O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti


Download 3.87 Mb.
bet173/202
Sana28.10.2023
Hajmi3.87 Mb.
#1728891
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   202
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi

FARG‘ONA – Ustrushona viloyatining shimoliy-sharqida, Sirdaryoning yuqori havzasida joylashgan tarixiy viloyat. Hozirgi Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Farg‘ona dastlab tarixchi Gerodotning «Tarix» asarida «parikaniylar yurti» nomi ostida eslab o‘tiladi. Farg‘ona so‘zi sug‘d manbalarida «Fraganik» shaklida yozilib, «tog‘lar orasidagi vodiy», «atrofi berk soylik» ma’nosini anglatadi. Xitoy manbalarida «Dayyuan, ya’ni Davan” deb yuritilgan. Dayyuan ham «tog‘lar orasidagi vodiy» ma’nosini beradi.
DAVAN DAVLATI. Farg‘ona vodiysida ilk davlatchilik izlari, mil.avv. I ming yillik boshlariga oid Chust madaniyati yodgorliklarida (Dalvarzin, Ashqoltepa) ko‘zga tashlanadi. Hozirgacha Farg‘ona vodiysida 80 dan ortiq Chust madaniyati yodgorliklari qayd etilgan. Chust madaniyatining so‘nggi bosqichida (mil.avv. VIII-VII asrlar) mayda shahar – davlatlar asosida davlat birlashmalari vujudga kelgan. Farg‘ona tarixiy hududida miloddan avvalgi III asrda Davan davlati tashkil topadi. Mil.avv. 136-128 yillarda Farg‘onaga kelgan Xitoy elchisi va sayyohi Chjan Syan «Davanda 70 dan ortiq katta va kichik shaharlar bor» deb yozgan. Davan podsholigida sug‘orma dexqonchilik, chorvachilik va xunarmanchilik rivojlangan. Ipak yo‘li ta’sirida shaharsozlik madaniyati ancha takomillashgan. Bu davlat savdogarlar va sayyohlarning sharqiy Sug‘diyona chegaralaridan to Tan (Xitoy) imperiyasigacha bo‘lgan yo‘li xavfsizligini ta’minlab turgan. Mil. avv. II asrda Davan davlatida 300 ming kishi yashagan. Poytaxti Ershi shahri (hazirgi Marhamat) bo‘lgan.Farg‘onaning «Samoviy» deb nom olgan nasldor otlari ko‘pchilikni qiziqtirgan. Mil.avv. 104-101 yillarda Xitoyning 60 ming kishilik qo‘shni Davanga bostirib kirganda davanliklar qang‘liklar yordamida xitoyliklarni xaydab, yuborib, o‘z mustaqilligini saqlab qolgan. II asrda Davan davlati barham topadi. Uning erlari Kushon podsholigiga qo‘shib olinadi.
QANG‘ DAVLATI, Qanhxa (qad. xitoy manbalarida Kangkiya, rus adabiyotida Kangyuy) – mil. avv. III asrdan milodiy V a. o‘rtalari qadar Sirdaryoning o‘rta havzasida mavjud bo‘lgan davlat. Ayrim adabiyotlarda ushbu davlat aholisi ham uning nomi bilan ataladi. Qang‘ davlati sharqda Farg‘ona (Davan, Dayyuan), shimoliy-sharqda Usun (Uysun) davlatlari, g‘arbda Sirdaryoning quyi oqimi b-n chegaradosh bo‘lgan. Xitoy manbalariga ko‘ra, Qang‘ davlatining janubiy hududiga hozirgi O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro, SHahrisabz va Kattaqo‘rg‘on tumanlari kirgan bo‘lib, uning chegarasi Amudaryoga borib taqaladi. Janubida Dayuechji (Kushon) davlati joylashgan. Kushon podsholigi tashkil topishi va uning hududi kengayishi munosabati b-n Qang‘ davlatining janubiy chegarasi o‘zgargan. Qang‘ davlatining qishki poytaxt shaharlari Bityan va Sushie bo‘lgan. Bityan Binkat shahri (boshqa manbalarga ko‘ra, Qanqa) o‘rnida, Sushie esa hozirgi Parkent tumanidagi So‘qoq (Sukeeke) nomli joyga to‘g‘ri keladi. Qang‘ davlatining qo‘shini 80-90 ming jangchini tashkil etgan. Qang‘ davlati hukmdori va Xun xoqonligi o‘rtasida qudachilik munosabatlari o‘rnatilgan. SHu tufayli xitoylar hunlar ustidan g‘olib chiqib, ularni o‘z joylaridan siqib chiqarganida, hun xoqoni o‘z avlodi b-n Qang‘ davlatiga ko‘chib kelgan. Qang‘ davlatining ko‘chmanchi aholisi chorvachilik, shaharlar va ularning atrofida yashagan o‘troq aholi esa dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq b-n shug‘ullangan. Mil. V asrning 2-yarmida Qang‘ davlati parchalanib, uning hududida SHosh (SHi), Samarqand (Kan), Maymurg‘, SHahrisabz (SHi), Kattaqo‘rg‘on (Xe), Usrushona (Sao) kabi kichik davlatlar tashkil topadi
KUSHON DAVLATI - milodimizning I-IV asrlarda O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, shimoliy-g‘arbiy Hindiston va shimoliy-sharqiy Eron hududlarida hukmronlik qilgan sulola. O‘zbek davlatchiligi tarixida Kushonlar davlati saltanat (imperiya) darajasiga ko‘tarilgan dastlabki davlat birlashmasidir. Kushon davlatiga jangovar xunn qabilalarining ta’qibi natijasida SHimoliy-sharqdan YUnon-Baqtriya davlatiga miloddan avvalgi 140-130 yillarda bostirib kirgan yuechji qabilalari asos solganlar. Sug‘diyona va Baqtriyaga kelib o‘rnashgan yuechjilar Hyumi, SHuanji, Guyshuan, Xise va Dumi kabi yirik, bir-biriga qarindosh xonadonlardan iborat ediki, ular o‘rtasida hokimiyat uchun kurashda Guyshuan xonadoni g‘olib chiqadi va Guyshuan (Kushon) podsholigiga asos solinadi. Kushon podsholarining shajarasi qabila sardori Geraydan boshlanadi. Uning vorisi Kudzulla Kadfiz (15-51) va Vima Kadfizlar davrida (51-78) kushon podsholari mustaqil davlat sifatida o‘z nomlarida mis, oltin va kumush tangalar zarb etishni boshlaydilar. Kanishka davrida (78-123) Hindistonning janubiy viloyatlari, Xorazm, CHoch, Farg‘ona va hatto G‘arbiy Xitoy ham Kushon davlati tarkibiga kiritiladi. Buddizm dini davlat diniga aylantiriladi.

Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling