O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti


Download 3.87 Mb.
bet172/202
Sana28.10.2023
Hajmi3.87 Mb.
#1728891
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   202
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi

SALAVKIYLAR DAVLATI - YAqin va O‘rta SHarqdagi yirik davlat. Aleksandr Makedonskiy tuzgan imperiyasi (mil.avv.334-323 y.) tanazzulga uchragach, miloddan avvalgi 312 yilda uning lashkarboshilaridan biri Salavk I Nikator tomonidan asos solinadi. Salavk Midiya, Suza, Fors, keyinchalik Baqtriya va Sug‘diyonani qayta bo‘ysundirib Aleksandr Makedonskiy saltanatining Misr va Makedoniyadan tashqari asosiy hududlarini birlashtirishga erishadi. Mil.avv. 293 yilda Salavk sharqiy viloyatlarga o‘g‘li Antioxni noib qilib tayinlaydi. Antiox mashhur so‘g‘d vatanparvar qo‘zg‘olonchisi Spitamenning qizi Apama bilan Salavk nikohidan tug‘ilgan farzand edi. Mil.avv. 280 yilda Selevk vafot etgach Spitamenning nevarasi Antiox butun saltanatning oliy hukmdoriga aylanadi. Mil. avv. III. asr o‘rtalarida O‘rta Osiyo va Eronda Salavkiylardan mustaqil YUnon-Baqtriya va Parfiya davlatlari tashkil topadi.
YUNON-BAQTRIYA PODSHOLIGI – O‘rta Osiyoning janubiy hududlarida miloddan avvalgi 250 - 140-130 yillar orasida mavjud bo‘lgan davlat. Salavkiylar davlatida aka-uka Salevk II va Antiox Gierakslar o‘rtasida hokimiyat uchun o‘zaro kurash avjiga chiqqan bir paytda Salavkiylarning Baqtriyadagi noibi Diodot o‘zini mustaqil deb e’lon qiladi. YAngi tashkil topgan davlatning hududi Baqtriya erlariga to‘g‘ri kelsada, uni boshqargan podsholar asli kelib chiqishi yunonlardan edi. SHuning uchun ham bu davlatning nomi YUnon-Baqtriya deb yuritiladi. YUnon-Baqtriya davlati tarixan qisqa vaqt 120 yil yashagan bo‘lsada, o‘zbek davlatchiligi tarixida muhim o‘rin qoldirdi. Hunarmandchilik, savdo-sotiq, shaharsozlik madaniyati gullab yashnadi. Mahalliy va yunon madaniyatining qo‘shilib ketishidan o‘ziga xos ellinizm madaniyati tarkib topdi.Yunon-Baqtriya davlatiga miloddan avvalgi 140-130 yillarda shimoliy-sharqdan O‘rta Osiyo hududlariga kirib kelgan ko‘chmanchi yuechji qabilalari barham beradi. Yunon-Baqtriya davlati hukmdorlari: Diodot I (250-...), Diodot II (...-230), Evtidem (230-199), Demetriy (199-167), Evkratid (167-155), Gliokol (155-140).

Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling