O‘zbekiston respublikasixalq ta’limi vaziri
Download 172.49 Kb.
|
163-KPI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ustama
Tuman (shahar) metodistlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlari yuklatilgan metodistga ushbu baholash mezoni bo‘yicha belgilangan ustamadan tashqari bazaviy tarif stavkasiga moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har oylik kamida 10 foiz ustama haq belgilanadi. Metodistlarning bazaviy tarif stavkalariga Jamg‘arma hisobidan har oylik ustamalar moliyaviy yil uchun o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha belgilanadi. Shuningdek, baholash mezonida erishilishi belgilangan ko‘rsatkich 100 foizdan yuqori (rejadan ortiq) bajarilsa, belgilangan eng yuqori ustama foizi belgilanadi. Ishga qabul qilingan metodistlarning ishga qabul qilingan davrdan boshlab olti oy o‘tgach ushbu mezonlar asosida ustama haqi belgilanadi. Shuningdek, o‘tgan yilgi ko‘rsatkich uchun belgilanadigan ustamalarni metodistlarga belgilash uchun metodistlar ushbu ko‘rsatkichga erishilgan muddatda ish faoliyatini olib borgan bo‘lishi shart. Baholash mezoniga tushuntirish xati “Umumta‘lim maktablari o‘qituvchilari orasida ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti), matematika, kimyo va biologiya fanlarini bilish darajasi to‘g‘risida sertifikat sinovlariga jalb qilish” mezoni. Bunda, ushbu mezonga muvofiq: 11 fanlarini bilish darajasi to‘g‘risida sertifikat sinovlariga metodist faoliyat yuritayotgan tuman (shahar)dagi, sinovlar o‘tkazilayotgan fanlar bo‘yicha jami o‘qituvchilarga nisbatan, 5 foizgacha o‘qituvchilar jalb qilinsa, metodistning oylik maoshiga 5 foiz ustama haq belgilanadi. fanlarini bilish darajasi to‘g‘risida sertifikat sinovlariga metodist faoliyat yuritayotgan tuman (shahar)dagi, sinovlar o‘tkazilayotgan fanlar bo‘yicha jami o‘qituvchilarga nisbatan, 5 foiz va undan ko‘p ammo 15 foizdan kam o‘qituvchilar jalb qilinsa, metodistning oylik maoshiga 10 foiz ustama haq belgilanadi. fanlarini bilish darajasi to‘g‘risida sertifikat sinovlariga metodist faoliyat yuritayotgan tuman (shahar)dagi, sinovlar o‘tkazilayotgan fanlar bo‘yicha jami o‘qituvchilarga nisbatan, 20 foiz va undan ko‘p o‘qituvchilar jalb qilinsa, metodistning oylik maoshiga 20 foiz ustama haq belgilanadi. Ushbu mezon bo‘yicha metodistlar har olti oyda bir marotaba baholanadi va baholar asosida keyingi olti oylik davr uchun ustamalar belgilanadi. Mazkur mezon bo‘yicha eng ko‘pi bilan 20% miqdorida ustamalar belgilanadi yoki ko‘rsatkichlarga muvofiq kelmasa 0 ball bilan baholanib ushbu mezon uchun ustama haq belgilanmaydi. “Umumta’lim maktablaridagi o‘qituvchilar orasida oliy toifali o‘qituvchilarning ulushi” mezoni. Bunda ushbu mezonga muvofiq: metodist faoliyat yuritayotgan tuman (shahar)dagi j ami pedagoglarga nisbatan oliy malaka toifali o‘qituvchilar ulushi 2 foizgacha bo‘lsa, metodistning oylik maoshiga 5 foiz ustama haq belgilanadi; metodist faoliyat yuritayotgan tuman (shahar)dagi j ami pedagoglarga nisbatan oliy malaka toifali o‘qituvchilar ulushi 2 foizdan 3 foizgacha bo‘lsa, metodistning oylik maoshiga 10 foiz ustama haq belgilanadi; metodist faoliyat yuritayotgan tuman (shahar)dagi j ami pedagoglarga nisbatan oliy malaka toifali o‘qituvchilar ulushi 3 foiz va undan yuqori bo‘lsa, metodistning oylik maoshiga 15 foiz ustama haq belgilanadi. Pedagoglarga malaka toifalari berish har yili 31-dekabrgacha to‘liq yakunlanishini inobatga olgan holda, ushbu mezon bo‘yicha metodistlar har yili dekabr oyigacha bo‘lgan holat bo‘yicha baholanadi va baholar asosida keying bir yillik davr uchun ustamalar belgilanadi. Mazkur mezon bo‘yicha eng ko‘pi bilan 15% miqdorida ustamalar belgilanadi yoki ko‘rsatkichlarga muvofiq kelmasa 0 ball bilan baholanib ushbu mezon uchun ustama xaq belgilanmaydi. “Umumta’lim maktablaridagi o‘qituvchilar orasida birinchi toifali o‘qituvchilarning ulushi” mezoni. Bunda, ushbu mezonga muvofiq: metodist faoliyat yuritayotgan tuman (shahar)dagi jami pedagoglarga nisbatan birinchi malaka toifali o‘qituvchilar ulushi 10 foizgacha bo‘lsa, metodistning oylik maoshiga 5 foiz ustama haq belgilanadi; metodist faoliyat yuritayotgan tuman (shahar)dagi jami pedagoglarga nisbatan birinchi malaka toifali o‘qituvchilar ulushi 10 foizdan 15 foizgacha bo‘lsa, metodistning oylik maoshiga 10 foiz ustama haq belgilanadi; metodist faoliyat yuritayotgan tuman (shahar)dagi jami pedagoglarga nisbatan birinchi malaka toifali o‘qituvchilar ulushi 15 foiz va undan yuqori bo‘lsa, metodistning oylik maoshiga 15 foiz ustama haq belgilanadi. Pedagoglarga malaka toifalari berish har yili 31-dekabrgacha to‘liq yakunlanishini inobatga olgan holda, ushbu mezon bo‘yicha metodistlar har yili dekabr oyigacha bo‘lgan holat bo‘yicha baholanadi va baholar asosida keyingi bir yillik davr uchun ustamalar belgilanadi. Mazkur mezon bo‘yicha eng ko‘pi bilan 15% miqdorida ustamalar belgilanadi yoki ko‘rsatkichlarga muvofiq kelmasa 0 ball bilan baholanib ushbu mezon uchun ustama haq belgilanmaydi. “Umumta’lim maktablaridagi o‘qituvchilar orasida birinchi toifali o‘qituvchilarning ulushi” mezoni. Bunda, ushbu mezonga muvofiq: metodist faoliyat yuritayotgan tuman (shahar)dagi jami pedagoglarga nisbatan ikkinchi malaka toifali o‘qituvchilar ulushi 35 foizgacha bo‘lsa, metodistning oylik maoshiga 5 foiz ustama haq belgilanadi; metodist faoliyat yuritayotgan tuman (shahar)dagi jami pedagoglarga nisbatan ikkinchi malaka toifali o‘qituvchilar ulushi 35 foiz va undan yuqori bo‘lsa, metodistning oylik maoshiga 10 foiz ustama haq belgilanadi. Pedagoglarga malaka toifalari berish har yili 31-dekabrgacha to‘liq yakunlanishini inobatga olgan holda, ushbu mezon bo‘yicha metodistlar har yili dekabr oyigacha bo‘lgan holat bo‘yicha baholanadi va baholar asosida keyingi bir yillik davr uchun ustamalar belgilanadi. Mazkur mezon bo‘yicha eng ko‘pi bilan 10% miqdorida ustamalar belgilanadi yoki ko‘rsatkichlarga muvofiq kelmasa 0 ball bilan baholanib ushbu mezon uchun ustama haq belgilanmaydi. “Pedagog xodimlarning attestatsiyaga jalb qilinishi yoki ustama olinishida baholash mezonlariga ishchi guruh tomonidan amal qilinishi bo‘yicha amaliy yordam berish” mezoni. Bunda, ushbu mezonga muvofiq: har oyda ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha kamida 2 marotaba seminarlar yoki chiqishlar (onlayn savol javoblar yoki muammolarni yechishga qaratilgan boshqa tashkiliy ishlar) qilgan bo‘lsa va fuqarolar tomonidan xodimning lavozim vazifalari bo‘yicha vazirlik darajasida ko‘pi bilan bitta asosli shikoyat arizalari tushgan bo‘sa, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha metodistning oylik maoshiga ustama haq belgilanmaydi; har oyda ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha kamida 2 marotaba seminarlar yoki chiqishlar (onlayn savol javoblar yoki muammolarni yechishga qaratilgan boshqa tashkiliy ishlar) qilgan bo‘lsa va fuqarolar tomonidan hodimning lavozim vazifalari bo‘yicha viloyat darajasida ikkita va undan ko‘p asosli shikoyat arizalari tushgan bo‘sa, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha metodistning oylik maoshiga 10% ustama haq belgilanadi. Bunda, bittagacha bo‘lgan shikoyat arizasi tushgan taqdirda xodimning ustamasi qisqartirilmaydi; har oyda ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha kamida 2 marotaba seminarlar yoki chiqishlar (onlayn savol javoblar yoki muammolarni yechishga qaratilgan boshqa tashkiliy ishlar) qilgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha metodistning oylik maoshiga 10% ustama haq belgilanadi. Ushbu mezon bo‘yicha metodistlar har chorak (4 oy) oyda bir marotaba baholanadi va baholar asosida keying chorak davr uchun ustamalar belgilanadi. Mazkur mezon bo‘yicha eng ko‘pi bilan 20% miqdorida ustamalar belgilanadi yoki ko‘rsatkichlarga muvofiq kelmasa 0 ball bilan baholanib ushbu mezon uchun ustama haq belgilanmaydi. Ko‘rsatkichlar qisman bajarilgan taqdirda belgilanishi kerak bo‘lgan ustama haq belgilanmydi. Qabul qilingan shikoyat arizalari asosli bodmasa (o‘z tasdiqini topmasa yoki qaytarib olish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilinsa yoki tushuntirish ishlaridan so‘ng tushunish qabul qilinsa) mazkur mezonga kiritilmaydi “Joriy o‘quv yilida avvalgi yilidagi attestatsiya natijalariga ko‘ra o‘sish bo‘lgan bodsa” mezoni. Bunda, ushbu mezonga muvofiq: pedagog kadrlar attestatsiyasi natijalariga ko‘ra oliy, birinchi, ikkinchi malaka toifalari bo‘yicha oldingi yilgiga nisbatan umumiy o‘sish ko‘rsatkichi 2 foizgacha tashkil etsa, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha metodistning oylik maoshiga 10% ustama haq belgilanadi; pedagog kadrlar attestatsiyasi natijalariga ko‘ra oliy, birinchi, ikkinchi malaka toifalari bo‘yicha oldingi yilgiga nisbatan umumiy o‘sish ko‘rsatkichi 2 foizdan 4 foizgacha tashkil etsa, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha metodistning oylik maoshiga 15% ustama haq belgilanadi; pedagog kadrlar attestatsiyasi natijalariga ko‘ra oliy, birinchi, ikkinchi malaka toifalari bo‘yicha oldingi yilgiga nisbatan umumiy o‘sish ko‘rsatkichi 4 foiz va undan yuqorini tashkil etsa, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha metodistning oylik maoshiga 20% ustama haq belgilanadi. Pedagoglarga malaka toifalari berish har yili 31-dekabrgacha to‘liq yakunlanishini inobatga olgan holda, ushbu mezon bo‘yicha metodistlar har yili dekabr oyigacha bo‘lgan holat bo‘yicha baholanadi va baholar asosida keying bir yillik davr uchun ustamalar belgilanadi. Mazkur mezon bo‘yicha eng ko‘pi bilan 20% miqdorida ustamalar belgilanadi yoki ko‘rsatkichlarga muvofiq kelmasa 0 ball bilan baholanib ushbu mezon uchun ustama haq belgilanmaydi. Darslik bo‘yicha metodist Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining Darslik bo‘yicha metodistining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarida tuzilgan komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Komissiya: har oyda Darslik bo‘yicha metodisti faoliyatini baholaydi va navbatdagi oy uchun yuqori natija ko‘rsatgan mutaxassislarga bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama miqdorini belgilaydi; yil davomida Darslik bo‘yicha metodisti faoliyatining samaradorligini tahlil qiladi va tavsiya etilgan shaklda baholaydi; Darslik bo‘yicha metodisti faoliyati natijalari asosida bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustamalarni saqlab qolish, o‘zgartirish kiritish yoki bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Komissiyaning ustama haq belgilash bo‘yicha majlislari har oyda o‘tkaziladi. Bunda, Komissiya a’zosining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa, komissiyaning mazkur a’zosi masalani ko‘rib chiqish jarayonida ishtirok etmaydi hamda bu haqida majlis bayonnomasida qayd etiladi. Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan darsliklar bo‘yicha tuman metodistlariga quyidagi mezonlar asosida ustama haq miqdorlarini belgilash tavsiya etiladi:
Download 172.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling