O’zbekiston Respubliksi Oliy va o’rta maxsusu ta’lim vazirligi Denov tadbirkorlik va pedogogika insituti
Download 127.38 Kb.
|
15-mustaqil ish
Ijara haqi. Renta munosabatlarini qarab chiqishda rentaning ijara haqidan farqiga e`tiborni qaratish zarur. Agar ijaraga beriladigan erga oldin bino, inshoot va shu kabilar qurish bilan bog`liq ravishda kapital qwyilmalar sarflanmagan bwlsa, ijara haqi va renta miqdoran bir-biriga to’g`ri keladi. Aks holda, ijara haqi er rentasidan farq qiladi. Ijara haqi quyidagilardan iborat: yerdan foydalanganlik uchun twlanadigan renta (R), yerga ilgari sarflangan kapital uchun foiz (r); yer uchastkasini ijaraga bergunga qadar unga qurilgan inshootlar amortizatsiyasi (A). Buni formulada quyidagicha yozish mumkin:
. Ma`lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida yer faqat ijara ob`ekti emas, balki oldi-sotdi ob`ekti hamdir. Yer ham qishloq xwjalik mahsuloti etishtirish va tabiiy qazilma boyliklar qazib olish uchun, har xil ishlab chiqarish va turar joy binolari, inshootlar, yo’llar, aeroportlar va hokazolar qurish uchun sotib olinadi. Bunday hollarda yerning narxi nima bilan belgilanadi? Ma`lumki, er inson mehnati mahsuli bo’lmaganligi sababli almashuv qiymatga ega emas. Shunga ko’ra yer va boshqa tabiat in`omlari narxini nazariyotchilar irratsional narxlar deb ataydilar. Yer uchastkasining egasi uni sotishda olingan summani bankka qo’yilganda, u keltiradigan foiz tarzidagi daromad shu yer uchastkasidan olinadigan rentadan kam bo’lmagan taqdirdagina erni sotadi. Boshqacha aytganda, erning narxi kapitallashtirilgan rentadir. Boshqa sharoitlar teng bwlganda, xuddi shu renta miqdori er narxini belgilaydi. U renta miqdoriga twg`ri va ssuda foizi normasiga teskari mutanosibdir. Shunday qilib, erning narxi ikkita miqdorga bog`liq: 1) yer uchastkasi egasi olish mumkin bo’lgan er rentasi miqdoriga; 2) ssuda foizi me`yoriga. Shundan kelib chiqib erning narxi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: , bunda B - yer narxi; R- renta; r¢ - ssuda foizi me`yori. Faraz qilaylik, R – 15 ming doll., r¢ = 5%. Bunda B=300 ming doll. ga teng bo’ladi. Yer egasi faqat shu narxdagina erini sotishi mumkin, chunki muayyan miqdordagi kapitaldan olinadigan foiz unga bankdan shunday yillik daromad olishga imkon beradiki, u rentaga teng bo’ladi. Renta miqdori wsib, ssuda foizi me`yori pasayib borgan taqdirda erning narxi o’sib boradi. Yer narxini aniqlashning bu usuli nazariy ahamiyatga ega. Amalda er narxi, yer uchastkasiga talab va taklifga ta`sir ko’rsatuvchi ko’plab omillarga bog`liq. Jumladan, erga narxning o’sishini, unga noqishloq xo’jalik maqsadlari uchun foydalanishga talabning o’sishi bilan tushuntirilishi mumkin. Inflyatsiya va asosan giperinflyatsiya sharoitida erga talab keskin o’sadi, bu tegishli ravishda yer narxining o’sishiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan g`arb mamlakatlarida XX asr boshlaridan to hozirgi davrgacha er narxi barqaror o’sish tamoyiliga ega bo’lib, faqat ayrim davrlardagina uning pasayishi kuzatiladi. Download 127.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling