Taraqqiyot
Banki (Otb)
|
The Asian
Development
Bank (ADB)
|
Азиатский
банк
развития
(АБР)
|
xalqaro mintaqaviy bank. 1966-yilda tashkil topgan. Bank faoliyatining asosiy maqsadi Osiyodagi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotiga va tashqi savdosiga ko‘maklashish, moliyaviy,texnik va iqtisodiy yordam ko‘rsatish. Bankning har qanday qarorini hamkorlikda 1/3ovozga ega bo‘lgan AQSH va Yaponiya to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Shtab kvartirasi Manila (Filippin) shahrida. O‘zbekiston ushbu bankka 1995-yil 31-avgustda a‘zo bo‘lgan.
|
Terrorizm
|
Terrorism
|
Терроризм
|
(lotincha “terror” – qo‘rquv, dahshat) – o‘z maqsadiga erishish yo‘lida ayrim shaxs, shaxslar guruhi yoki g‘ayridemokratik hukumat organlari tomonidan muholifat kuchlarini jismoniy kuchishlatib qo‘rqitishdan tortib ommaviy jismonan yo‘q qilinishigacha boradigan umuminsoniy o‘ta xavfli jinoyat turi.
|
Xalqaro
tiklanish va
taraqqiyot
banki
|
IBRD
|
Международ
ный банк
реконструкц
ии и
развития
|
1944-yil Bretton-Vuds (AQSH)da o‘tkazilganXalqaromoliya-valyuta konferensiyasida tashkil etilgan. BMTning ixtisoslashtirilgan tashkiloti statusiga ega.Shtab kvartirasi Vashington shahrida joylashgan. Asosiy maqsadi o‘ziga a‘zo bo‘lgan davlatlar iqtisodiyotini tiklash va rivojlantirishga yordam berish, chet el xususiy sarmoyadorlarini qo‘llab- quvvatlash va sanoatni rivojlantirish uchun qarzlar berishdan iborat. O‘zbekiston ushbu tashkilotga 1992-yil 21-oktabrda a‘zo bo‘lgan.
|
|