarni (xizmatlarni) olish (olib kirish) chogʻida soliq toʻlovchi tomonidan 
toʻlangan soliq summasi ushbu Kodeksning 266-moddasiga muvofiq quyidagi hollarda hisobga 
olinmaydi: 
1) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalari ushbu boʻlimga muvofiq soliq solishdan ozod 
etilgan tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmatlar koʻrsatish) uchun 
moʻljallangan asosiy vositalar, koʻchmas mulk obyektlari va nomoddiy aktivlar sotib olinganda 
(olib kirilganda); 
2) tovarlar (xizmatlar) ushbu qismning 1-bandida koʻrsatilgan asosiy vositalarni, koʻchmas 
mulk obyektlarini qurish, modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish, texnik jihatdan qayta 
jihozlash va taʼmirlash uchun sotib olinganda; 
3) realizatsiya qilish boʻyicha aylanmalari soliqdan ozod etilgan tovarlar (xizmatlar) ishlab 
chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmatlar koʻrsatish) uchun sotib olinganda; 
4) tovarlar (xizmatlar) soliq toʻlovchi boʻlmagan yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi 
tadbirkorlar tomonidan sotib olinganda; 
5) vakillik xarajatlari;
6) tovarlar (xizmatlar) bepul olinganda, bundan oluvchi ular boʻyicha soliq toʻlagan hollar 
mustasno; 
7) soliq toʻlovchining shaxsiy ehtiyojlari uchun foydalanishga moʻljallangan, ushbu 
Kodeksning 317-moddasiga muvofiq foyda soligʻini hisoblab chiqarishda xarajatlar chegirib 
tashlanmaydigan tovarlar (xizmatlar) sotib olinganda. 
(2-q.)
Soliq toʻlovchi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish chogʻida toʻlagan soliq summalari 
quyidagi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish yoki olib kirish chogʻida ham, agar bu tovarlarni 
(xizmatlarni) sotib olish amalga oshirilayotgan faoliyat turiga bogʻliq boʻlmasa, hisobga 
olinmaydi: 
1) yengil avtomobillarni, mototsikllarni, vertolyotlarni, motorli qayiqlarni, samolyotlarni, 
shuningdek motorli vositalarning boshqa turlarini va ular uchun yoqilgʻini; 
2) alkogol va tamaki mahsulotlarini. 
(3-q.)
Ushbu Kodeksning 268-270-moddalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, 
hisobga olinmaydigan soliq summasi sotib olingan tovarlarning (xizmatlarning) qiymatida hisobga 
olinadi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling