O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti
Download 3.87 Mb.
|
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi
Yer mulkchilik shakllari. Buxoro davlatida yer-suv mulkchiligining uch shakli mavjud edi:
1)davlat yerlari (bu amlok yerlar deb ham atalgan); 2) mulk yerlari (xususiy); 3) vaqf yerlari. Davlat yerlarining suvsiz dasht, to‘qayzor qismi ko‘chmanchi jamoalarga bo‘lib berilgan bo‘lib, ular bu yerlardan foydalanganliklari uchun davlatga xiroj to‘lar edilar. Bunday yerlar sotilmasdi va ayirboshlanmasdi. Davlat yerlarining boshqa hir qismi hukmron sulola a’zolariga, yirik davlat mansabdorlariga, lashkarboshilariga davlat oldidagi xizmatlari evaziga suyurg‘ol shaklida in’om etilgan edi. Suyurg‘ol olganlar u yerni boshqarish huquqini ham olganlar. Suyurg‘ol egasi davlat xazinasiga xiroj to‘lashi hamda oliy hukmdorning chaqirig‘iga ko‘ra, o‘z qo‘shini bilan harbiy yurishlarda ishtirok etishi lozim edi. XVI asrdan boshlab davlat yerlarini „tanho“ deb nom olgan shaklda in’om etish qaror topa borgan. Bunday in’omga sazovor ho‘lgan kishi yerga emas, mansabining darajasiga qarab shu yerdan olinadigan soliqning ma’lum qismiga egalik qilgan. XIX asrda ham amirlikda tanholarning soni tobora ortib borgan. Eng kichik tanho yeri 3-5 gektarni tashkil etgan. Davlat yerlarining yana bir qismi dehqonlarga ijaraga berilgan. Xazinaga eng ko‘p soliq ham ana shu yerlardan tushar edi. Xususiy yerlar (mulk)ning bir qismi xususiy shaxslarning yerlari bo‘lib, ularning bu yerlarga egalik qilishlari davlat xizmati bilan bog‘liq bo‘lmagan. Bunday yerlar, asosan, amirlikda asrlar osha yashab kelayotgan arablarga qarashli bo‘lgan. Bu yerlardan 1/10 qismi miqdorida o‘lpon to‘lanardi. Mulk yerlarining ikkinchi qismi (mulki hur yoki mulki hurri xoliC) davlat xizmati bilan bog‘liq bo‘lib, bunday yerlar urushlarda jasorat ko‘rsatgan yoki hukmdorning alohida topshiriqlarini bajarishda namuna ko‘rsatgan shaxslarga berish natijasida vujudga kelgan. Bunday yerga ega bo‘lgan shaxslarga maxsus yorliqlar berilgan hamda ular barcha soliqlardan ozod etilgan. Vaqf yerlari – bu masjid, mozor, xonaqoh, madrasa va maqbaralar uchun ajratilgan yerlar edi. Bunday yerlar musodara etilgan, davlat hamda yirik yer egalari tomonidan hadya etilgan yerlar hisobiga vujudga keltirilar edi. Masjid, madrasa, qabristonlarning asosiy sarf-xarajatlari, shuningdek, talabyu, mudarris hamda mutavallilarga beriladigan nafaqa va maoshlar vaqf yerlaridan olinadigan daromad hisobidan qoplanar edl. Yaqf mulkini mutavalli tasarruf etishi belgilab qo‘yilgan edi. Download 3.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling