O’zbekiston respulikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi farg’ona davlat universiteti tarix fakulteti


Download 3.87 Mb.
bet169/202
Sana28.10.2023
Hajmi3.87 Mb.
#1728891
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   202
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi o\'quv uslubiy majmuasi

B IRINCHI YIRIK MEHNAT TAQSIMOTI - dehqonchilikning chorvachilikdan ajralib chiqishi. Mezolit-Neolit davridan boshlab insoniyat ishlab chiqaruvchi xo’jalik shakliga o’ta boshlaydi. Eneolit va bronza davriga kelib mehnat qurollarining takomillashuvi va yerga ishlov berish usullarining mukammallashuvi natijasida ortiqcha maxsulot paydo bo’ladi. Bu hol birinchi ijtimoiy mehnat taqsimotini yuzaga keltirdi.
BRONZA DAVRI (jez davri) - mehnat qurollari asosan mis bilan qalayning aralashmasi-bronzadan yasalgani uchun shunday nom berilgan. Miloddan avvalgi 3-2 ming yilliklarni o’z ichiga oladi. Bronza davriga kelib hozirgi O’zbekiston hududlarida sun’iy sug’orishga asoslangan sug’orma dehqonchilik madaniyati shakllandi. Bu davrgi oid moddiy madaniyat yodgorliklari Zamonbobo (Buxoro viloyatining Qorako’l tumanida), Sarazm (Tojikistonning Panjikent viloyati), Sopollitepa, Jarqo’ton (Surxondaryo viloyatining SHerobod tumanida) va Tozabog’yob, Qavat-3, Amirobod (Xorazm-Qoraqalpog’iston) manzilgohlaridan topib o’rganilgan.


BRONZA DAVRI
Mil.avv. 3-2 ming yilliklar
Bronza (Jez)dan foydalanish
Mehnat qurollarining mukammallashishi
Dehqonchilikdan xunarmandchilikning ajralib chiqishi
Ortiqcha maxsulot
Patriarxat munosabatlariga o‘tilishi (MONOGAMIYa)
G’ildirkaning kashf etilishi
Kulolchilik charxining paydo bo‘lishi
O‘rta Osiyoda ilk shaharsozlik madaniyati Sopollitepa, Jarqo‘ton (Surxondaryo)
Tozabog’yob, Amirobod (Xorazm), Zamonbobo (Buxoro), CHust (Farg’ona) yodgorliklari

IKKINCHI YIRIK MEHNAT TAQSIMOTI -dehqonchilik va chorvachilikdan xunarmandchilikning ajralib chiqishi. Bu jarayon asosan eneolit-bronza davrlarida sodir bo’lgan.


PATRIARXAT - ota urug’i davri. Urug’chilik tuzumining matriarxatdan keyingi ikkinchi bosqichi. Ibtidoiy jamoa davrida mehnat qurollarining takomillashuvi natijasida kundalik ehtiyojdan ortiqcha maxsulot ishlab chiqarishning paydo bo’lishi bilan jamiyatda onalar o’z o’rnini otalarga bo’shatib berishga majbur bo’lgan. Miloddan avvalgi 4-3 ming yilliklardan boshlab patriarxat davriga o’tila boshlangan.

Download 3.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling