Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan realizatsiya


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

268-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan realizatsiya 
qilish boʻyicha aylanma mavjud boʻlganda soliq 
summasini hisobga olish uchun qabul 
qilish tartibi 
(1-q.)
Agar soliq toʻlovchi soliq solinadigan va soliq solishdan ozod etiladigan aylanmalarni 
amalga oshirsa, soliq solinadigan aylanmaga toʻgʻri keladigan soliq summasi hisobga olish uchun 
qabul qilinadi. 


(2-q.)
Hisobga oʻtkazilishi lozim boʻlgan soliq summasi soliq toʻlovchining tanloviga koʻra 
alohida-alohida usulda va (yoki) mutanosib usulda aniqlanadi.
(3-q.)
Alohida-alohida usul boʻyicha soliq toʻlovchi soliq solinadigan va soliq solishdan 
ozod etilgan aylanmalar uchun foydalaniladigan, olingan tovarlarning (xizmatlarning) hamda ular 
boʻyicha toʻlangan soliq summalarining alohida-alohida hisobini yuritadi. Bunda alohida-alohida 
hisobni yuritish imkoni boʻlmagan umumiy xarajatlar boʻyicha xarajatlarni ajratish mutanosib 
usulda amalga oshiriladi. 
(4-q.)
Mutanosib usul boʻyicha soliq toʻlovchi tomonidan hisobga olish uchun qabul 
qilinadigan soliq summasi soliq solinadigan aylanma summasining tovarlarni (xizmatlarni) 
realizatsiya qilish (soliqni hisobga olmasdan) boʻyicha aylanmaning umumiy summasidagi joriy 
kalendar yil ichida oʻsib boruvchi yakun bilan aniqlanadigan solishtirma miqdoridan kelib chiqqan 
holda aniqlanadi. 
(5-q.)
Mutanosib usuldan foydalanish chogʻida hisobga olish uchun qabul qilinmagan soliq, 
shuningdek ushbu Kodeksning 269-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisobga olinishi lozim 
boʻlgan soliq summasiga tuzatish kiritilgan hollarda hisobga olishga qabul qilinmagan soliq soliq 
toʻlovchi tomonidan foyda soligʻini hisoblab chiqarish chogʻida chegirib tashlanadigan xarajatlar 
tarkibida hisobga olinadi. 
(6-q.)
Agar soliq solinadigan aylanmalarning ulushi joriy soliq davrida aylanma umumiy 
summasining 5 foizidan oshib ketmasa, soliq toʻlovchi haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar 
boʻyicha), shu jumladan uzoq muddatli aktivlar boʻyicha toʻlangan (toʻlanishi lozim boʻlgan) soliq 
summasini joriy soliq davrida olingan tovarlarning (xizmatlarning) qiymatiga toʻliq kiritishga 
haqli.

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling