O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Sug‘urta shartnomasi va tashish


Download 0.57 Mb.
bet77/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   112

Sug‘urta shartnomasi va tashish


Yuklarni transport sug‘urtalash shartnomasiga ko‘ra sug‘urtachi tashkilot foydasiga shartnoma tuzilgan yuk egasiga, shartnomada kelishilgan shartlar asosidagi holatlarda zarar uchun to‘lov to‘laydi.
Shartnoma sug‘urtachining yozma arizasi asosida tuziladi. Arizada quyidagilar ko‘rsatilishi zarur: Yuk to‘g‘risidagi ma’lumot, transport turi, tashish yo‘li, yukni jo‘natish vaqti, tashish hujjatlari, yukni sug‘urta summasi, sug‘urta qilish shartlari, sug‘urtachi tashkilotning imzoli hujjati.
Sug‘urta polisini bergach va sug‘urta mukofoti to‘langan vaqtdan boshlab ish yuritiladi. To‘liq akkreditivda ko‘rsatilgan sug‘urta shartlariga to‘liq mos keluvchi shartlarda yozilgan bo‘lishi kerak.
Xalqaro yo‘llardagi yuklarni transport sug‘urta qilish qoidalariga ko‘ra sug‘urtaning uch xil turi mavjud:

  1. barcha tavakkallar uchun javobgarlik bilan. Sug‘urtaning bu sharti - eng to‘lig‘idir. Maxsus kelishilgan hollardan tashqari, har qanday sababga ko‘ra yukni shikastlanishini yoki butunlay yo‘qolishidan kelgan barcha zarar to‘lanadi.

  2. Qisman avariya uchun javobgarlik bilan.Bu shartga ko‘ra sug‘urtachi belgilangan sabablarga ko‘ra kelgan zararni to‘laydi.( Asosan: olov, yashin va boshqa tabiiy ofatlar transport vositalari xalokati, ko‘priklar qulashi oqibatida yukni bir qismi yoki hammasini nobud bo‘lishi uchun, yukni ortish, joylash va tushirish vaqtidagi baxtsiz xodisalar).

  3. Xalokat hollaridan tashqari shikastlar uchun javobgarliksiz.Bu shartga ko‘ra transport vositalari xalokati natijasidagi yukni butunlay yoki qisman nobud bo‘lgan zarar qoplanadi.

Sug‘urta to‘lovini talab qilinganda sug‘urtachi sug‘urta qilingan yukdagi manfaatini, sug‘urta holati borligini, o‘zining zarar bo‘yicha da’vosini hujjatlar asosida isbot qilishi zarur.
Da’vo qila turib sug‘urtachi sug‘urta kompaniyasiga quyidagi da’vo hujjatlarini yig‘indisini taqdim etadi:

    • sug‘urta polisining asl nusxasi;

    • konosament, charter ;

    • invoys (hisob-faktura);

    • sug‘urta holatini ko‘rsatuvchi hujjatlar - avariya sertifikati, xabar akti, ekspertiza akti, dengiz protesti, kema jurnalidan sug‘urta holatining sababi ko‘rsatilgan ko‘chirmasi;

    • zararning ekspertiza hujjatlari bilan asoslangan hisobi.

Sug‘urtachi da’vo berish va ilova qilinadigan hujjatlar berish muddatiga qattiq rioya qilishi zarur. Yuk yo‘qolgan holda sug‘urta polisi yukni transport vositasidan
tushirilganidan keyin 3 kun ichida tashuvchiga berilishi shart. Yukni avariya komissari tomonidan tekshirish va tushirilgan vaqtdan 10 kun ichida olib borilishi kerak.
Tashqi savdo operatsiyalarini olib borisda da’vo qilish muddatlari quyidagicha: eksport tashuvlarida sug‘urta holati aniqlangan vaqtdan boshlab - 1 yil, import tashuvlariga ega - 6 oy.
Transport shartnomasi bo‘yicha barcha baxslar arbitraj sudlarida xal qilinadi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling