O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti


Download 3.87 Mb.
bet164/202
Sana28.10.2023
Hajmi3.87 Mb.
#1728891
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   202
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi

EVOLYUTSIYA (lot. «evalutio» - ochilish, yozilish, takomillashish) - tadrijiy rivojlanish degan ma’noni anglatib, tabiat, jamiyat va ruxiy-ma’naviy rivojlanish kontseptsiyalarini umumlashtirib ifoda etishga xizmat qiluvchi tushuncha. Evolyutsiya tushunchasi keng ma’noda rivojlanish tushunchasining sinonimi sifatida ishlatiladi.

Paleolit davri.


Ilk paleolit – 2,5 mln -100 ming yilliklar
O’rta paleolit - 100-40 ming yilliklar;
So’nggi paleolit- 40-12 ming yilliklar.
Mezolit – mil. avv. 12-7 ming yilliklar.
Neolit – mil. avv. 6-4 ming yilliklar.
Eneolit – mil. avv. 4 ming yillik oxiri-3 ming yillik boshi.
Bronza davri – mil. avv. 3-2 ming yilliklar.
Temir davri – mil. avv 1-ming yillik
IBTIDOIY TO’DA - eng qadimgi odamlarning o’lkan jamoasi bo’lib, insoniyat taraqqiyotining birinchi bosqichida odamlar to’da tarzida hayot kechirganlar. Ibtidoiy to’da davri odam paydo bo’lganidan to urug’chilik jamoasiga qadar, ya’ni 40-35 ming yillikkacha davom etgan.
PALEOLIT (yunoncha “paleos” - qadimgi, “litos” - tosh) - qadimgi tosh davri. Paleolit davri insoniyat tarixida eng uzoq davom etgan tarixiy davr bo’lib 2,5 mln. yildan 12 ming yillikkacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Paleolit davri o’z navbatida Ilk paleolit (2,5 mln.-100 mingginchi yilliklar), O’rta paleolit (100 –40 ming yilliklar) va So’ngi (yuqori) paleolit (40-12 ming yilliklar) bosqichlariga bo’linadi.
Paleolit davri shuningdek, shellь, ashelь, mustьe, orinьyak, solyutre va madlen kabi arxeologik bosqichlarga ham bo’linadi.Shell paleolit davrining ilk bosqichi bo’lib, bu davrda pitekantrop odam turi yashagan. Ashel-paleolit davrining ikkinchi bosqichi bo’lib, bu davrda asosan sinantrop odamlari yashashgan. Ashelь davrining oxiriga kelib yerda iqlim soviy boshlagan va muzlik davri boshlangan.
Muste-paleolit davrining o’rta bosqichi. 100-40 ming yilliklarga to’g’ri keladi. Bu davrda yer iqlimi ancha sovuq bo’lib, Neandertal turidagi odamlar keng tarqalgan.Orinyak, Madlen, Solyutre so’nggi paleolit davri madaniyati bosqichlari hisoblanadi.

Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling