«AVESTO» – o’rta fors tilidan «Apastak» yoki «Asos» deb tarjima qilinadi. O’rta Osiyoning ajralmas qismi hisoblangan Turonzamin hududlarida shakllangan qadimiy din-zardushtiylikning muqaddas kitobidir. Unda o’zbek, tojik, turkman, ozarbayjon, fors, afg’on va boshqa xalqlarning ibtidoiy va qadimiy axloqiy tasavvurlari, koinot va yerdagi dunyoning yaratilishi bilan bog’liq tushunchalar, afsona va rivoyatlar, falsafiy-axloqiy qarashlar o’z ifodasini topgan.
Ko’pchilik tarixchi olimlar Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblangan Avesto yaratilgan hududni Quyi Amudaryo havzalari – Xorazm bilan bog’laydilar. «Avesto»da zardushtiylarning muqaddas olovi – «azar-xurra» birinchi marta yoqilgan mamlakat, hamda Axuramazda Zardushtga namoyon etgan mamlakat sifatida «Aryonam vayjo» eslatiladiki, «Avesto»da keltirilgan geografik-iqlimiy sharoitlar ko’proq Xorazmga mos keladi. SHuningdek, «Avesto»da Axuramazda tomonidan yaratilgan 16 ta mamlakat ro’yxatida birinchi bo’lib «Aryonam-vayjo» (Xorazm) keltiriladi va «Go’zallikda u bilan dunyoda hech narsa tenglasha olmaydi» deyiladi. Keyin «Odamlarga va chorvaga boy Gava (Sug’d)», «Qudratli va muqaddas Mouru (Marg’iyona)», «Bayroqlari baland ko’tarilgan mamlakat Bahdi (Baqtriya)» ta’riflanadi.
|
BEHISTUN BITIKLARI – Shimoliy Eronda, Kirmonshoh shahri yaqinida, tog’ oralig’idan o’tgan qadimgi savdo yo’li yoqasidagi qoyaga ahmoniylar hukmdori Doro I (522-486) ning toshga qadimgi fors, elam va akkad tillarida yozdirgan zafarnomasi. Unda qadimgi Sharq va O’rta Osiyo xalqlari (xorazmliklar, baqtriyaliklar, marg’iyonaliklar, saklar) haqida ma’lumotlar keltirilgan.
|
O’zbekiston Fanlar Akademiyasining SHarqshunoslik universitetidagi qo’lyozmalar fondida 40 mingdan ortiq qo’lyozma nusxalari, 30 mingdan ortiq toshbosmalar kitoblar, 10 mingdan ortiq sharq tillarida yozilgan hujjatlar mavjud.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |