Атрибуты
Государственной
Независимости
|
Davlatning timsollari, uning suverenitetini, milliy va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, siyosiy-ijtimoiy tuzumini, asosiy mafkura va hayot qoidalarini ko‘rsatuvchi belgilar, eng muhim xujjatlar, g‘oyalar va tushunchalar. Davlat ramzi – bu mustaqil davlat belgisidir. U davlat bayrog‘i, davlat gerbi, davlat gimni, mamlakat milliy valyutasi va mamlakat konstitutsiyasida o‘z ifodasini topadi.
|
De-fakto
|
De facto
|
Де-факто
|
(lotincha “de facto” –amalda mavjud bo‘lish) – xalqaro huquqda yangi vujudga kelgan davlat yoki hukumatning jahon hamjamiyati va davlatlar tomonidan tan olinishi. Bu davlat va hukumat e’tirofining rasmiy lekin tugallanmagan, to‘liq bo‘lmagan tan olinishi. Bunday e‟tirof odatda vaqtincha xususiyatga ega bo‘lib, de-yure – e’tirof etishga o‘tish bosqichidir.
|
Denonsatsiya
|
Denunciation
|
Денонсация
|
Biror bir xalqaro shartnoma yokidavlatlararo kelishuvdan bir tomonlama voz kechish yoki uni mamlakat hududida bekor qilish.
|
Fuqarolik
|
Citizenship
|
Гражданство
|
shaxsning biron bir davlatga huquqiy va qonuniy jihatdan tegishliligini bildiruvchi atama. Muayyan davlatning fuqarosi ushbu davlat hududidagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan o‘z huquqiy mavqeiga ko‘ra farq qiladi. Chunonchi, Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan siyosiy huquq va erkinliklar faqat fuqarolarga tegishlidir. Demak, shaxs fuqarolikni olishi bilan ushbu davlatdagi siyosiy huquqlardan foydalanish imkoniyatini ham oladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |