deklaratsiyasi”
|
"Declaration
of
Independence "
|
«Декларация
Независимости»
|
O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi haqidagi dastlabki huquqiy hujjatlardan biri. “Mustaqillik deklaratsiyasi” 1990-yil 20-iyunda O‘zbekiston Oliy Kengashining II sessiyasida qabul qilingan bo‘lib, 12 banddan iborat. Ushbu tarixiy xujjatda o‘zbek xalqining davlat qurilishi tarixi, tajribasi, har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi asosida davlat mustaqilligi ilk bor e’lon qilingan edi.
|
Prezident
|
The president
|
Президент
|
(lotincha “praesidens” – oldinda o‘tiruvchi) – Respublika boshqaruvi shaklidagi davlatlarda davlat va hukumat rahbari. Odatda Prezident ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i hisoblanib, davlatning ichki va tashqi siyosatida xalq nomidan ish yuritadi.Jahonda birinchi prezidentlik boshqaruvi XVIII asr oxirida AQSHda joriy qilingan. O‘zbekistonda prezidentlik boshqaruvi ilk bor 1990-yil 24- martda joriy qilingan bo‘lib, O‘zbekiston Prezidenti butun O‘zbekiston fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov prinsipi asosida saylanadi.
|
Ratifikatsiya
|
Ratification
|
Ратификация
|
(lotincha “ratus” – yechimini topgan,tasdiqlangan,“facere”– qilmoq,bajarmoq) – davlat rahbari (prezident) yoki hukumati (vazir, ministr) tomonidan imzolangan biror bir xalqaro shartnoma yoki konvensiyaning mamlakat oliy davlat organi (parlamenti) tomonidan tasdiqlanishi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |