O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti


Download 3.87 Mb.
bet140/202
Sana28.10.2023
Hajmi3.87 Mb.
#1728891
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   202
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi

Qo’rboshi

Qo’rboshi

Курбаши

1) O‘rta asrlarda O‘rta Osiyo va ayrim Sharq davlatlarida dastlab shaharni tunda qo‘riqlovchi shaxs, keyinchalik zindon boshlig‘i, qurol-yarog‘ ombori mutasaddisi.
2) XX asr 20-yillarida O‘rta Osiyoda sho‘rolar hokimiyati o‘rnatilganidan so‘ng ularga qarshi milliy davlatchilikni tiklash yo‘lida kurash olib borgan milliy-ozodlik harakati (istiqlolchilik) rahbarlari.

Turkiston
komiteti

Turkestan
Committee

Туркестанский
комитет

Rossiya Muvaqqat hukumati tomonidan Turkiston o‘lkasini boshqarish uchun tuzilgan qo‘mita. 1917-yil 7-apreldan 1917-yil 1-noyabrgacha faoliyat ko‘rsatgan. Uning tarkibiga yevropaliklardan tashqari mahalliy turkiy xalqlarning vakillari Muhammadjon Tinishboyev, Alixon Bukeyxonov, Sadri Maqsudiy, Abdul Aziz Davletshinlar ham kirgan. Turkiston Komiteti rahbarlari: N.N. Shepkin (1917-yil 7-aprel – 25-may), V.P.Nalivkin (1917-yil 6-iyun – 14- sentabr).

Glossariy 11-12-mavzular bo’yicha

Adliya

Justice

Юстиция

(arabcha “adolat” so‘zidan)–sud muassasalarining butun majmui. Ularning odil sudlovni amalga oshirish faoliyati. Sud idorasi ma‘nosida ham ishlatiladi.

Alternativ
saylov

Alternative
elections

Альтернативные
выборы

(lotincha “alternare” – ikkitasidan bittasi) – muqobil saylov. Bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikkita nomzoddan birini tanlash. Alternativlik hamma sohalarda: siyosatda, iqtisodiyotda, ijtimoiy hayotda va boshqa tarmoqlarda uchraydi. Bir - birini inkor qiluvchi ikki imkoniyatdan birining tanlanishi, ayniqsa, siyosatda yaqqol ko‘rinadi. O‘zbekiston izchil demokratik qoidalarga sodiq davlat sifatida o‘z siyosiy hayotida barcha saylovlar alternativ (muqobillik) asosida o‘tishi tarafdori ekanini namoyish qilmoqda. Bu demokratik qoida, birinchi marotaba, keng miqyosda 1991-yil 29-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining Prezidentini saylash jarayonida amalga oshirildi.


Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling