O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 0.57 Mb.
bet47/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   112
Ochiq hisob raqami eksport qiluvchi uchun hisob-kitobning eng foydasiz shakli bo‘lib, unga ishonchli kafolatlar berilmaydi. Ochiq hisob raqami bo‘yicha operatsiyalar bajarganda eksport qiluvchi xaridor manziliga, import qiluvchi tomonidan kelishilgan muddatda xaq to‘lanadigan, tovarni va tovar hujjatlarini yuboradi. Ochiq hisob raqami tovarni vositachilar orqali yoki konsignatsiyaga sotilganda, import jarayonida esa – asosan, katta bo‘lmagan bahodagi tovarni tushirib berishda ishlatiladi.
Bank orqali pul o‘tkazish kreditlar bo‘yicha qarz to‘langanda, avans berilganda, reklamatsiyalarni tartibga solganda, nosavdo operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblarda va boshqalarda ishlatiladi.
Cheklar bilan hisob-kitob qilish bank orqali pul o‘tkazish ishlatilgan hollarda ham ishlatiladi.
Avans to‘lovlar eksport operatsiyalarida ham, import operatsiyalarida ham ishlatiladi.
To‘lov shartlari. To‘lov shartnomada belgilangan shartlar asosida amalga oshiriladi. Naqd pul asosida to‘lovni amalga oshirish- bu shartnoma shartlariga muvoffiq tovarni sotuvchi tomonidan sotib oluvchiga yetkazib berilgandan keyin, uni isbotlovchi hujjatlarni bankka topshirgandan so‘ng, to‘lanadigan naqd pul to‘loviga aytiladi. Xalqaro naqd pul asosida to‘lov to‘rt usulda amalga oshiriladi: chek, pul o‘tkazish, akkreditiv va inkasso. Oddiy operatsiyalarda (ko‘rgazma eksponatlari sotuvida) tovar va uning hujjatlari berib yuborilishi bilan sotib oluvchi tomonidan sotuvchi nomiga chek yoziladi va to‘lov amalga oshiriladi. Ko‘p hollarda naqd pul to‘lovi uzoq vaqt amalga oshiriladi: bir necha kundan tortib to bir necha oygacha.
Bank o‘tkazmasi orqali hisob-kitob. Bu yerda sotuvchi tomonidan tovar yetkazib berilgan paytdan boshlab to pulni olguniga qadar quyidagi operatsiyalarni bajarish uchun vaqt kerak bo‘ladi:

  • sotuvchi shartnomada ko‘rsatilgan hujjatlarni komlekt qilib sotib oluvchiga hisob yuboradi.

  • hujjatlarning komplekt bo‘lishi uchun pochta orqali kelishiga qarab.

  • sotib oluvchi hujjatlarni qabul qilib, ularning shartnoma shartlariga mos kelishini tekshiradi va o‘z bankiga taqdim etilgan hisob asosida ko‘rsatilgan summani talabnoma asosida to‘lash uchun murojat etadi.

  • sotib oluvchining banki sotuvchining bankiga pul o‘tkazayotganligi haqida xabar beradi.

  • sotuvchining banki mijoziga, uning hisob raqamiga pul kelib tushganligi haqida xabar qiladi.

To‘lovni tezroq amalga oshirish sotib oluvchini qizitirmaydi, chunki u aylanma vositalarini iqtishod qiladi. Shuning uchun ham sotib oluvchiga pulni to‘lashi uchun ma’lum bir muddatlarni belgilab berish maqsadga muvoffiq bo‘ladi. Ushbu hisob- kitob tizimi sotuvchiga yetkazilgan tovar uchun pul to‘lanishiga kafolat bermaydi. Shuning uchun ham odatda shartnoma shartlariga sotib oluvchiga yyetkaziladigan tovar uchun pul to‘lab berishi haqida moliyaviy garov xatini taqdim etishi majburiyati kiritiladi. Eng ishonchlisi bu banklarning kafolatidir. Chunki ular sotib oluvchi o‘rniga shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatini oladilar. Sotib oluvchi esa o‘z navbatida to‘lovni bajara olmaslik xatariga mos ravishda bankka, kafolat berganlik uchun pul to‘laydilar. Banklarning kafolat berganligi uchun to‘lanadigan pul qiymati "firmaning obro‘ yetiboriga, moliyaviy axvolining perspektivasiga, shuningdek, bank berayotgan kafolatning qiymatiga bogliq bo‘ladi".



    1. Download 0.57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling