O’zbekistonning janubi, janubi-sharkiy O’rta Osiyo (Surxondaryo, Qashqadaryo, qisman Zarafshon, Amudaryo yuqori oqimi, Afg’onistonning shimoli, Tojikistonning janubi)
Sangirtepa
Yangitepa
Chiroqchitepa
Yerrqo’rg’on (Qashqadaryo)
Vatanimiz hududidagi dastlabki davlat birlashmasi
Qadimgi Xorazm (mil.avv. VII-VI asrlar)
Amudaryo kuyi xavzasidan Turkmaniston janubiga kadar, shuningdek, O’rta Osiyoning markaziy tumanlari
Amirobod madaniyati
Kal’alikir
Kuzalikir
Jonbosqal’a
Ilk davlatlar axolisining mashgulotlari
Dexkonchilik va bogdorchilik
Chorvachilik
Savdo-sotiq
Hunarmandchilik :
kulochilik
metalsozlik
zargarlik
to’qimachilik
mo’ynado’zlik
yog’ochga ishlov berish
AHAMONIYLAR miloddan avvalgi 558-330 yillarda Eronda hukmronlik qilgan sulola. Sulolaga miloddan avvalgi VIII asr oxiri VII asr boshlarida Elam yaqinidagi Parsua hududida yashagan qadimgi fors qabilalarining boshlig‘i, oriylarning nufuzli sardoridan biri Ahmon asos solgan. Kir II (mil. avv. 556-530) va Doro I ( mil. avv. 522-486) lar davrida O‘rta Osiyo hududlari Ahamoniylar sulolasiga bo‘ysundirilgan.
Ahmoniylar sulolasining vakillari: Kir II (558-530), Kambiz (530-522), Doro I (522-486), Kserks I (486-465), Artakserks I (465-424), ), Kserks II (424) Sogdian (424-423), Doro II (423-404), Artakserks II (404-358), Artakserks III (358-338), Arses (338-336), Doro III (336-330).
Iskandar davlati-mil.avv. 336-323 y.
Makedoniya davlati-mil.avv.323-167 y.
Ptalomeylar davlati (Misr)-mil.avv. 323-30 y.
Salavkiylar davlati (Suriya)-mil.avv. 312-250
Parfiya davlati-mil.avv.270-mil.224 y.
YUnon-Baqtriya davlati-mil.avv. 250-130 y.
Kushon saltanati-mil. I - IV a.
Xorazm davlati-mil.avv.IV - mil. IV a.
Qang‘ davlati-mil.avv. III – mil. III a.
Farg‘ona (Davan) davlati-mil.avv. III - mil. II a.
ZULQARNAYN - Aleksandr (Iskandar) Makedonskiy (356-323) ning laqabi. SHarq tarixiy qo‘lyozmalarida u Iskandar Zulqarnayn ya’ni «SHohli Iskandar» deb ham yuritiladi. Iskandarning shohi bo‘lganligi haqida g‘arb va sharqda turli xil rivoyatlar yursada, uning bunday laqab olishiga tarixiy shart-sharoitlardan kelib chiqib xulosa chiqarish maqsadga muvofiq. Ma’lumki, Iskandar Misrni bosib olganda (Mil. avv. 332 yil) Misr koxinlari uni Quyosh xudosi Amonning o‘g‘li deb e’lon qilganlar. Misrliklar an’analariga ko‘ra xudo Amonsiymosi ikki shohli bosh kiyimida tasvirlangan. Iskandarga Misr aslzodalari ikki shohli oltin bosh kiyim kiydirgan bo‘lishlari mumkin. SHuningdek, o‘sha miloddan avvalgi IV asrlarda tarixchi va geograf olimlarga ma’lum bo‘lgan joylarning katta qismini Iskandar zabt etishga muvaffaq bo‘ladi. SHarq tarixchilarining taxminida u Mag‘rib (G‘arb)dan to Mashriq (SHarq)qacha bo‘lgan yurtlarning hukmdori bo‘lgan. Iskandar quyosh xudosi Amonning o‘g‘li va Mag‘ribdan Mashriqqacha bo‘lgan xalqlarning shohanshohi sifatida davlat tantanalariga, qabul marosimlariga qadimgi podsholarning toj kiyimi sifatida ikki shohli oltin diadema(bosh kiyimi) kiyib chiqqan. Bu podsholarga xos rasmiy odat hukmdorning aslida shohi borligini emas, balki uning ulug‘vorligini, ikki olam hukmdori ekanligini namoyish etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |