O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti


Download 3.87 Mb.
bet149/202
Sana28.10.2023
Hajmi3.87 Mb.
#1728891
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   202
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi

Interpol

Interpol

Интерпол

Xalqaro Jinoyat politsiyasining qisqartirilgan nomi. Interpolni tashkil etishto‘g‘risidagiqaror1914-yil Monakodagi konferensiyada qabul qilingan edi. Uning birinchi Nizomi 1923-yilda qabul qilinadi. 1972-yildan boshlab Interpolning shtab kvartirasi etib Parij belgilangan. Interpol jinoyatchilarni ro‘yxatga olish xalqaro markazidir.Shuningdek, jinoyatlarning (gumon qilinuvchilarni, bedarak yo‘qolgan shaxslarni, o‘g‘irlangan mollarni) Xalqaro qidiruvini muvofiqlashtiradi. Hozirgi vaqtda 150 dan ortiq davlat Interpolning a‘zosidir. O‘zbekiston 1994- yil 15- avgustda ushbu tashkilotga a‘zo bo‘lgan.

Magate

Magath

Магате

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik. BMT qaroriga muvofiq Nyu- Yorkdagi xalqaro konferensiyada atom energiyasidan foydalanish bo‘yicha hukumatlararo tashkilot sifatida tashkil etilgan. Uning Nizomi 1957-yilda kuchga kirgan. qarorgohi Venada. Uning maqsadi atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish yo‘lida xalqaro hamkorlikni amalga oshirishdan iborat. O‘zbekiston ushbu tashkilotga 1994-yil 15-yanvarda a‘zo bo‘lib kirgan.

MDH

CIS

СНГ

(Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi) – Sobiq SSSRning uchta respublikasi RSFSR, Belorus va Ukraina vakillari tomonidan 1991-yil 8-dekabrda Minskda imzolangan MDHni tashkil etish haqidagi Bitim, 1991-yil 21-dekabrda (Boltiq bo‘yi respublikalari va Gruziyadan tashqari) 11 sobiq Ittifoq Respublikalari tomonidan Olma-otada imzolangan Bitimga Protokol va shu sanada imzolangan Olma-ota Deklaratsiyasi asosida tashkil qilingan davlatlararo ixtiyoriy birlashma. 1993-yil 22-yanvarda Minskda qabul qilingan MDH Ustavi O‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan o‘sha yili ratifikatsiya qilingan. Ustavga binoan Hamdo‘stlik maqsadi xalqlar va davlatlarning siyosat, iqtisodiyot, madaniyat, ta‘lim, sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, fan, texnika, savdo-sotiq, insonparvarlik va boshqa sohalardagi teng huquqli va o‘zaro foydali hamkorlik qilish, keng axborot almashinuvi, o‘zaro majburiyatlarni vijdonan va so‘zsiz bajarishdan iborat.

Osiyo

Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling