Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

50-BOB. NOREZIDENTLARNING DOIMIY 
MUASSASA BILAN BOGʻLIQ BOʻLMAGAN 
DAROMADLARIGA SOLIQ SOLISHNING 
OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
351-modda. Umumiy qoidalar 
352-modda. Soliq agentlari deb eʼtirof etiladigan shaxslar 
353-modda. Soliq stavkalari 
354-modda. Soliq agentlari tomonidan soliqni 
hisoblab chiqarish tartibi 
355-modda. Soliq agentlari tomonidan soliq hisob-kitobini 
taqdim etish va uni toʻlash tartibi 
356-modda. Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining
mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlariga 
soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari 
357-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari 
boʻyicha soliq solishdan ozod qilishning yoki pasaytirilgan 
soliq stavkalarini qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari 
358-modda. Soliq rezidentligini tasdiqlovchi 
hujjatga qoʻyiladigan talablar 
351-modda. Umumiy qoidalar 


(1-q.)
Norezidentning Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan va doimiy 
muassasa bilan bogʻliq boʻlmagan daromadlaridan olinadigan soliq norezidentga daromad 
toʻlovchi soliq agenti tomonidan hisoblab chiqariladi va ushlab qolinadi. Soliqning ushlab 
qolinishi soliq toʻlovchining daromadlaridan bunday daromadlarning har bir toʻlovi paytida 
amalga oshiriladi. 
(2-q.)
Bunday daromadlar jumlasiga, xususan, quyidagilar kiradi: 
1) Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslaridan olingan dividendlar; 
2) Oʻzbekiston Respublikasining qarz majburiyatlari boʻyicha foizlar, shu jumladan 
chiqarish va muomalada boʻlish shartlarida foizlar koʻrinishidagi daromadlarni olish nazarda 
tutilgan davlat qimmatli qogʻozlari. Bunda Oʻzbekiston Respublikasining davlat obligatsiyalari va 
boshqa qimmatli qogʻozlari boʻyicha daromadlarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi yuridik 
shaxslarining xalqaro obligatsiyalari boʻyicha daromadlarga soliq solinmaydi; 
3) Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslaridan va yakka tartibdagi tadbirkorlaridan 
olingan har qanday turdagi qarz majburiyatlari (shuningdek foydada ishtirok etish huquqini 
beruvchi obligatsiyalar va konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalar) boʻyicha foizlar;
4) har qanday nomoddiy aktivdan Oʻzbekiston Respublikasida foydalanish yoki foydalanish 
huquqini berish uchun royalti;
5) quyidagilar realizatsiya qilinganda olinadigan daromadlar: 
a) aksiyalar (bundan fond birjasida realizatsiya qilinadigan aksiyalar mustasno), Oʻzbekiston 
Respublikasining rezidenti boʻlgan yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) 
ulushi (paylar);
b) Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan koʻchmas mulk; 
v) mulk majmuasi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan korxona; 
g) Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan investitsiya pay 
fondlarining investitsiya paylari. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi kichik 
band) 
Bunday daromadlarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning 356-
moddasida belgilanadi; 
6) norezidentga tegishli boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti orqali tashqi savdo 
faoliyatini amalga oshirish doirasida topshiriq shartnomasi va boshqa aynan oʻxshash fuqarolik-
huquqiy shartnomalar asosida sotiladigan tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. 
Ushbu bandda koʻrsatilgan daromadlar hujjatlar bilan tasdiqlangan, norezident tomonidan 
realizatsiya qilingan tovar uchun olinadigan summaning uni olishdan oshgan qismi sifatida 
belgilanadi. Tovarlarni sotib olish qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmagan taqdirda, soliqni 
ushlab qolish norezident tomonidan olinadigan barcha summadan amalga oshiriladi; 
7) Oʻzbekiston Respublikasida yuzaga keladigan tavakkalchiliklarni sugʻurtalash, birgalikda 
sugʻurtalash va qayta sugʻurtalash shartnomalari boʻyicha toʻlanadigan sugʻurta mukofotlari; 
8) Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan xalqaro aloqa uchun simli oʻtkazgich, 
radio-optik yoki boshqa elektromagnit tizimlar orqali belgilar, signallar, matnlar, tasvirlar, 
tovushlarni uzatish, qabul qilish va qayta ishlash uchun toʻlovni nazarda tutuvchi 
telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatishdan olinadigan daromadlar; 
9) xalqaro tashish, shu jumladan yuklarni yuklash, qayta yuklash, tushirish va joylash uchun 
tashish shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan toʻlov boʻyicha xizmatlar.
Xalqaro tashish deganda yoʻlovchilarni, yuklarni, tovarlarni, shu jumladan pochtani daryo 
yoki havo kemalari, avtomobil yoki temir yoʻl transporti orqali, davlatlardan biri Oʻzbekiston 
Respublikasi boʻlgan turli davlatlarda joylashgan punktlar oʻrtasida amalga oshiriladigan har 
qanday tashish tushuniladi. 
Ushbu bandning maqsadi uchun faqat Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan 
punktlar oʻrtasida, shuningdek faqat Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan punktlar 
oʻrtasida amalga oshiriladigan tashish xalqaro tashish deb eʼtirof etilmaydi; 


10) Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalaniladigan mol-mulkni ijaraga va ikkilamchi 
ijaraga berish, shu jumladan lizing operatsiyalaridan olingan daromadlar, daryo, havo kemalarini 
va (yoki) boshqa transport vositalarini, shuningdek konteynerlarni ijaraga yoki qoʻshimcha ijaraga 
berishdan olingan daromadlar; 
11) xalqaro tashishlarda va Oʻzbekiston Respublikasi ichida tashishlarda transport-
ekspeditorlik xizmatlari.
Bunda yuk yuboruvchidan (yuk oluvchidan) olingan summa va yuk tashuvchining tegishli 
birlamchi hujjatlari bilan tasdiqlangan, yuk tashuvchiga toʻlanishi lozim boʻlgan summa 
oʻrtasidagi farq sifatida hisoblangan mukofot summasi soliq solinishi lozim boʻlgan daromaddir. 
Yuk tashuvchining tegishli birlamchi hujjatlari boʻlmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasining 
norezidentiga ushbu Kodeks 353-moddasining 3-bandida belgilangan soliq stavkalari boʻyicha 
toʻlangan barcha summaga soliq solinishi lozim; 
12) shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun jarimalar, penyalar va boshqa toʻlovlar; 
13) begʻaraz olingan mol-mulk, xizmatlar. Begʻaraz olingan mol-mulkning (xizmatlarning) 
qiymati ushbu Kodeksning 299-moddasida nazarda tutilgan tartibda belgilanadi; 
14) Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentiga yoki faoliyatini Oʻzbekiston 
Respublikasida doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan norezident boʻlgan yuridik shaxsga 
qarzni talab qilish huquqidan voz kechishdan olingan daromad.
Bunda shunday daromadning miqdori norezidentning birlamchi hujjatlariga muvofiq, qaysi 
talab qilish huquqi boʻyicha voz kechish amalga oshirilgan boʻlsa, oʻsha talab qilish huquqining 
qiymati va talab qilish huquqidan voz kechish sanasida qarzdordan olinishi lozim boʻlgan talab 
qilish qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida belgilanadi; 
15) Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentidan yoki Oʻzbekiston Respublikasida 
faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan norezident boʻlgan yuridik shaxsdan 
qarzni talab qilish huquqini olish chogʻida talab qilish huquqidan voz kechishdan olingan 
daromad. 
Bunda shunday daromadning miqdori asosiy qarzning talabiga koʻra qarzdordan olinishi 
lozim boʻlgan summa, shu jumladan talab qilish huquqidan voz kechish sanasidagi asosiy qarzdan 
ortiq boʻlgan summa va talab qilish huquqini olish qiymati oʻrtasidagi ijobiy farq sifatida 
belgilanadi; 
16) serverga axborot joylashtirish va unga texnik xizmat koʻrsatish uchun Oʻzbekiston 
Respublikasi hududida disk maydoni va (yoki) aloqa kanalini taqdim etishdan olingan daromadlar; 
17) boshqaruvga oid, texnik yoki maslahat xususiyatiga ega xizmatlar uchun toʻlov sifatida 
belgilangan texnik xizmatlardan olingan daromadlar; 
18) norezident tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida xizmatlar koʻrsatishdan 
olingan boshqa daromadlar. 
(3-q.)
Quyidagilar norezidentlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalaridan olingan 
daromadlar jumlasiga kirmaydi: 
1) faqat tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshiruvchi shaxs nomidan va uning 
manfaatlarini koʻzlab amalga oshirilgan hamda faqat Oʻzbekiston Respublikasida tovar sotib olish 
yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovar olib kirish bilan bogʻliq tashqi savdo 
operatsiyalaridan olingan daromadlar.
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kirish bilan bogʻliq operatsiyalarga 
nisbatan ushbu qoida quyidagi shartlarga rioya etgan holda import bojxona tartib-taomiliga 
joylashtirilganda qoʻllaniladi: 
a) tovarni yetkazib berish ushbu shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida 
joylashgan saqlash joylaridan (shu jumladan bojxona omborlaridan) amalga oshirilmasa; 
b) tovar chet el yuridik shaxsining Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi orqali 
sotilmasa. 
Agar ushbu bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan shartlardan hech boʻlmaganda 
bittasi bajarilmagan boʻlsa, ushbu shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatiga taalluqli 


daromadlarining bir qismi tovarni realizatsiya qilish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasidagi 
manbalardan olingan daromad deb eʼtirof etiladi. 
Agar norezident tomonidan montaj va (yoki) ishga tushirish-sozlash xizmatlari, xodimlarni 
oʻqitish xizmatlari va boshqa shu kabi xizmatlar koʻrsatilishini nazarda tutuvchi asbob-uskunalar 
(qurilmalar, mexanizmlar, butlovchi va ehtiyot qismlar) sotib olish (sotish) boʻyicha xalqaro 
shartnomada (kontraktda) koʻrsatiladigan xizmatlar qiymati alohida koʻrsatilmagan boʻlsa, 
norezidentning soliq solinadigan daromadi bunday xizmatlarning bozor qiymatidan kelib chiqqan 
holda aniqlanadi. Xuddi shunday qoidalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida 
norezident vakillarining tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) boʻyicha asbob-uskunalarni montaj 
qilish, oʻrnatish yoki ishga tushirish-sozlash paytida haqiqatdan mavjud boʻlgan taqdirda, hattoki 
ushbu shartnomada (kontraktda) norezidentlar tomonidan montaj va (yoki) ishga tushirish- sozlash 
ishlarini amalga oshirish, ular tomonidan xodimlarni oʻqitish xizmatlarini va boshqa shu kabi 
xizmatlarni koʻrsatish nazarda tutilmagan boʻlsa ham, qoʻllaniladi; 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-
812-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 
2) Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar, 
bundan mazkur moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan xizmatlar koʻrsatishdan olingan 
daromadlar mustasno.
(4-q.) 
Xizmat koʻrsatish boʻyicha kontraktda norezident tomonidan Oʻzbekiston 
Respublikasi hududida ham, uning tashqarisida ham xizmatlar koʻrsatilishini nazarda tutuvchi 
qoidalar mavjud boʻlganda, ushbu moddada belgilangan soliqni hisoblab chiqarish va ushlab 
qolish tartibi xizmatlarning har bir turi uchun alohida-alohida qoʻllaniladi. Norezident tomonidan 
yagona ishlab chiqarish-texnologik sikl doirasida xizmat koʻrsatishning har bir bosqichi 
norezidentning daromadlaridan toʻlov manbaida soliqni ushlab qolish maqsadida xizmatlarning 
alohida turi sifatida koʻrib chiqiladi. Bunda kontrakt boʻyicha norezident daromadlarining umumiy 
summasi Oʻzbekiston Respublikasida va uning tashqarisida xizmatlar koʻrsatishdan olingan 
daromadlarga asoslangan tarzda taqsimlangan boʻlishi kerak. 
(5-q.)
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismi qoidalarini qoʻllash maqsadida norezident xizmat 
oluvchiga norezidentning umumiy daromad summasi Oʻzbekiston Respublikasida xizmat 
koʻrsatishdan olingan daromadlar va uning tashqarisida xizmat koʻrsatishdan olingan 
daromadlarga taqsimlanganligini tasdiqlovchi, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va 
(yoki) chet davlatning qonunchiligiga muvofiq tuzilgan, norezident tomonidan tasdiqlangan hisob-
kitob hujjatlarining koʻchirma nusxalarini taqdim etishi shart. Bunday taqsimlanish mavjud 
boʻlmaganda, ham Oʻzbekiston Respublikasida, ham uning tashqarisida xizmat koʻrsatishdan 
norezidentga toʻlanadigan daromadning butun summasiga soliq solinishi lozim. 
(OʻzR 
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling