-Ovchilik, termachilik
-Zarautsoy qoyatosh suratlari
|
-Hayvonlarni qo‘lga o‘rgatish
|
-Dastlabki uy chorvachiligi
|
-Mochay (Surxondaryo), Obishir (Farg’ona), Qo‘shilish (Toshkent)
|
MIKROLITLAR - mayda tosh qurollari. Mikrolit tosh kurollari (o’q yoy uchlari, mayda mehnat qurollari, bigizlar va h.k.) mezolit davrida paydo bo’lgan.
NEOLIT (yunoncha «neo» - yangi, «litos» - tosh ) - yangi tosh davri.6-4 ming yilliklarni o’z ichiga oladi. Neolit davriga kelib insoniyat dehqonchilik, chorvachilik, kulolchilik, to’qimachilik va boshqa hunarmandchilik sohalarini o’rgandi. Insoniyat tarixida ishlab chiqaruvchi xo’jalik tarixi boshlandi. Bu davrda O’rta Osiyoning janubiy mintaqalarida ilk dehqonchilik madaniyati (Joytun madaniyati), shimoliy mintaqalarida esa ovchi baliqchilar madaniyati (Kaltaminor) shakllandi.
Neolit davri
Mil. avv. 6-4 ming yilliklar
Ona urug’i (MATRIARXAT)ning gullab-yashnashi
Ovchilikdan chorvachilikka o‘tish
Termachilikdan ziroatchilik (dehqonchilik) ka o‘tish
O‘troq turmush tarziga o‘tish
Paxsa va loysuvoq uylar
Kulolchilik (Sopol idishlar yasash)
To‘quvchilik
Ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o‘tish
Joytun (Turkmaniston), Kaltaminor (Xorazm), Hisor (Tojikiston)madaniyatlari
JOYTUN MADANIYATI. Janubiy Turkmaniston hududidagi mil.avv. 6-5 ming yilliklarga oid madaniyat. Bu yerdan O‘rta Osiyodagi birinchi paxsa uylar qoldiqlari, sopol idishlar namunalari aniqlangan. Aholisi asosan dehqonchilik, chorvachilik va qisman ovchilik bilan shug’ullangan
Do'stlaringiz bilan baham: |