O’zbekiston Respubliksi Oliy va o’rta maxsusu ta’lim vazirligi Denov tadbirkorlik va pedogogika insituti


Download 127.38 Kb.
bet4/5
Sana24.01.2023
Hajmi127.38 Kb.
#1117731
1   2   3   4   5
Bog'liq
15-mustaqil ish

Absolyut renta. Ko’pgina mamlakatlarda qishloq xwjaligida yerga xususiy mulkchilik monopoliyasi sharoitida ishlab chiqarishni olib borishga to’g`ri keladi. Hozirgi davrda yerga xususiy mulkchilik bilan bir qatorda boshqa mulkchilik shakllari ham mavjud. Masalan, davlat mulki, vaqf (machit, cherkov) mulklari va boshkalar. Erga bwlgan bu mulkchilik (shaklidan qat`iy nazar) monopoliyasi ijaraga beriladigan barcha er uchastkalarining sifatidan qat`i nazar, yer egalariga absolyut renta deb atalgan rentani olishga imkon beradi. Absolyut yer rentasining vujudga kelish mexanizmi shundan iboratki, yer egalari erni ishlovchi ijarachilarga foydalanish uchun ijaraga beradilar va ulardan yerdan foydalanganlik uchun twlovlar oladilar. Mana shu to’lov absolyut yer rentasi deb nom olgan. Agar er ijaraga berilganda shu erda turli xil inshootlar, binolar qurilgan bo’lsa, ularning ijara haqi alohida hisoblanadi.
Agrar munosabatlarni tadkiq qilar ekanmiz, nima uchun qishloq xwjalik ishchilari yaratadigan qwshimcha mahsulot jamiyat miqyosida barcha mulk egalari o’rtasida qayta taqsimlanmaydi, nima uchun qishloq xwjaligida olinadigan daromad o’rtacha foydadan yuqori bwladi, bu hodisaning sababi nimada, degan savollar tug`iladi.
Tarixan shunday bo’lib qolganki, ko’pgina mamlakatlarda, jumladan, bizning mamlakatimizda ham qishloq xo’jaligidagi kapitalning uzviy tuzilishi sanoatdagidan pastdir. Shuning uchun qishloq xwjaligida yaratilgan tovarlarning bozor qiymati ishlab chiqarishning ijtimoiy qiymatidagi qo’shimcha qiymat miqdori jamiyatda shakllangan wrtacha foydadan ortiq bwladi. Qishloq xo’jalik tovarlarining bozor narxi bilan ijtimoiy ishlab chiqarish narxi wrtasidagi bu tafovut absolyut renta manbai bo’lib xizmat qiladi.
Renta nazariyasiga ko’ra qishloq xo’jaligida rentaning yana bir turi – monopol renta ham mavjud bo’ladi. Boshqa erda uchramaydigan tabiiy sharoit, ba`zan noyob qishloq xo’jalik mahsulotlari (uzumning alohida navlarini, tsitrus ekinlari, choy va hokazolarning alohida turlarini) yetishtirish uchun imkoniyat yaratadi. Bunday tovarlar monopol narxlar bilan sotiladi. Bu narxlarning yuqori bwlishi kwpincha to’lovga qodir talab darajasi bilan belgilanadi. Natijada monopol narxlar shunday mahsulotlarning individual qiymatidan ancha yuqori bo’lishi mumkin. Bu esa er egalariga monopol renta olish imkonini beradi.
Faqat qishloq xwjaligida emas, balki undirma sanoatda ham qwshimcha daromad olinadi. Ma`lumki foydali qazilma konlari joylashuvi (va demak, ishlash uchun qulayligi) jihatidan ham, konning boyligi jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Xuddi qishloq xo’jaligidagi singari, o’rta va yaxshi konlardagi korxonalar qo’shimcha foyda oladilar, u ham differentsial rentaga aylanadi.

Download 127.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling