BMT
|
UN
|
ООН
|
(BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI) (inglizcha United Nations Organization, UNO, UN) – davlatlar va xalqlar orasida hamkorlikni rivojlantirish, hamda tinchlik va xavfsizlikni ta‘minlash bo‘yicha davlatlarning xalqaro uyushmasi. 1945- yilda tuzilgan. BMT Nizomi tinch hayot kechirish xartiyasi (yorlig‘i), xalqaro huquqning umume‟tirof etilgan kodeksi sifatida tan olingan. BMT Nizomining 1-moddasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar ilgari surilgan: xalqaro tinchlik va havfsizlikni ta‘minlash, tinchlikka xavf va bosqinchilikka qarshi samarali jamoaviy chora-tadbirlarni amalga oshirish, tinchlikning buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xalqaro baxslarni tinch yo‘l bilan, adolat tamoyillariga amal qilgan holda hal etilishiga harakat qilish. BMTga a‘zolik har bir tinchliksevar va BMT Nizomida aks ettirilgan majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishga qodir davlatlar uchun ochiq. 1992-yil 2-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning teng huquqli a‘zosi sifatida bir ovozdan BMTga qabul qilindi.
|
Brifing
|
Briefing
|
Брифинг
|
Xalqaro kelishuvlar, uchrashuvlar va konferensiyalar jarayonida tadbir qay tarzda o‘tayotganligi, tomonlarning pozitsiya va qarashlarini ommaga yetkazish uchun hukumat rahbari, uning yordamchisi yoki matbuot xizmatchisi bilan ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar bilan o‘tkazadigan qisqa uchrashuvi.
|
Davlatlararo
tuzilmalar
|
Intergovernm
ental
organizations
|
Межгосударс
твенные
организации
|
davlatlararo doimiy va vaqtincha faoliyat ko‘rsatuvchi, davlatlararo shartnomalar asosida tashkil etiluvchi ittifoqlar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stlik va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi mumkin, lekin bu davlatning, xalqning oliy manfaatlariga, uning farovonligi va xavfsizligiga qarshi bo‘lmasligi shart.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |