Миллий
компания
|
noishlab chiqarish tarmoqlari,ijodiy jamoalar, transport, aloqa va telekommunikatsiya korxonalari va tashkilotlarining paychilik yoki aksionerlik asosidagi ko’ngilli birlashmasi. O‘zbekistonda tashkil etilgan va faoliyat yuritayotgan Milliy kompaniyalar jumlasiga „ O’zbekturizm “, “Milliy kompaniyasi “, ,,O‘zbekiston havo yo’llari“ Milliy avia kompaniyasi va boshqalar kiradi.
|
YUNESKO
|
UNESCO
|
ЮНЕСКО
|
BMTning ta‘lim, ilm-fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti.YUNESKO Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, 44 ta davlat vakillari Londonda konferensiyaga yig‘ilib, YUNESKOni ta‘sis etuvchi Ustavni qabul qilishlari bilan tashkil topgan. YUNESKOning amaliy faoliyati 1946-yil 20- noyabrdan boshlangan. Qarorgohi Parijda. Tuzilish davrida 28 ta davlat a‘zo bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda unga 186 ta davlat a‘zo.O‘zbekiston Respublikasi 1993-yil 29-oktabrda ushbu tashkilotga a‘zo bo‘lgan. YUNESKOning maqsad va vazifalari: ta‘lim, ilm-fan va madaniyat sohasida xalqaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali tinchlik va xavfsizlikni ta‘minlashga hissa qo‘shish; qonunchilik va adolatlilikka hurmat, irqi, jinsi, tili va dinidagi tafovutdan qat‟iy nazar, inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilishni ta‘minlash. O‘zbekistonda YUNESKO bilan hamkorlikda Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning 1000 yillik, Mirzo Ulug‘bekning 600 yillik, Amir Temurning 660 yillik tantanalari, Toshkent shahrining 2200 yilligi, Buxoro, Xiva, Termiz shaharlarining 2500 yilligi, Samarqandning 2750 yilligi keng nishonlandi.
|
Valyuta
|
Currency
|
Валюта
|
(italyancha “valuta” – baho, narx) – muayyan mamlakatning ma’lum og‘irlikdagi oltin yoki kumushga nisbatan qo‘llaniladigan pul birligi. Tarixda valyutalarning oltin, kumush, mis, qog‘oz, xorijiy davlatlar pul birliklari kabi turlari ma’lum.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |