O’ZLASHTIRUVCHI XO’JALIK - tabiat in’om etgan narsalardan foydalanib hayot kechirish. Kishilarning eng qadimgi mashg’uloti bo’lgan termachilik va ovchilik o’zlashtiruvchi ho’jalik deb yuritiladi. O’zlashtiruvchi xo’jalik tarziodam paydo bo’lganidan to mezolit-neolit davriga qadar davom etgan.
ILK PALEOLIT
2,5 mln – 100 ming yilliklar
Ibtidoiy tosh qurollari (CHOPPERLAR)
Moddiy madaniyat
Avstralopitek, Zinjantrop, Pitekantrop, Sinantrop
Ibtidoiy to‘da davri
Kannibalizm (yovvoyilik) davri
Selungur, Ko‘lbuloq, manzilgohlari
O‘zlashtiruvchi xo‘jalik
CHOPPER - Ibtidoiy odamlarning tosh qurollari. Ular qo’pol daryo toshlari bo’lib, bir tomoni o’tkirlashtirilgan bo’ladi.
O’RTA PALEOLIT
100-40 ming yilliklar
Neandertal odami
Muzlik davrining boshlanishi
Diniy tasavvurlarning ilk kurtaklari
Ibtidoiy dafn tartiblari
Olovdan foydalanish
Teshiktosh, Xo‘jakent, Omonqo‘ton, Obirahmat yodgorligi
O‘zlashtiruvchi xo‘jalik
NEANDERTALЬ - joy nomi. Bu davr odamlarining suyak qoldiqlari birinchi marta (1856 yil) Germaniyanng Neandertalь vodiysidan topilgani uchun shu nom berilgan. Neandertalь odamlari bundan 100-40 ming yil avval yashashgan. Neandertalь odamiga tegishli suyak qoldiqlari O’zbekistondan (Surxondaryoning Teshiktosh g’oridan) ham topilgan.
So’nggi paleolit
40-12 ming yilliklar
Zamonaviy qiyofadagi odam (Kromanьon)
Urug’chilik jamoasi (Matriarxat)
Odam irqlari
Ancha takomillashgan mehnat qurollari
Sun’iy olov hosil qilish
Taqinchoqlar – munchoq, bilaguzuklar yasash
Uy-joylar qurilishi
Qoyatosh suratlari (Petrogliflar)
Diniy tasavvurlar (TOTEMIZM, FETISHIZM, ANIMIZM, MAGIYa)
Nutq madaniyati
O‘zlashtiruvchi xo‘jalik
K ROMANЬON - so’nggi (yuqori) paleolit davrida bundan 40-12 ming yil avval yashagan odam turi. Fanda kromanьon odamlari “Homo sapiens” aqlli odam yoki “Neontrop”-yangi odam deb ham yuritiladi. Dastlab Frantsiyaning Kromanьon degan joyidan topilganligi uchun shunday nom berilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |