Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Hisobga olish uchun qabul qilingan


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

269-modda. Hisobga olish uchun qabul qilingan 
soliq summalariga tuzatish kiritish 
(1-q.)
Ilgari tovarlarni (xizmatlarni) olish chogʻida hisobga olish uchun qabul qilingan, 
olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha soliq summasiga quyidagi hollarda tuzatish kiritilishi lozim: 
1) tovarlardan (xizmatlardan) kelgusida soliq solishdan ozod etilgan aylanma uchun 
foydalanilganda; 
2) ular buzilganda yoxud qonunchilikka muvofiq vakolatli organ tomonidan, ular yoʻqligida 
esa soliq toʻlovchi tomonidan belgilangan tabiiy kamayish normalaridan ortiqcha yoʻqotilgan 
taqdirda. Ushbu bandning qoidasi favqulodda holatlar (tabiiy ofat, yongʻin, avariya, yoʻl-transport 
hodisasi va boshqa shu kabi holatlar) munosabati bilan tovarlarning buzilishiga yoxud 
yoʻqotilishiga nisbatan tatbiq etilmaydi; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi 
band) 
3) yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar qonunchilikda 
belgilangan tartibda haqiqiy emas deb eʼtirof etilganda
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son 
Qonuni tahriridagi band) 
4) soliq toʻlovchi maqomini yoʻqotganda (yoki soliq toʻlashdan ozod qilinganda); 
5) ushbu tovarlar soliq organlarida hisobga qoʻyilmagan shartnomalar asosida ijaraga 
olingan yoki bepul foydalanilayotgan koʻchmas mulk obyektlarida saqlanganda. 
(OʻzR 
29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) 
(2-q.)
Agar ushbu Kodeksning 470-1-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan 
boʻlsa, sotib olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha ushbu Kodeks 267-moddasi birinchi qismining 


1-4-bandlariga muvofiq ilgari hisobga olish uchun qabul qilinmagan soliq summasi kelgusida 
ulardan soliq solinadigan aylanma uchun foydalanilgan hollarda tuzatiladi (hisobga olinadi). 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(3-q.)
Tuzatish kiritilishi lozim boʻlgan soliq summasi bunday tuzatishlarni amalga 
oshirishdan oldingi oxirgi oʻn ikki oy ichida olingan tovarlarning (xizmatlarning) soliq summasi 
qayta tiklanishi lozim boʻlgan tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlariga toʻgʻri keladigan qiymati 
asosida aniqlanadi. 
(4-q.)
Asosiy vositalarning obyektlari, koʻchmas mulk obyektlari va nomoddiy aktivlar 
boʻyicha tuzatish kiritilishi lozim boʻlgan soliq summasi ushbu Kodeksning 270-moddasida 
nazarda tutilgan tartibda qayta baholash hisobga olinmagan, ushbu obyektlarning balans qiymatiga 
toʻgʻri keladigan, ilgari bu obyektlar boʻyicha hisobga olingan (yoki ularning qiymatiga kiritilgan) 
soliq summasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
(5-q.)
Ilgari bunday tovarlar (xizmatlar) boʻyicha hisobga olish uchun qabul qilingan 
miqdordagi, asosiy vositalarga, koʻchmas mulk obyektlariga va nomoddiy aktivlarga nisbatan esa 
ularning qayta baholash hisobga olinmagan holdagi qoldiq (balans) qiymatiga mutanosib 
miqdordagi soliq summalari tiklanishi lozim. 
(6-q.)
Tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib beruvchi tomonidan ushbu Kodeksning 257-
moddasiga muvofiq soliq bazasiga tuzatishlar kiritish amalga oshirilganda, xaridor yetkazib 
beruvchi tomonidan rasmiylashtirilgan qoʻshimcha (yoki tuzatilgan) hisobvaraq-faktura asosida u 
tomonidan ilgari hisobga qabul qilingan soliq summasiga tegishli tartibda tuzatish kiritishi kerak. 
(7-q.)
Soliqqa tuzatish kiritish summasi koʻrsatilgan obyektlarning balans qiymatini 
oshirishga (yoki kamaytirishga) taalluqli boʻladi yoxud foyda soligʻini hisoblab chiqarishda 
hisobga olinadigan xarajatlar (yoki daromadlar) tarkibiga kiritiladi. 
(8-q.)
Tovar reeksport bojxona tartib-taomiliga joylashtirilganda va ushbu tovarning importi 
chogʻida soliq toʻlovchi tomonidan toʻlangan soliq summasi unga bojxona toʻgʻrisidagi 
qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda qaytarilganda, soliq toʻlovchi hisobga oʻtkaziladigan soliq 
summasiga oʻziga qaytarilgan soliq summasi boʻyicha tuzatish kiritadi (uni kamaytiradi). 
(OʻzR 
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(9-q.)
Hisobga olingan soliq summasiga tuzatishlar kiritish ushbu moddada koʻrsatilgan 
holatlar yuzaga kelgan soliq davrida amalga oshiriladi.

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling