O’zbekiston Respubliksi Oliy va o’rta maxsusu ta’lim vazirligi Denov tadbirkorlik va pedogogika insituti
Download 127.38 Kb.
|
15-mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-jadval. Differentsial renta II ning hosil bwlishi
Differentsial renta II xo’jaliklarni intensiv rivojlantirish, erning hosildorligini oshirish uchun qo’shimcha xarajatlar sarf qilish bilan, ya`ni qishloq xo’jaligida kimyoviy o’g`itlarni qo’llash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish darajasi bilan bog`liq holda vujudga keladi.
Qaysi xo’jalik o’z ishlab chiqarishida bu ko’rsatilgan omillardan yaxshi foydalansa va xo’jaligini intensiv rivojlantirsa, differentsial renta II ni olishga muvaffaq bo’ladi. Chunki yaxshi rivojlanmagan xo’jalikka nisbatan yaxshi rivojlangan xo’jaliklar yer hosildorligini, chorva mollari mahsuldorligini oshirishga yerishganliklari uchun mahsulot birligiga sarf qilingan xarajatlarni bir muncha kamaytirishga erishadi. Natijada bu xo’jaliklar differentsial renta II ni olishga muvaffaq bo’ladilar. Bu holni biz 2-jadvalda shartli misol bilan ifoda etishimiz mumkin. 2-jadval. Differentsial renta II ning hosil bwlishi
Misolimizda yerga qwshimcha 5 ming so’m xarajat sarf qilish natijasida qo’shimcha 20 tonna mahsulot olinsa, u holda birinchi yilga nisbatan qo’shimcha olingan 10 ming so’m daromad differentsial renta II ni tashkil etadi. Bunday intensiv rivojlanish qishloq xo’jaligida bosh ywl hisoblanadi. Chunki qishloq xo’jaligini intensiv rivojlantirmay turib, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni va jamiyat a`zolarining o’sib borayotgan talabini qondirib bwlmaydi. Shuning uchun ham qishloq xwjaligini intensiv rivojlantirish uchun alohida e`tibor beriladi. Buning uchun qishloq xwjaligini agrar sanoatlashgan asosga qwyish, intensivlashtirishni tezkorlik bilan amalga oshirish choralari ishlab chiqilishi lozim. Keyingi yillarda mamlakatimizda qishloq xwjaligini zamonaviy texnika bilan ta`minlash uzluksiz o’smoqda. Qishloq xo’jaligini intensiv rivojlantirish uchun ajratilgan kapital mablag`lar ham ortmoqda. Agar hamma joyda bir xil xarajat qilinib, hosildorlik bir xil oshirilsa edi, unda hech qanday differentsial renta II bwlmas edi. Gap shundaki, er birligiga sarflangan bu xarajatlar turli hududlarda, viloyatlarda, xwjaliklarda turlicha darajada amalga oshiriladi va natijada hosildorlik ham turlicha oshadi. Qishloq xwjalik mahsulotining ijtimoiy qiymati bilan yakka tartibdagi qiymati wrtasidagi tafovut xwjaliklarning ustama qwshimcha mahsulotini tashkil qiladi. Ya`ni, differentsial rentaning har ikkala kwrinishini (renta I va II ni) wz ichiga oladi. Differentsial renta I va II mahsulotning muayyan ijtimoiy qiymati bilan zona bwyicha yoki alohida olingan xwjalikning individual qiymati wrtasidagi tafovutdan iboratdir. Shu hosil qilingan daromadlar davlat bilan xwjalik wrtasida taqsimlanadi. Uning davlatga twlangan qismi er rentasi kwrinishini oladi (chunki bizda er davlat mulkidir). Differentsial renta I yuqorida qarab chiqilganidek, xwjaliklar faoliyatiga bog`liq bwlmagan tabiiy sharoitda vujudga keladi. Shuning uchun ham qishloq xwjaligi korxonalarida hosil qilingan bu xildagi renta er davlat mulki bwlganligi sababli uning manfaatlari ywlida sarf qilish maqsadida markazlashtirilgan davlat fondida (byudjetida) twplanishi lozim. Bu hol wrta va yaxshi unumli erda joylashgan xwjaliklarning iqtisodiy manfaatdorligiga putur etkazmaydi, balki boshqa xwjaliklar bilan ozmi-kwpmi iqtisodiy sharoitlarni tenglashtirish imkonini beradi. Markazlashtirilgan davlat fondiga wtgan bu mablag`larni (differentsial renta I), mamlakat oldida turgan vazifalarni amalga oshirish, xususan yangi erlarni wzlashtirish va er unumdorligini oshirish bilan bog`liq bwlgan tadbirlarni amalga oshirish uchun yo’naltirilishi mumkin bwladi. Differentsial renta II erdan intensiv foydalanish, ya`ni uning iqtisodiy unumdorligini oshirish bilan bog`liq bo’lganligi uchun ham bu xildagi rentaning asosiy qismi xo’jaliklarning o’zlarida qoldirilishi mantiqan to’g`ri bo’ladi. Uning faqat bir qismi davlat fondiga jalb qilinishi mumkin, chunki davlat ma`lum darajada bu rentaning hosil qilishda o’z hissasini qo’shadi, ya`ni transport yo’llari qurilishiga, irrigatsiya-melioratsiya ishlarini amalga oshirish uchun kapital mablag`lar sarflaydi, texnikalar, kadrlar, mineral o’g`itlar etkazib beradi. Shunday qilib, differentsial renta I va differentsial renta II yer egasi bo’lgan davlat bilan xwjalik yurituvchi sub`ektlar o’rtasida taqsimlanadi. Download 127.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling