Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Majburiyatlarni hisobdan chiqarishda
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 272-modda. Toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi
- 273-modda. Soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi
271-modda. Majburiyatlarni hisobdan chiqarishda
hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summalariga tuzatish kiritish (1-q.) Tovarlarni (xizmatlarni) olishda ilgari hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summasi, agar bunday tovarlarga (xizmatlarga) haq toʻlash boʻyicha majburiyat ushbu Kodeksning 313-moddasiga muvofiq bunday tuzatish amalga oshirilgan soliq davrida hisobdan chiqariladi, bundan ushbu Kodeksning 266-moddasi birinchi qismi 3 va 4-bandlariga muvofiq hisobga olish uchun qabul qilingan soliq summalari mustasno. (2-q.) Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tuzatish kiritish amalga oshirilgan tovarlar (xizmatlar) uchun haq toʻlangan taqdirda, haq toʻlash amalga oshirilgan soliq davridagi tegishli soliq summasiga soliq toʻlovchi hisobga olish uchun qabul qilinadigan soliq summasini koʻpaytirish tomonga teskari tuzatish kiritish huquqiga ega. 272-modda. Toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi (1-q.) Budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi har bir soliq davri yakunlari boʻyicha, ushbu Kodeksning 265-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan, ushbu bobga muvofiq hisobga olinishi va tuzatish kiritilishi lozim boʻlgan summalar hisobga olingan holda hisoblab chiqariladi. (2-q.) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish chogʻidagi soliq summasi bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq budjetga toʻlanadi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683- son Qonuni tahriridagi qism) (3-q.) Agar ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan, budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi salbiy boʻlsa, soliq toʻlovchi mazkur summaning oʻrnini ushbu Kodeksning 274-moddasida belgilangan tartibda qoplash huquqiga ega boʻladi. 273-modda. Soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi (1-q.) Soliq toʻlovchilar, agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq hisobotini oʻzlari soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga oʻtgan soliq davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirilmagan muddatda taqdim etishlari shart. (2-q.) Ushbu Kodeksning 272-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliqni toʻlash agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq hisobida turilgan joy boʻyicha har bir soliq davrining yakunlariga koʻra, soliq hisoboti taqdim etishlari muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi. (3-q.) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish chogʻida soliq ushbu boʻlim qoidalari hisobga olingan holda, bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda budjetga toʻlanadi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (4-q.) Soliq agentlari soliqni oʻzi soliq hisobida turgan joy boʻyicha toʻlaydi. Soliq toʻlovchilar boʻlmagan soliq agentlari oʻzi soliq hisobida turgan joydagi soliq organlariga tegishli soliq hisobotini ushbu Kodeksning 255 va 256-moddalariga muvofiq toʻlash amalga oshirilgan oʻtgan soliq davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay taqdim etishi shart. (5-q.) Soliq hisobotiga soliq toʻlovchining xaridlar reestrida va sotuvlar reestrida koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritiladi. (6-q.) Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar, shuningdek vositachilik (topshiriq) va transport ekspeditsiyasi shartnomalari asosida boshqa shaxsning manfaatlarni koʻzlab tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslar olingan va taqdim etilgan hisobvaraq- fakturalar daftarlaridagi maʼlumotlarni ham belgilangan shakl boʻyicha taqdim etishi shart. Agar bunday shaxslar soliq toʻlovchilar boʻlmasa, ular soliq hisobotiga faqat soliq agenti sifatida operatsiyalarni yoki vositachilik (topshiriq) shartnomasi asosida komitentning (ishonch bildiruvchining), transport ekspeditsiyasi shartnomasi asosida yukni oluvchining (yukni joʻnatuvchining) manfaatlarini koʻzlab vositachilik operatsiyalarini amalga oshirish chogʻida olingan hamda taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish daftarlarida aks ettiriladigan maʼlumotlarni kiritadi. (7-q.) Xaridlar va sotuvlar reestrlarini, shuningdek kelib tushgan va taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalarni hisobga olish daftarlarini yuritish shakllari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling