O’zbekiston respublikasisog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti
Download 39.9 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ongimiz aks ettirgan narsalarni mustahkamlash, saqlab qolish va keyinchalik tiklashdan iborat bolgan aqliy faoliyat xotira deyiladi.
- «otmishda yuz bergan»
- Obraz xotirasi
- Hayol inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo’lib mehnatning oxirgi va oraliq mahsulotlarida o’z ifodasini topadi
- T A F A K K U R T a ya n ch s o’ z v a i b o r a l a r
- Tafakkur-jiddiy ravishda yangilikni qidirish va ochishga bog’liq, aloqador psixik jarayondir, uning
XOTIRA VA HAYOL T a ya n ch s o' z v a i b o r a l a r : Xotira, assosiasiya, esda olib qolish, esda saqlash, esga tushurish, unutish, harakat, emosional, obrazli, so'z-mantiq, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, qisqa muddatli, uzoq mudatli, operativ, hayol, fantaziya, obraz, tasavvur, passiv hayol, ijodiy hayol, shirin hayol, aktiv hayol, anatilik, sintetik agglyutinasiya, gipertolizasiya, sxematizasiya, katta yarim sharlar po’stlog’I, nerv, orzu. Psixikaning eng muhim xususiyati shundan iboratki, individ tashqi ta'sirotlarning aks ettirilishidan o'zining keyingi hattiqharakatlarida doimo foydalanadi. Individual tajriba ortib borishi hisobiga xulq-atvor sekin-asta murakkablashdi. Agar tashqi dunyoning miya qobig'ida hosil bo'ladigan obrazlari beiz yo'qolib ketaversa, tajribaning shakllanishi mutlaqo mumkin bo'lmay qolar edi. Bu obrazlar bir-biri bilan o'zaro turli xil aloqalar bog'lagan holda mustahkamlanib, saqlanib qoladi hamda hayot va faoliyat talablariga muvofiq tarzda yana boshqatdan namoyon bo'ladi. 219 Individning o'z tajribasini esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi. Biz sezgan, idrok qilgan narsalar iz qoldirmasdan yo'qolib ketmaydi, balki ma'lum darajada esda saqlanib qoladi va qulay sharoitda yoki kerak bo'lganda esimizga tushadi. Kunlik tajribamiz shuni ko'rsatadi, esda qolgan narsalarning hammasi ham esimizga tushavermaydi, ularning bir qismi unutiladi. Unutish ham xotiraga oid hodisadir. Esda qolgan narsa xotira materialini, esda saqlanib turadigan va esga tushiriladigan narsa esa xotiraning mazmunini tashkil qiladi. Ongimiz aks ettirgan narsalarni mustahkamlash, saqlab qolish va keyinchalik tiklashdan iborat bo'lgan aqliy faoliyat xotira deyiladi. Xotira bir necha ruhiy jarayonni o'z ichiga oladi: 1. Esda olib qolish; 2. Esga tushirish; 3. Esda saqlash va unitish. Bu jarayonlarning har biri alohida mustaqil psixik xususiyat hisoblanmaydi. Ular faoliyat davomida shakllanadi va o'sha faoliyat bilan belgilanadi. Muayyan bir materialni esda olib qolish hayot faoliyati jarayonida individual tajriba orttirilishiga bog'liqdir. Esda olib qolingan narsani keyinchalik bo'ladigan faoliyatda qo'llash uchun uni esga tushirish taqozo etiladi. Muayyan bir materialning faoliyat doirasidan chiqib qolishi esa uning unitilishiga olib keladi. Materialni esda saqlash uning shaxs faoliyatidagi ishtirokiga bog'liq bo'ladi. Chunki har bir muayyan paytda kishining xulq-atvori uning butun hayotiy tajribasi bilan belgilanadi. Xotira shaxs psixik hayotining eng muhim, belgilovchi xususiyati hisoblanadi. Xotiraning roli «o'tmishda yuz bergan» narsani aks ettirish bilangina cheklanib qolishi mumkin emas. Xotira barcha psixik jarayonlarning eng muhim xarakteristikasi bo'lish bilan birga inson shaxsining birligi va yaxlitligini ta'minlaydi. Xotira faoliyati esda olib qolishdan boshlanadi. Biz hamisha biror narsa yoki xodisani idrok qilamiz, biror narsa yoki hodisani esda olib qolamiz. Esda olib qolish jarayoni eng avval miya po'stida idrok qilinayotgan narsalar-buyum, surat, so'z, fikr va hokazolarning «izlari» hosil bo'lishidan va ayni vaqtda esda olib qolinadigan material bilan kishida mavjud bilim va tajriba o'rtasida, esda qoladigan materialning ayrim qismlari yoki elementlari o'rtasida bog'lanish vujudga kelishidan iboratdir. Esda olib qolishning ikki turi mavjud: assosiativ va mantiqan esda qoldirish. Bir vaqtda va bir joyda birin-ketin idrok qilingan ikki yoki bir qancha narsa va hodisalarning obrazlari o'rtasida miyada hosil bo'ladigan bog'lanish assosiativ bog'lanish yoki assosiasiya deyiladi. Masalan, birorta ashulani eshitib turib, ayni zamonda shu ashulani 220 aytayotgan odamning o'zini ham ko'rsak, shu ashulani idrok qilish o'rtasida yondosh assosiasiya hosil bo'ladi. Assosiasiyaning yondoshlik assosiasiyasidan tashqari o'xshashlik, qarama-qarshilik turlari ham mavjud. Ma'nosiga tushunib yoki mantiqan esda olib qolish jarayonida asosiy o'rinda fikrlash jarayonlari turadi. Esda qoldirilayotgan materialning ayrim qismlari va elementlari o'rtasidagi ma'no va mantiqiy bog'lanishlarni fikr yuritish yo'li bilan ochiladi. Ma'no bog'lanishlarni ochish birorta narsaning obrazini oddiy esda olib qolish emas, balki narsa va xodisalarga xos bo'lgan eng muhim va zaruriy bog'lanishlarni ochish demakdir, bir guruh doirasiga kirgan narsa va hodisalarning umumiy va muhim belgilari, ular o'rtasidagi sabab va natija bog'lanishlarini aniqlash demakdir. O'tmishda idrok qilingan narsalarning hisqtuyg'u, fikr va ish harakatlarning ongimizga qaytadan tiklanishi esga tushirish deyiladi. Esga tushirishning nerv-fiziologik asosi bosh miya po'stida ilgari hosil bo'lgan nerv bog'lanishlarning qo'zg'alishidir. Idrok qilingan narsalar miyamizda o'rnashib qolishi, esimizda turishi tufayli, ular turli usulda esimizga tushishi mumkin. Esda saqlash deyilganda ilgari tug'ilgan taasurot, fikr, his-tuyg'u va ish harakatlarning jonlanib, takrorlanib turishga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishini tushunamiz. Ana shunday moyillikning hosil bo'lishi va mustahkamlanib qolishi nerv sistemasining plastiklik deb ataluvchi alohida xususiyatga ega bo'lishi bilan bog'liq. Shuning uchun ham nerv sistemasi ilgari bo'lib o'tgan tassurotlarni takrorlashga tayyor turadi. Unutish-ilgarilari esga olib qolingan narsalarning ongimizdan tamomila yo'qolishi, ya'ni uni esda tutishga batamom qarama-qarshi jarayon deb tushunamiz. Bu xato fikrdir. Esdan chiqarish xotirani ko'pgina keraksiz detallardan holi qilish va eslab qolinganini umumlashtirish, shu orqali esa uning saqlanib qolishiga yordam beradi. Esdan chiqarishning o'ziga xos xususiyati uning bir tekisda bo'lmasligidir. Esdan chiqarishning oldini olish uchun u materialni shunday, biroq o'z vaqtida takrorlash kifoyadir, chunki esdan chiqarilgan narsani qayta tiklash uchun anchagina mehnat talab qilinadi. Xotiraning mexanizmlari haqidagi fiziologik nazariyalar I.P.Pavlovning oliy nerv faoliyati qonuniyatlari haqidagi ta'limotining eng muhim qoidalari bilan chambarchas bog'liqdir. Muvaqqat shartli bog'lanishlarning hosil bo'lishi haqidagi ta'limot-bu sub'yektning individual tajribasi tarkib topishi mexanizmlari haqidagi ta'limot, ya'ni aslida «fiziologik darajada esda olib qolish» nazariyasidir. Xotira kishi hayoti va faoliyatining barcha jabhalarida ishtirok etishi sababli uning namoyon bo'lishi shakllari ham benihoya rang- barangdir. Xotiraning turlarga bo'linishi, eng avvalo, esda olib qolish va 221 yana qayta eyaga tushirish jarayonlari o'rin olgan faoliyatning aynan o'ziga xos xususiyatlar bilan bog'liq bo'lishi kerak. Bu xotiraning u yoki bu turi kishida uning psixik tuzilishiga xos xususiyat sifatida gavdalangan hollar uchun ham to'g'ridir. Muayyan psixik xususiyat faoliyatda gavdalanmasidan oldin unda shakllanadi. Xotira ta'riflarining esda olib qolish va qayta esga tushirish jarayonlari sodir bo'ladigan faoliyatning xususiyatlariga bog'liqligi xotiraning har xil turlarini ajratish uchun umumiy asos bo'lib xizmat qiladi. Bunda xotiraning ayrim turlari uchta asosiy mezonga muvofiq tarzda bo'linadi: 1) faoliyatda ko'proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga qarab xotira harakat, emosional, obrazli va so'z- mantiqli turlariga bo'linadi; 2) faoliyatning maqsadlari xususiyatlariga ko'ra ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira turlariga bo'linadi 3) materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko'ra (uning faoliyatdagi roli va tutgan o'rniga bog'liq ravishda) qisqa muddatli, uzoq muddatli xotira turlariga bo'linadi. Harakat xotirasi-turli xildagi ish harakatlari va ularning sistemasini esda olib qolish, esda saqlash va yana qayta esga tushirishdan iboratdir. Emosional xotira-his-tuyg'uga xos xotiradir. His-tuyg'ular hamisha bizga ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotgani, bizning tevarak-atrofdagi olamga munosabatimiz qanday yo'lga qo'yilganligi haqida xabar berib turadi. Shuning uchun ham hissiy xotira har bir kishining hayoti va faoliyatida juda muhim ahamiyatga egadir. Obraz xotirasi tasavvurlarni, tabiat va hayot manzaralarini, shuningdek, tovushlarni, hidlarni, ta'mlarni esda olib qolishdan iborat xotira hisoblanadi. U ko'rish, eshitish, hid bilish, ta'm bilishga oid xotiradir. Bizning o'y-fikrlarimiz so'z-mantiq xotiraning mazmunini tashkil etadi. O'y-fikrlar nutqsiz mavjud bo'la olmaydi, shuning uchun ham ularga oid xotira ham shunchaki mantiqiy deb emas, balki so'z- mantiq xotira deb ataladi. O'y-fikrlar turli xildagi til shakllarida mujassamlashgan bo'lishi mumkinligi vajidan ularning aks ettirilishi materialning yo faqat asosiy mohiyatini yetkazishga, yoxud uning aynan so'z bilan ifoda etilishiga qaratilgan bo'lishi mumkin. Biron narsani esda olib qolish yoki eslash uchun maxsus maqsad bo'lmagan holda esda olib qolish va yana qayta esga tushirish ixtiyorsiz xotira deb ataladi. Oldimizga bironta maqsad qo'yib esda olib qolganimizda ixtiyoriy xotira haqida gap boradi. 222 Har kimning o'ziga xos xotira xususiyatlari bor. Xar kimning xotirasidagi farq xotiraning kuchida ifodalanadi. Ma'lumki, xotirasi kuchli va xotirasi zaif odamlar bor. Xotiraning kuchli-kuchsiz bo'lishi esda olib qolish va esdan chiqarish tezlik darajasiga qarab belgilanadi. Tez esga olib sekin, bora-bora unutish kuchli xotiraning xarakterli xususiyati bo'lsa, sekin esda olib qolish va tez esdan chiqarib qo'yish kusiz xotira belgilaridandir. Hayol yoki fantaziya tafakkur kabi yuksak bilish jarayonlari qatoriga kirib, kishining o’ziga xos insoniy xarakterga ega bo’lgan faoliyatlariga namoyon bo’ladi. Mehnatning tayyor natijasini hayolga keltirmay turib ishga kirishib bo’lmaydi. Fantaziya yordami bilan kutilayotgan natijani tasavvur qilish-inson mehnatining hayvonlar instinktiv faoliyatidan tub farqidir. Istalgan mehnat jarayoni zarur tarzda hayolni o’z ichiga qamrab oladi. Hayol inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo’lib mehnatning oxirgi va oraliq mahsulotlarida o’z ifodasini topadi, shuningdek muammoli vaziyat noaniqliq ko’rsatgan hollarda xulq-atvor programmasini tuzishni ta’minlaydi. Shuning bilan birga hayol faol faoliyatni programmalashtiruvchi emas, balki uning o’rnini almashtiruvchi timsollar hosil qilish vositasi sifatida yuzaga chiqadi. Hayolning psixik jarayon sifatida birinchi va muhim vazifasi shundan iboratki, u mehnatni boshlamasdan oldin uning natijasini tasavvur qilish imkoniyatini beradi. Hayol mehnatning faqat so’nggi natijasinigina emas, balki mehnatning oralik mahsulotlarini tasavvur qilish imkonini beradi. Hayol tafakkur bilan mahkam bog’langandir. Hayol ham tafakkur singari kelajakni oldindan ko’rish imkoniyatini beradi. Hayol tafakkur singari muammoli vaziyatda, ya’ni masala yechishning yangi usullarini qidirib topishda yuzaga keladi. Tafakkur singari, hayol shaxsning extiyojlariga asoslanadi. Extiyojlarni qondirishning real jarayonidan oldin extiyojlarni qondirishning soxta, hayoliy jarayoni sodir bo’ladi, ya’ni bu extiyojlarning qondirilishi mumkin bo’lgan vaziyatni jonli, yorqin tasavvur qilish mumkin. Hayol jarayonlarida amalga oshiriladigan voqelikni oldindan aks ettirish yorqin tasavvurlar tarzida va konkret-obraz shaklida sodir bo’ladi. Shuning bilan bir paytda tafakkur jarayonlarida oldindan aks ettirish olamni umumlashtirib, vositali tarzda bilish imkonini beruvchi tushunchalar bilan ishlashda sodir bo’ladi. 223 Hayolning qimmati shunday iboratki, u hatto tafakkur uchun kerak bo’lgan to’la va zarur bilimlar bo’lmagan joyda ham biror qarorga kelish hamda muammoli vaziyatdan chiqish imkonini beradi. Fantaziya tafakkurning qandaydir bosqichlaridan «sakrab o’tish» va har holda so’nggi natijani tasavvur qilish imkonini beradi. Ammo muammoni yechish yo’lining kuchsiz tomoni ham xuddi mana shundadir. Masala yechishning fantaziya tomonidan belgilangan yo’li ko’pincha yetarli darajada aniq va qat’iy bo’lmaydi. Biroq muhitda yetarli bo’lmagan ma’lumotlar bilan yashash va harakat qilish zarurati kishida hayol apparatining paydo bo’lishiga olib keldi. Vaholanki, atrofimizni o’rab olgan olamda o’rganilmagan sohalar hamisha qolar ekan, bu hayol apparati hamma vaqt foydali bo’ladi. Hayol o’zining faolligi bilan xarakterlanadi. Shuning bilan birga hayol apparati faqat atrofdagi olamni o’zgartirishga qaratilgan shaxs ijodiy faoliyatining sharti sifatida foydalanilishi mumkin va foydalaniladi. Ayrim hollarda odam o’ziga hal qilib bo’lmaydigandek ko’rinadigan masalalardan, turmushning og’ir sharoitlaridan, o’z xatolarining ta’kibidan va shu kabilardan yashirinish uchun real tasavvurlardan uzoq bo’lgan fantastika olamiga vaqtincha kirib ketadi. Bu yerda fantaziya hayotda gavdalanmaydigan obrazlarni yaratadi, amalga oshmaydigan va ko’pincha amalga oshirib bo’lmaydigan ish- harakat programmalarini belgilaydi. Hayolning bunday formasi passiv hayol deb ataladi. Kishi passiv hayolni oldindan o’ylab yuzaga keltirishi mumkin: jo’rttaga yuzaga keltirilgan iroda bilan bog’liq bo’lmagan, lekin hayotda gavdalantirishga qaratilgan hayolning mana shunday obrazlari shirin hayol deb ataladi. Qandaydir quvonchli, ёqimli, qiziqarli narsalara haqida shirin hayol surish hamma odamlarga xosdir. Mana shunday shirin hayollarda fantaziya mahsulotlari bilan ehtiyojlar o’rtasidagi aloqa yengil namoyon bo’ladi. Ammo inson hayoliy jarayonlarida shirin hayol kechirish hollari ko’proq bo’lsa, bu shaxsning passivligidan dalolat beruvchi nuqson hisoblanadi. Passiv hayol o’ylab qo’yilmagan tarzda ham yuzaga kelishi mumkin. Bu asosan ong faoliyatining, ikkinchi signal sistemasining susayishida, kishining vaqtincha harakatsizlik holatida, uyqusirash holatida, uyquda (tush ko’rishda), ongning kasallikka uchrab buzilishida (gallyusinasiyada) va shu kabilarda sodir bo’ladi. 224 Agar passiv hayolni oldindan o’ylab va o’ylamasdan qilingan turlariga bo’lish mumkin bo’lsa, aktiv hayolni ijodiy va qayta tiklovchi hayol turlariga bo’lish mumkin bo’ladi. O’z asosida tasviriga muvofiq keladigan obrazlar sistemasini yaratuvchi hayol qayta tiklovchi hayol deb ataladi. Xoh darslarni, xoh badiiy adabiyotni o’qishda, geogrofik kartani va tarixiy tasvirlarni o’rganishda hayol yordami bilan bu kitoblarda, xaritalar va hikoyalarda aks ettirilgan narsalarni qayta tiklashga to’g’ri keladi. Ijodiy hayol kayta tiklovchi hayoldan farq qilgan holda, original va qimmatli moddiy mahsulotlarda amalga oshiriladigan yangi obrazlarning yaratilishini taqozo qiladi. Mehnatda paydo bo’lgan ijodiy hayol ehtiyojlarini qondirish yo’lini izlashda yaqqol tasavvurlar bilan aktiv va maqsadga muvofiq ish tutadigan texnik, badiiy va istalgan boshqa ijodiyotning ajralmas tomoni bo’lib qoladi. Inson shaxsining qimmati ko’p jihatdan uning strukturasida hayolning qaysi turi ustunligiga bog’liqdir. Agar o’smirlar va yoshlarda konkret faoliyatlarda amalga oshiriladigan ijodiy hayollari passiv, quruq hayolparastlikdan ustunlik qilsa, bu shaxsning taraqqiyot darajasi yuksakroq ekanligidan dalolat beradi. Hayol jarayonlari idrok, xotira va tafakkur jarayonlari kabi analitik-sintetik xarakterga ega. Hayolning mohiyati tasavvurlarni qayta tuzish jarayonidan va o’zimizdagi mavjud obrazlar asosida yangi obrazlar yaratishdan iboratdir. Hayol, fantaziya real voqelikni yangi, kutilmagan hamda odatdan o’zgacha qo’shilish va bog’lanishlarda aks ettirishdan iboratdir. Insonning bilish jarayonlarida xayol yoki fantaziya katta ahamiyatga ega. Xayol sеzgi, idrok, tafakkur jarayonlari bilan uzviy bog`liq bo`lib, borliqni yangi bo`yoqlarda, o`z xohishi, istagi, tasavvuri shaqlida aks ettirishidir. Ko`rgan, eshitgan, qisqasi o`z tajribasidan o`tkazgan narsa hodisalarni ko`z oldiga kеltirish - qayta tiklovchi, o`z istagi xohishi asosida yangi obrazlar yaratib tasavvur qilish - ijodiy xayol shaqlida bo`ladi. Ijodiy xayol - fantaziya dеb ham aytiladi. (Shoir, yozuvchi, ixtirochi - konstruktor uchun zarur sifatlar). Ijodiy xayol ijodkor-ixtirochi uchun, yozuvchi yoki rassom uchun juda zarurdir. Ijodkor o`z boshidan kеchirgani, bilgani doirasidan vaqt va fazo jihatidan ilgarilab kеtadi. Xayoliy yoki yangi obraz yaratishning bir nеcha usullari bor: 225 1) agglyu-tinatsiya - еlimlash, bir nеcha obrazdan yangi obraz yaratish - masalan - suv parisi, kеntavr, uchar ot - pеgas va hokazo fantastik obrazlarni yaratish. 2) gipеrbolizatsiya - bo`rttirish yoki kichraytirish (Gullivеr sarguzashtlarini eslang). 3) qayd etish-narsa va hodisalarning eng muhim bеlgilariga diqqatni jalb qilish (O`rtoqlik hazili, sharj). Bulardan tashqari tipiklashtirish, orzu xayol (uchar gilam - samolyot), qayd etish, tipiklashtirish shaqlida ham bo`ladi. Bolalar o`yini ham, konstruktor tasavvuri ham ijodiy xayol, lеkin mazmuni va opеratsiyalari bir-biridan farq qiladi. T A F A K K U R T a ya n ch s o’ z v a i b o r a l a r : Tafakkur, nuqt, logika, tafakkur psixologiyasi, uning turlari. Tafafkkur operasiyasi, analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, mavhumlashtirish, klassifikasiyalash, sistemalashtirish. Kishining butun hayoti uning oldiga hamisha jiddiy va kechiktirib bo’lmaydigan vazifalar va muammolarni qo’yadi. Bunday muammolarning, qiyinchiliklarning, tasodiflarning yuzaga kelishi atrofimizdagi voqelikda hali juda ko’p noma’lum, tushunib bo’lmaydigan, kutilmagan, yashirin narsalar borligidan dalolat beradi. Demak, olamni chuqurroq o’rganib, unda odamlar va narsalarning tobora yangi-yangi jarayonlarini, xususiyatlarini va o’zaro munosabatlarini ochish lozim. Tafakkur shuning uchun ham zarurki, hayot va faoliyat davomida har bir individ narsalarning qandaydir yangi, ilgari ma’lum bo’lmagan xususiyatlariga duch keladi. O’tmishdagi bilimlarimizning kamligi bilinib qoladi. Koinot cheksiz bo’lganidek, uni bilish jarayoni ham cheksizdir. Tafakkur hamisha hali bilib olinmagan, yangilikning ana shunday cheksiz chuqur jihatlariga qaratilgan bo’ladi. Tafakkur-jiddiy ravishda yangilikni qidirish va ochishga bog’liq, aloqador psixik jarayondir, uning tahlili va sintezi jarayonida voqelikni bavosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir. Tafakkur amaliy 226 faoliyat asosida hissiy bilishlardan paydo bo’ladi va hissiy bilish chegarasidan ancha tashqariga chiqib ketadi. Tafakkur-bu predmet va hodisalarning umumiy xususiyatlarini aks ettirish, ular o’rtasidagi qonuniy aloqalar hamda munosabatlarni topish jarayonidir. Boshqacha qilib aytganda, tafakkur-bu borliqni umumlashtirilgan holda va bevosita aks ettirishdir. Tafakkur-inson aqliy faoliyatining yuksak shaklidir. Istalgan ixtiyoriy faoliyat, u xoh o’quv, xoh ishlab chiqarish faoliyati bo’lsin, uning natijalarini oldindan ko’rishni albatta talab qiladi. Biroq oldindan ko’rish uchun dalillarni umumlashtirish va shu umumlashmalar asosida xuddi shunga o’xshash boshqa dalillarga ham tadbiq etish mumkin bo’lgan xulosalar chiqarish kerak bo’ladi. Bu ikkiyoqlama yondashish yakkadan umumiyga, umumiydan yakkaga-tafakkur orqali amalga oshiriladi. Voqelik tafakkurda idrok va tasavvurlardagiga qaraganda chuqurroq va to’laroq aks etadi. Narsa vahodisalar o’rtasidagi eng muhim bog’lanishlar va munosabatlar tafakkur yordami bilan ochiladi. Binobarin, tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq (to’g’ri), to’liq, chuqur va umumlashtirib aks ettirishga (bilishga), insonning tag’in ham oqilona amaliy faoliyat bilan shug’ullanishiga imkon beradi. Bilish faoliya sezish va idrok qilishdan boshlanadi va keyin tafakkurga o’tib ketishi mumkin. Biroq istagan tafakkur, hatto eng rivojlangan tafakkur ham hamisha hissiy bilish bilan, ya’ni sezgi, idrok va tasavvurlar bilan bog’langan bo’ladi. Tafakkur faoliyati o’zining butun «materialini» faqat bitta manbadan, ya’ni hissiy bilishdan oladi. Tafakkur sezgilar va idrok qilish jarayonlari orqali tashqi olam bilan bevosita bog’lanadi hamda shu tariqa olamni aks ettiradi. Bu aks ettirishning to’g’riligi (adekvatligi) amaliy faoliyat orqli tabiat va jamiyatni amaliy o’zgartirish jarayonida uzluksiz tekshirilib turiladi. Bosh miya po’stining biron bir sohasi emas, balki bosh miyaning butun po’sti bajarayotgan faoliyat tafakkurning nerv-fiziologik negizidir. Analizatorlarning miyaga borib tutashgan uchlari o’rtasida vujudga keladigan murakkab va 227 muvaqqat bog’lanishlar tafakkur qilish uchun birinchi galda ahamiyatga ega. Tafakkurni yo’naltirib turadigan asosiy nerv- fiziologik negiz shunday yo’l ko’rsatib turuvchi refleksdirki, bu refleks tafakkur qilish jarayonlarida katta rol o’ynaydi. Tafakkur qilish jarayoni biror psixik elementlarning shunchaki bir-biri bilan almashinishi tarzida voqe bo’lmasdan, balki alohida aqliy operasiyalar-biz idrok qilayotgan yoki tasavvur qilayotgan narsalar ustida, umumiylashgan va amalda tushunchalarga ega bo’lgan ob’yektlar ustida aqliy harakatlar qilish tarzida voqe bo’ladi. Taqqoslash, analish va sintez, abstraksiya va umumiylashtirish, konkretlashtirish, klassifikasiya (tasnif) va sistema (tizim)ga solish aqliy operasiyalarning asosiy turlaridir. Download 39.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling