O’zbekiston resublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Texnologik jarayonning strukturaviy tuzilishi


Download 451.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana07.04.2023
Hajmi451.83 Kb.
#1340970
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
ishlab-chiqarish-va-texnologik-jarayonlar Вставить подложку

Texnologik jarayonning strukturaviy tuzilishi 
 
Texnologik jarayonning strukturaviy tuzilishi quyidagi sxemada ko’rsatilgan 
Texnologik jarayon (TJ) deb, ishlab chiqarish jarayonining bir 
qismi bo’lib, tanavorga ishlov berish natijasida, uning geometrik 
o’lchamlari, shakli va sifati o’zgartirilib, detalning ishchi chizmasida 
berilgan o’lchamlariga, shakliga va sifatiga mos keltirilishiga
aytiladi


Detallarni tayyorlashda yoki yig’ishda TJ birqancha amallarni o’z ichiga 
oladi. 
Mahsulot tayyorlash yoki yig’ish jarayoniga muvofiq ravishda TA ni 
quyidagicha tariflash mumkin. 
Texnologik amal (TA) deb, – texnologik jarayonning tugallangan qismi 
bo’lib, bitta yoki bir nechta bir vaqtda ishlov beriluvchi yoki yig’iluvchi 
mahsulotlarni, bitta yoki bir qancha ishchilar tamonidan uzluksiz bajaruvchi ishga 
aytiladi. 
TA ishlab chiqarishni rejalashtirish va uchyotga olishda asosiy birlik bo’lib 
hisoblanadi. Amallarga asoslanib, mahsulot (buyum) ishlab chiqarishning ish 
hajmi, vaqt me’yori va narxi belgilanib, kerakli sonda ishchilar, jihoz-uskunalar, 
moslamalar, keskich va o’lchagich asboblar hamda mexanik ishlov berishning 
tannarxi aniqlanadi. Shu bilan birga ishlab chiqarishning kalendar rejasi hamda 
sifatni nazorat qilish va ishni bajarish muddati ishlab chiqiladi. 
Texnologik amallardan tashqari yordamchi amallar (transport, nazorat, 
tamg’alash, qirindilarni tozalash va boshq.) o’lcham va sifatni o’zgartirmaydi, 
ammo TA ni bajarish uchun zarur hisoblanadi.
Texnologik o’tish – ishlov berishdan yoki yig’iluvchi detallarni 
birlashtirishdan tashkil topuvchi, qo’llanilgan asbob va yuzalarning doimiyligini 
xarakterlovchi texnologik amalning tugallangan qismiga tushuniladi. Odatdagi 
metall kesuvchi dastgohlarda tehnologik o’tishlarni dastgohlarning o’zgarmas ish 
rejimida bajariladi. Ishlov berish vaqtida tanavorga bitta tehnologik o’tishning 
ichida dastgohning ish rejimining avtomatik ravishda o’zgarishini, TA, raqamli 
dastur bilan jihozriladigan dastgohlarda ishlov berishda amalga oshirilishiga 
tushuniladi. 

Download 451.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling