O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 0.57 Mb.
bet46/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   112
Hujjatli inkasso- eksport qiluvchining bankka import qiluvchidan tovar hujjatlari evaziga to‘lov qabul qilib olishni hamda to‘lov mablag‘ini eksport qiluvchi hisobiga o‘tkazishni tushuniladi. Inkasso bo‘yicha hisob-kitoblar “Inkassoga oid unifikatsiya qilingan qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi”.
Inkasso bo‘yicha hisob-kitoblar mexanizmi. Tovarni tushirib bo‘lgach eksport qiluvchi hujjatlarni rasmiylashtirib, ularni o‘zining bankiga topshiradi, bank esa ularni import qiluvchi bankiga yuboradi. Bank import qiluvchiga inkasso topshirig‘ida ko‘rsatilgan valyuta miqdori, yoki, to‘lov kredit shartlari asosida amalga osirilsa, tezkor tratta aksepti bo‘yicha hujjatlarni topshiradi. Import qiluvchining banki eksport qiluvchining bankiga uning korrespondent hisob raqamiga to‘lov miqdori kelib tushgani haqida xabar beradi. Shundan keyin esport qiluvchining banki mijoz bilan hisob-kitob qiladi.
Inkasso operatsiyalari oddiy, tovarga xaq to‘lanishini kafolatlaydi, chunki tovar import qiluvchiga to‘lov amalga oshirilganidan keyin o‘tadi. Biroq, ular kamchiliklardan ham holi emas, ulardan asosiysi – tovar tushirilishi, hujjatlarni bankka topshirish va to‘lovni amalga oshirish o‘rtasida vaqt oralig‘i mavjud. Natijada, eksport qiluvchi vadyuta taxlikalariga va bozor konyukturasining o‘zgarishi yoki import qiluvchining to‘lov imkoniyati joriy davrda mavjud bo‘dmaganligi bois to‘lovni amalga oshirmaslik taxlikasiga duchor bo‘ladi. Valyuta taxlikalarini bartaraf
etish uchun shartnomaviy himoya qo‘shimchalarini ishlatish lozim.Ammo, taxlikalarning boshqa turlarini bartaraf etish mumkin emas.
Vaqt laglarini telegrafdan foydalanish hisobiga qisqartirish mumkin. Xalqaro hisob-kitobga oid ma’lumotlarni kuzatish uchun 1973- yili SVIFT xalqaro banklararo telekommunikatsiyalar tizimi yaratildi. Mazkur tizim orqali bank operatsiyalarining quyidagi turlari amalga oshiriladi: mablag‘ o‘tkazish, banklardagi hisob raqamlarining holati, valyuta bitimlarni tasdiqlash, inkasso, akkreditiv, qimmatbaho qog‘ozlar savdosi bo‘yicha hisob-kitob.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling